Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4

Yangi Ahd o

Filippiliklarga 3

1 Xullasi kalom, birodarlarim, Rabbingiz bilan aloqada bo'lib, xursand bo'linglar. Sizlarga ayni narsalarni yozish meni zeriktirmaydi, sizlarga esa yanada ibratlidir.

2 Ana u yomonlik qiluvchilardan, u itlardan ehtiyot bo'linglar! Ana u tana kesuvchilardan ehtiyot bo'linglar!

3 Mana biz haqiqiy ahli sunnatmiz. Chunki biz Muqaddas Ruh kuchi bilan Xudoga xizmat qilamiz, faqat Iso Masih bilan faxrlanamiz, tabiiy fazilatlarimizga ishonmaymiz.

4 Qolaversa, men o'z fazilatlarimga ham ishonishim mumkin. Agar boshqa kimsa: men o'z fazilatlarimga ishonaman, desa, undan ham ko'proq men ishonaman.

5 Men sakkiz kunligimda sunnat bo'lganman. Men Isroil xalqining Benyamin qabilasidan, ibroniy naslidan bir yahudiyman. Tavrot Qonuniga mansublik desangiz, farziy mazhabida edim.

6 Diniy g'ayrat desangiz, Iso ummatini ta'qib qildim. Qonun talab qilgan solihlik desangiz, begunoh edim.

7 Lekin bir vaqt fazilat deb bilgan nasalarimni endi Masih uchun foydasiz hisoblayman.

8 Chinakam, Rabbim Iso Masihni bilishning afzalligi oldida men hamma narsadan bosh tortib, foydasiz deb bildim, ha, Masihga sazovor bo'lay, deb hatto axlat hisobladim.

9 Endi Ilohiy Qonunga amal qilishdan iborat bo'lgan o'z solihligimga suyanmayman. Aksincha, Masih bilan bir bo'lay, deb faqat Unga ishonish orqali, imon orqali bo'ladigan solihlikka suyanaman va shu tariqa Xudo huzurida o'zimni oqlayman.

10 Qani endi Masihning azoblarida qatnashib, o'limida ham Unga ergashib, Uning O'ziniyu tirilishining qudratini bilib olsam,

11 va ishqilib o'liklarning tirilishiga erishsam.

12 Men allaqachon murodimga yetishganman yoki allaqachon kamolotga erishganman, deb aytayotganim yo'q. Lekin Iso Masih menga yetib olganidek, men ham mo'ljalga yetib olish uchun jon kuydirmoqdaman.

13 Birodarlar, men o'zimni murodimga yetishganman deb o'ylamasam-da, faqat bir narsanigina o'ylayman: orqamda qolganlarni unutib, oldimdagilarga ko'z tikaman.

14 Xudo Iso Masih orqali meni oliy maqsadga chorladi. Men buni ado etib, g'alaba gulchambarini qo'lga kiritish uchun jon-jahdim bilan harakat qilaman.

15 Bizdan kimki kamolotga erishgan bo'lsa, xuddi shunday fikr qilsin. Agar sizning fikringizda boshqa narsa bo'lsa, unda buni sizga Xudo oshkor etadi.

16 Faqat bizlar nimaga erishgan bo'lsak, unga yarasha fikr yurgizishimiz va o'sha qoida bo'yicha yashashimiz kerak.

17 Birodarlar, mendan o'rnak olinglar. Kim biz ko'rsatgan yo'l-yo'riq bo'yicha yashayotgan bo'lsa, unga ergashinglar.

18 Men sizlarga tez-tez gapirar edim-ku, Masih xochining dushmanlari kabi ish tutayotgan kishilar ko'p deb. Endi ular haqida ko'z yoshim bilan so'zlayapman:

19 Ularning oxiri – halokat, ularning xudosi – qorin, ularning shon-sharafi – sharmandagarchilik. Ular yerdagi narsalar haqidagina o'ylaydilar.

20 Bizlarning vatanimiz esa osmondadir. U yerdan biz Xaloskorimiz – Rabbimiz Iso Masihning kelishini kutyapmiz.

21 Har narsani bo'ysundirish kuchiga ega bo'lgan Rabbimiz iso Masih kelganda, xuddi shu kuchning ta'siri bilan bizning ojizu foniy tanamizni O'zining ulug'vor tanasiga o'xshatib o'zgartiradi.