Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 8

1 Iso tog'dan tushgach, tumonat xaloyiq Uning orqasidan ergashdi.

2 Shu o'rtada bir moxov Unga yaqinlashib, sajda qildi-da: Hazrat, agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan, - dedi.

3 Iso qo'lini uzatdi va unga tegizib: Istayman, pok bo'l! - dedi. Moxov shu zahoti dardidan forig' bo'ldi.

4 Iso unga: Ehtiyot bo'l, buni hech kimga aytma. Lekin borib, o'zingni ruhoniyga ko'rsat va sog'ayganingni tasdiqlatgin, Muso payg'ambar buyurgan qurbonlikni keltirib ber, - dedi.

5 Iso Kafarnahum shahriga kirib kelayotganida, bir yuzboshi Uning oldiga keldi va yolvorib:

6 Hazrat, mening xizmatkorm uyda shol bo'lib g'oyat qiynalib yotibdi, - dedi.

7 Iso unga: Men borib uni sog'aytiraman, - dedi.

8 Yuzboshi javob berib: Hazrat! – dedi. - Kulbamga oyoq bosishing uchun men munosib emasman. Sen birgina so'z aytsang bas, xizmatkorim sog'ayib ketadi.

9 Chunki men ham buyruqqa tobe odamman, shuningdek, mening buyrug'imga bo'ysunuvchi askarlarim ham bor. Biriga “ket” desam, ketadi. Boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi.

10 Iso buni eshitgach hayron qoldi. Orqasidan ergashib kelayotganlarga.: Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Men bunchalik buyuk ishonchni Isroilning biron joyida ham topmadim.

11 Sizlarga shuni aytaman: qiyomatda sharqu g'arbdan ko'plar kelib, Osmon Shohligida Ibrohim, Ishoq va Yoqub bilan birga ziyofatga o'tirishadi.

12 Lekin Shoh ahlining o'zlari esa tashqi qorong'ilikka otiladilar. U yerda zor yig'lab, tish g'ichirlatadilar.

13 Keyin Iso yuzboshiga: Bor, sen ishonganingdek bo'lsin, - dedi. Yuzboshining xizmatkori esa o'sha zahoti sog'ayib ketdi.

14 Iso Butrusning uyiga kelganida, uning qaynonasi isitmalab yotganini ko'rdi.

15 Iso uning qo'liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol esa turib, Unga xizmat qila boshladi.

16 Kech kirishi bilan, jinga chalingan bir talay kishini Isoning oldiga keltirishdi. U so'z bilan yomon ruhlarni quvib chiqardi, dardga yo'liqqanlarning hammasini sog'aytirdi.

17 Shu tariqa Isha'yo payg'ambarga vahiy bo'lgan ushbu oyat bajo keldi: “U bizning kasalliklarimizni ko'tardi, dardlarimizni esa O'zi chekdi”.

18 Iso atrofida ko'p xaloyiqni ko'rgach, shogirdlariga narigi tomonga suzib o'tishni buyurdi.

19 Shu vaqtda bir ulamo Unga yaqinlashib: Ustoz, qayerga borma, men Sening orqangdan yuraman, - dedi.

20 Iso unga: Tulkilarning inlari bor, osmon qushlarining uyalari bor. Lekin Inson O'g'lining bosh suqadigan joyi yo'q, - dedi.

21 Shogirdlardan boshqa biri Isoga: Hazrat, oldin borib otamni ko'mib kelishimga ijozat ber, - dedi.

22 Lekin Iso unga: sen Mening orqamdan yur. O'liklarni qo'y, ularni o'zicha o'lik bo'lganlar ko'msin, - dedi.

23 Iso qayiqqa tushganida, Uning ketidan shogirdlari ham tushishdi.

24 Qo'qqisdan ko'lda kuchli to'fon ko'tarildi, qayiq to'lqinlar og'ushida qoldi. Iso esa uyquda edi.

25 Shogirdlari Uning yoniga bordi-da, Uni uyg'otishib: Yo Rabbiy, bizlarni qutqar, halok bo'lyapmiz! - deyishdi.

26 Iso ularga: Hoy imoni sustlar, buncha qo'rqoq bo'lmasangiz?! - dedi. So'ng turib, shamolga va ko'lga do'q urdi. Shu zahoti chuqur sukunat cho'kdi.

27 Odamlar esa bir-biriga: bu qanaqa kishiki, shamol ham, ko'l ham Unga bo'ysunsa? - deb hayratlanishdi.

28 Iso narigi qirg'oqqa, Gergesa yurtiga yetib kelganida, qabriston lahadlaridan chiqib kelgan, jinga chalingan ikki kishi Unga ro'baro' bo'ldi. Ular juda vahshiy bo'lganliklari uchun, hech kim bu yo'ldan o'tolmas edi.

29 Ular shunday baqira boshlashdi: Ey Xudoning O'g'li Iso, bizda nima ishing bor? Bu yerga bizlarni vaqtidan oldin qiynagani keldingmi?

30 Ulardan uzoqroqda katta to'ng'iz podasi o'tlab yurgan edi.

31 Jinlar Isoga yolvorib: agar bizlarni quvib chiqaradigan bo'lsang, unda to'ng'iz podasiga yuborgin, - deyishdi.

32 Iso ularga: boringlar! - deyishi bilanoq, ular odamlardan chiqib ketib, to'ng'iz podasiga kirib oldilar. Shu onda butun to'ng'iz podasi tik qiyalikdan ko'l tomon yopirilib, suvda nobud bo'ldi.

33 To'ng'iz boquvchilar esa qochib shaharga borishdi va yuz bergan hamma hodisani, shuningdek, jinga chalinganlar bilan bo'lib-o'tgan voqeani gapirib berishdi.

34 Shunda butun shahar aholisi Isoning qarshisiga chiqdi. Uni ko'rgach, yurtlari hududidan chiqib ketishin iltimos qilishdi.