Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22

Yangi Ahd o

Vahiy 1

1 Bu kitob Iso Masihning vahiysidir. Xudo tez orada yuz berishi muqarrar bo'lgan hodisotni O'z qullariga ko'rsatishi uchun Iso Masihga ushbu vahiyni berdi. U esa farishtasini yuborib, quli Yuhannoga buni bildirdi.

2 Yuhanno Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati, ya'ni ko'rgan narsalarining hammasi haqida guvohlik berdi.

3 Bu bashoratni o'qiyotgan va tinglayotganlar hamda bu yozganlarga amal qiluvchilar baxtiyordir. Chunki vaqt yaqin.

4 Men, Yuhanno, Asiya viloyatidagi yetti Masih jamoatiga yozyapman: hozir bor, azaldan bor bo'lgan, kelajakda bor bo'lg'usi Xudodan, Uning taxti oldida turgan yetti Ruhdan,

5 shuningdek, o'liklar ichidan birinchi bo'lib tirilgan, yer yuzi podshohlarining Shohanshohi bo'lgan ishonchli shohid – Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo'lsin. Iso Masih bizni ko'p sevdi. U O'z qonini to'kib, bizni gunohlarimizdan forig' qildi.

6 U bizni shohlar qildi, Otasi Xudo uchun ruhoniylar ham qildi. Abadiy shon-sharaf, mangu saltanat Unga xosdir. Omin.

7 Mana, U bulutlar bilan kelyapti! Har bir ko'z Uni ko'radi, Uning badanini teshganlar ham ko'radi, dunyoning jamiki qabilalari U tufayli fig'on chekadi. Ha, shunday bo'lgay! Omin.

8 “Men – Ibtido va Intihodirman”, - deydi Xudoyi Taolo, hozir bor, azaldan bor bo'lgan, kelajakda bor bo'lg'usi Sarvari koinot.

9 Men – Iso Masihning qayg'u-hasrati, saltanati va sabr-qanoatiga sizlar bilan sherik bo'lgan birodaringiz Yuhannoman. Xudoning kalomi tufayli va Iso Masih uchun shohidlik berganim sababli Patmos oroliga surgun qilingan edim.

10 Rabbimiz Isoning tirilishi qutlanadigan kunda men Ilohiy Ruhning ta'sirida qoldim. Birdaniga orqamdan karnay ovoziga o'xshash kuchli bir nido eshitdim: “[Men Ibtido va Intiho, Avvaliyu Oxiridirman.]

11 Ko'rganlaringni kitobga yozib bor va Asiyadagi yetti jamoatga – Efes, Izmir, Pergam, Tiyatira, Sardis, Filadelfiya va Laodikiya shaharlaridagi jamoatlarga yubor”.

12 Men bilan gaplashayotgan Kimsani ko'rish uchun o'girildim. Shunda yetti oltin shamdonni ko'rdim.

13 Shamdonlar o'rtasida bo'yi baravar uzun rido kiygan va ko'ksiga oltin kamar bog'lagan Inson O'g'liga o'xshash bir Kimsa ko'rindi.

14 Uning boshi, sochlari bamisli oq yung, qordek oppoq, ko'zlari esa otash alangasidek chaqnardi.

15 Uning oyoqlari ko'rada qizdirilgan yaltiroq misga o'xshardi, ovozi ko'p suvlarning shov-shuvini eslatardi.

16 O'ng qo'lida yetti yulduzni tutib turar, og'zidan o'tkir dudama qilich chiqazib turar edi. Uning yuzi kunning qizig'ida balqiydigan quyoshday balqib turardi.

17 Uni ko'rishim bilanoq, Uning oyoqlari ostiga jonsiz kabi yiqildim. U esa o'ng qo'lini ustimga qo'yib, shunday dedi: “Qo'rqma! Men Avvaliyu Oxiridirman.

18 Tirikman. O'lgan edim va mana, abadulabad tirikman. Omin. O'lim va tamug' ochqichlari Mendadir.

19 Shunday qilib, nimalar ko'rding, nimalar bo'lyapti, bundan so'ng nimalar yuz beradi, hammasini yozib bor.

20 O'ng qo'limda sen ko'rgan yetti yulduz va yetti oltin shamdon siriga kelsak, yetti yulduz – yetti jamoatning farishtalari, yetti shamdon esa – yetti jamoatdir”.