Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16

Yangi Ahd o

Rimliklarga 1

1 Xudoning Injil Xushxabarini yetkazmoqqa maxsus saylangan va havoriylikka chorlangan Iso Masihning quli - Pavlusdan salom.

2 Xudo qadimdanoq o'z payg'ambarlari orqali muqaddas yozuvlarda bashorat qilganidek, ushbu Xushxabar Uning O'g'li haqidadir.

3 Iso Masih jisman Dovud zurriyoti esa-da,

4 ruhan ilohiylik kasb etadi. U qaytadan tirilib, Xudoning O'g'li ekanini qudratli ravishda namoyon qildi.

5 Shunday qilib, Rabbimiz Iso Masih nomidan barcha xalqlarni imonga bo'ysundiraylik, deb Xudo Uning ismi haqi bizga inoyat qildi hamda havoriylikni ato etdi.

6 Iso Masih da'vat etgan sizlar ham o'sha xalqlardansizlar.

7 Xudo sevgan va muqaddas bo'lishga chaqirgan barcha Rimda yashovchilarga Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo'lsin.

8 Eng avvalo, imoningiz shuhrati butun dunyoga taralayotganini ko'rib, Iso Masih sharofati ila barchangiz uchun Xudoyimga shukr aytaman.

9 Xudo menga shohiddirki, men Uning O'g'lining Xushxabarini targ'ib etishda sidqidildan xizmat qilibgina qolmasdan, uzluksiz ibodatlarimda sizlarni xotirlaydirman.

10 Xudo xohlasa, nihoyat yoningizga borish nasib etsin, deb toat-ibodatdaman.

11 Mustahkamlanishingiz uchun sizlarga biron ruhiy in'om baxsh etay, deb sizlarni ko'rishni ko'p orzu qilaman.

12 Yana to'g'risi, ko'rishganimizda sizning ham, mening ham imonimiz bir ekanidan o'zaro jasorat topamiz, demoqchiman.

13 Ey birodalar, boshqa xalqlarda bo'lgani kabi, sizlarda ham men tufayli biror natija bo'lsin, deb ko'p daf'a yoningizga kelishni niyat etganim, lekin hozirgacha qarshiliklarga duch kelganimdan bexabar qolishingizni istamayman.

14 Men yunonlaru varvarlar, olimlaru johillar oldida qarzdorman.

15 Shunday qilib, Rimdagi sizlarga ham qo'limdan kelganicha, Injil Xushxabarini yetkazishga tayyorman.

16 Har holda men Injildan or qilmayman. Avvalo yahudiy, so'ng turli xalqdan imon keltirgan har bir kishi uchun Injil Xudoning xaloskorlik qudratini yetkazuvchi Xushxabardir.

17 Bu Xushxabarning mag'zi shuki, Xudo o'zi gunohkorni oqlaydi. Bu oqlash esa faqatgina imon orqali sodir bo'ladi. Tavrotda yozilganidek: “Imoni bilan oqlangan kishi hayot bo'lur”.

18 Nohaqlik qilib haqiqatni oyoq osti qilayotgan barcha betavfiq va fosiq insonlarga ko'kdan Xudoning g'azabi to'kilishga tayyor.

19 Xudo haqida nimaiki bilish mumkin bo'lsa, ularga ravshandir; Xudoning O'zi ularga zohir etgan.

20 Uning ko'rinmas xususiyatlari, ya'ni abadiy qudrati va ilohiyoti, O'z ijod mahsuliyu borliqni yaratganidan anglashiladi va ochiq ko'rinib turadi. Shunday qilib, ularning uzrlari yo'q.

21 Chunki ular Xudoni idrok etganlari holda, Uni Xudo sifatida ulug'lamadilar va Unga shukrona aytmadilar. Buning o'rniga bema'ni xayollarga berilib, ularning befarosat didu diliga zulmat tushdi.

22 O'zlarini aqlli bilib, aqldan noqis bo'lib qoldilar.

23 Mangu barhayot Xudoning ulug'vor jamolini ular dunyodan o'tkinchi inson, qush, chorva, sudraluvchi suratidagi butlarga almashtirdilar.

24 Shuning uchun Xudo ularni o'z yuraklaridagi chirkin ehtiroslari og'ushida qoldirdi. Ular bir-birining badanlarida behayolik qilib, tubanlashib ketdilar.

25 Xudoning haqiqatini yolg'on bilan almashtirib, Xoliq o'rniga maxluqqa sig'inib topindilar. Xoliqi olamga esa abadiy shon-sharaflar bo'lsin! Omin.

26 Shu sababdan Xudo ularni behayo ehtiroslarga topshirdi. Ularning xotinlari tabiiy aloqani g'ayritabiiy aloqa bilan almashtirdilar.

27 Shunga o'xshab, erkaklar ham ayol bilan tabiiy aloqani tashlab, bir-biriga shahvoniy munosabatni qizitdilar. Erkak bilan erkak sharmandagarchilik qilib, buzuqliklarga yarasha jazoni o'zlaridan oldilar.

28 Xudoni tan olishni lozim ko'rmaganlari uchun, Xudo ularni buzuq fikrga, lozim bo'lmagan ishlarni qilishga giriftor qildi.

29 Ular har turli haqsizlik, zino, yovuzlik, tamagirlik va gina-kuduratga to'lib, hasadgo'ylik, qotillik, janjalkashlik, firibgarlik va badfe'llikka mukkasidan ketgandirlar.

30 Ular tili achchiq, tuhmatchi, xudobezor, dilozor, kibrli, mag'rur, badniyat, ota-onaga itoatsiz,

31 andishasiz, bevafo, iltifotsiz, murosasiz va berahmdirlar.

32 Bunday harakat qiluvchilar o'limga sazovor, degan Xudoning adolatli hukmini ular bilgan holda, nafaqat bu ishlarni o'zlari qiladilar, balki bu ishlarni qiluvchilarni qo'llab-quvvatlaydilar.