Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 9

1 Shundan keyin Iso qayiqqa tushib, ko'lining berigi tomoniga qaytib suzib o'tdi. U O'z shahri - Kafarnahumga kirib kelgan zahoti

2 Uning oldiga to'shakda yotgan bir shol odamni ko'tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko'rib, sholga: dadil bo'l, bolam, gunohlaring kechirildi, - dedi.

3 Shunda ulamolardan ba'zilari o'zlaricha: “Bu kufrlik qilyaptiku!” - deyishdi.

4 Iso esa ularning mulohazalarini payqab, dedi: Nega sizlar ko'ngillaringizdan yomon fikrlarni o'tkazyapsiz?

5 “Gunohlaring kechirildi”, - deb aytish osonroqmi, yoki: “O'rningdan turib yura qol”, - deb aytishmi?

6 Lekin Inson O'g'lining yer yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo'yinglar. Shundan so'ng Iso sholga qayrilib: O'rningdan tur, to'shagingni olib uyingga ket! - dedi.

7 Shol esa o'rnidan turdi-da, to'shagini olib o'z uyiga ravona bo'ldi.

8 Bu voqeani ko'rgan xaloyiq o'ta hayron bo'lib, insonlarga bunday qudrat bergan Xudoni olqishladi.

9 Iso u yerdan o'tayotganida, soliq yig'adigan joyda o'tirgan Matto ismli odamni ko'rib qoldi-da, unga: Mening orqamdan yur! - dedi. U esa o'rnidan qalqib, Isoning orqasidan yurdi.

10 Iso uyda yeb-ichib o'tirar ekan, ko'pgina soliqchilar va har xil gunohkor kishilar ham kelib, dasturxon atrofida Iso bilan shogirdlariga qo'shilishdi.

11 Farziylar buni ko'rib, Isoning shogirdlaridan: Nega Ustozingiz soliqchilaru gunohkorlar bilan birga eb-ichib o'tiribdi? - deb so'radilar.

12 Iso buni eshitgach, ularga dedi: Sog'lar emas, bemorlar tabibga muhtojdir.

13 Yaxshisi sizlar borib, Tovrotdagi: “Men qurbon emas, rahm-shafqat istayman”, degan oyatning ma'nosini o'rganib olinglar. Chunki Men taqvodorlarni emas, balki gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.

14 U vaqt Yahyoning shogirdlari Isoning oldiga kelib so'radilar: Bizlar va farziylar ko'p ro'za tutamiz-u, Sening shogirdlaring-chi, nega tutmaydilar?

15 Iso ularga dedi: Kuyov davrada bo'lgan vaqtda to'y ahli aza tutarmikin? Biroq kuyov ulardan judo bo'lgan kunlar keladi, ana o'shanda ro'za tutadilar.

16 Hech kim eski kiyimga yangi matodan yamoq solmaydi. Chunki yangi yamoq eski kiyimdan so'kilib, kiyimni battar sitib yuboradi.

17 Shuningdek, yangi sharobni ham eski meshga quymaydilar. Chunki eskining tagi tushadi, sharob to'kiladi va mesh ham nobud bo'ladi. Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyadilar, u ham, bu ham saqlab qolinadi.

18 Iso ularga bu so'zlarni aytib turganda, qaysi bir jamoaboshi kelib, Isoga ta'zim qildi-da: Mening qizim hozir o'ldi. Biroq Sen kelib unga qo'lingni tekizsang, u yana tirilib ketadi, - dedi.

19 Iso o'rnidan turib, shogirdlari bilan u odamning orqasidan bordi.

20 Shu payt o'n ikki yildan beri qon ketishidan qiynalib yurgan bir ayol Isoga orqa tomondan yo'lab, kiyimining etagiga qo'l tegizdi.

21 U o'zicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam bas, sog'ayib ketaman”, - deb o'ylagan edi.

22 Iso orqasiga o'girilib, ayolni ko'rgach: Dadil bo'l, qizim, ishonching seni qutqardi, - dedi. Ayol shu zahoti dardidan xalos bo'ldi.

23 Iso boshliqning uyiga yetib, nay chaluvchlarni va qiy-chuv qilayotgan olomonni ko'rgach:

24 Bu yerdan tashqariga chiqinglar! Qizcha o'lgan emas, uxlab yotibdi, - dedi. Ular esa Uning ustidan kulishdi.

25 Olomon tashqariga chiqarilgandan so'ng Iso ichkariga kirib, qizchaning qo'lidan ushladi. Qizcha esa o'rnidan turib ketdi.

26 Bu hodisa xabari mamlakat bo'ylab ovoza bo'ldi.

27 Iso u yerdan jo'nab ketayotganida, ikki ko'r Uning orqasidan ergashgancha dod solib: Ey Dovud O'g'li Iso, bizlarga rahm qil! - deb faryod chekishardi.

28 Iso uyga qaytganida, ko'rlar Uning yoniga kelishdi. Iso ulardan so'radi: Men xohishingizni bajo qilishga kuchim borligiga ishonasizlarmi? - Ishonamiz, Hazrat! - deb javob berishdi ular.

29 Shunda Iso ularning ko'zlariga tegib: Sizning ishonchingizga yarasha bo'lsin, - dedi.

30 Shu bilan ularning ko'zlari ochilib ketdi. Buni hech kim bilmasin, tag'in! - deb Iso ularga qattiq tayinladi.

31 Ular esa u yerdan chiqiboq, butun mamlakat bo'ylab U haqda ovoza tarqatib yuradigan bo'lishdi.

32 U kishilar endi chiqib borayotganda, jin chalgan bir soqovni Isoning oldiga keltirishdi.

33 Iso jinni quvib chiqargandan keyin, soqov gapira boshladi. Xalq esa hayratda qolib: Isroilda bunday hodisa hech qachon bo'lgan emas, - dedi.

34 Bunga farziylar: U jinlar boshlig'ining kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti-ku, - deb g'ingshidilar.

35 Iso hamma shahar-qishloqlarni aylanadigan bo'ldi. Mahalliy ibodatxonalarda ta'lim berib, Xudoning Shohligi to'g'risidagi Xushxabarni e'lon qilar va odamlarning har xil dardu darmonsizliklarini davolar edi.

36 Xalq olomonini ko'rib, Iso ularga achindi; chunki cho'ponsiz qo'ylarday dovdiragan va holdan toygan edilar.

37 O'sha vaqtda Iso O'z shogirdlariga dedi: “Hosil mo'l, biroq yumushchilar oz.

38 O'z hosilingni yig'ib-teradigan yumushchilar yubor, deb hosil Egasiga iltijo qilinglar”.