Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4

Yangi Ahd o

Filippiliklarga 2

1 Agar sizlarda Masihdan kelgan biron jasorat, muhabbatdan tug'ilgan biron tasalli, Muqaddas Ruhdan ilhomlangan biron birdamlik, dildan chiqqan biron mehru shafqat bor bo'lsa,

2 u holda mening sevinchimni mukammal qilib, fikr-zikringizda yakdil, mehr-muhabbatingizda aynimaydigan bo'linglar, o'zaro hamdard va hamfikr bo'lib yuringlar.

3 Raqobat ruhi va shuhratparastlik bilan hech narsa qilmanglar. Aksincha, kamtarlik bilan bir-biringizni o'zingizdan yuqoriroq hurmatga sazovor hisoblanglar.

4 Har bir kishi o'z manfaatinigina emas, balki boshqalarning manfaatini ham ko'zlasin.

5 Iso Masih qanday fikrga ega bo'lsa, sizlar ham o'zaro xuddi shu fikrga ega bo'linglar:

6 Masih Xudoning qiyofasida bo'la turib, Xudoga teng hurmatni o'lja qilmadi.

7 Lekin O'z ulug'ligidan kechib, qul qiyofasiga kirdi U, ko'rinishida insonlar singari bo'ldi.

8 U O'zini shunday past olib, o'limga, hatto xochdagi o'limga borib itoat etdi.

9 Ana shu sababdan Xudo Uni juda yuksaltirdi, Unga har qanday ismdan yuqori ismni ato etdi,

10 Toki Isoning ismi tilga olinganda ko'k, yer va yer ostidagi borliq jon tiz cho'ksin

11 Va har bir til Otamiz Xudo sha'niga Iso Masihni Rabbim deb ochiq tan olsin.

12 Ey sevganlarim, siz doim mening gapimga quloq solib keldingizlar. Shunday qilib, faqat oldingizda bo'lganimdagina emas, balki hozir mening yo'qligimda yana ko'proq qo'rquv va titroq bilan topgan najotingizni but qilishga tirishinglar.

13 Zotan Xudoning O'zi sizlarning vujudingizda amal qiladi, U O'z murod-maqsadini ado etishingiz uchun sizlarda xohishni ham, harakatni ham tug'diradi.

14 Hamma narsani nolimay va shubhalanmay qilinglar,

15 toki bu o'jaru buzilgan nasl orasida Xudoning pok, beg'ubor, benuqson bolalari bo'linglar. Sizlar bu dunyo odamlari orasida osmondagi yulduzlar kabi porlab turibsizlar-ku.

16 Hayot kalOmini mahkam tutinglar, toki mening mehnatu zahmatim behudaga ketmasin va Masih olamga qaytgan kunda sizlar mening faxrim bo'linglar.

17 Sizning imon yo'lida qilgan fidokorona xizmatingiz Xudo sharafiga qurbonday gap. Men Xudoga bu qurbonlikni keltirib, o'z jonimni ham fido qilishim mumkin. Shunga qaramasdan, sevinaman va sizlarning shodligingizga qo'shilaman.

18 Xuddi shu to'g'rida sizlar ham sevininglar va mening shodligimga qo'shilinglar.

19 Sizlarning ahvolingizdan xabardor bo'lib ko'nglim taskin topsin, deb Timo'tiyni yaqin orada sizlarning oldingizga yuborishni Rabbim Isodan umid qilaman.

20 Chunki sizlarga shunchalik samimiyat bilan, jon kuydirib g'amxo'rlik qiladigan unga teng odamim yo'q.

21 Hammasi ham Iso Masihni emas, o'z ishlarini o'ylaydi-ku.

22 Lekin Timo'tiyning sodiqligi sizlarga ma'lum. Xushxabarni yoyishimda u menga o'g'il otaga xizmat qilganday xizmat qildi.

23 Men o'zimga nima bo'lishini bilishim bilanoq, uni darhol yuborish umididaman.

24 O'zim ham yaqinda yoningizga borishga Rabbimdan to'la ishonch hosil qildim.

25 Shu bilan birga, sizlarning yuborgan elchingiz, muhtojlikda menga madad bergan birodarim, hamkorim va safdoshim Epafroditni yoningizga yuborishni lozim ko'rdim.

26 Chunki u hammangizni juda ko'rgisi keldi, uning kasalligi to'g'risidagi mish-mishlar sizga yetib borganidan qattiq qayg'urdi.

27 Haqiqatan ham o'lar holatda kasal edi. Lekin Xudo unga marhamat etdi. Va faqat unga emas, balki g'ami ustiga g'ami qo'shilmasin deb, menga ham marhamat etdi.

28 Shunday qilib, uni yana ko'rib sevininglar va mening g'amim ham yengillashsin deb, uni tezroq yoningizga yubormoqchiman.

29 Uni Rabbimiz nomidan, quvnoq chehra bilan qabul etinglar. Bu kabi odamlarning hurmatini bajo keltiringlar.

30 Chunki sizlar menga to'liq bajo keltirolmagan muqaddas xizmatni u butlab olay deb, Masih yo'lida o'z jonini ayamagan, o'lishiga sal qolgan edi.