Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3

Yangi Ahd o

Titusga 1

1 Xudo tanlagan kishilarning imonli bo'lishlari va haqiqiy diyonatni uqib olishlari uchun xizmat qilayotgan Xudoning quli va Iso Masihning havoriysi, Pavlusdan salom!

2 Bizning imonimiz abadiy hayotga umidvorlikdan iboratdir. Yolg'on gapirmaydigan Xudo bu umid haqida azaliy vaqtlardanoq va'da bergan edi,

3 hozir esa, O'zi xohlagan paytda, kalOmini ro'yobga chiqardi. Men bo'lsam, bu kalomni e'lon qilish uchun Qutqaruvchimiz Xudodan vakolat oldim.

4 Umumiy imonimiz asosida haqiqiy farzandim bo'lgan Titusga Otamiz Xudodan va Qutqaruvchimiz Iso Masihdan mehr-shafqat va tinchlik tilayman.

5 Senga buyurganimdek, qolgan ishlarni bitir, har bir shahardagi imonlilar jamoati ustidan oqsoqollar tayin qil. Mana shuning uchun seni Krit orolida qoldirdim.

6 Sen tayin qiladigan odam beayb, yakka xotinli, bolalari esa imonli va shaloqlik yoki itoatsizlik aybidan xoli bo'lsin.

7 Chunki imonlilar jamoatining noziri Xudo xonadonini boshqaruvchi sifatida benuqson bo'lishi kerak. O'zboshimcha, g'azabli, sharobga moyil, tajang, g'arazgo'y bo'lmasin.

8 Aksincha mehmondo'st, vazmin, odil, pok ko'ngilli va nafsini tiyadigan odam bo'lsin.

9 Sog'lom ta'limot bilan nasihat qilishga hamda qarshilik qiluvchilarning adabini berishga iqtidorli, haqiqat kalomiga o'rgatilgan va unga qattiq rioya qiladigan kishi bo'lishi lozim.

10 Xususan sunnatlilar orasida o'zbilarmon, quruq gap sotuvchi aldamchilar ko'p.

11 Ularning og'zini to'sish kerak. Ular jirkanch manfaat yo'lida lozim bo'lmagan narsalarni o'rgatib, butun oilalarni buzib ketmoqdalar.

12 Mana, ulardan chiqqan bir shoir: “Kritiylar doimo yolg'onchi, zolim yirtqichlar, yeb-to'ymas tanballardir”, deb aytgan edi.

13 Bu gap to'g'ri. Ular sog'lom imonni topsin va buning uchun sen ularni qat'iy ogohlantirib qo'y.

14 Ular yana yahudiylarning afsonalariga va haqiqatdan yuz o'girgan odamlarning gaplariga quloq solmasinlar.

15 Pok odamlar uchun hamma narsa pok bo'lur. Nopoku imonsizlar uchun hech bir pok narsa yo'q. Chunki ularning aqli ham, vijdoni ham nopoklashib ketgan.

16 Xudoni tan olamiz, deydilar-u, o'z qilmishlari bilan Uni inkor etadilar. Ular har qanday xayrli ishga yaramas, bo'yin egmas, iflos odamlardir.