Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 6

1 “Ehtiyot bo'linglar, savobli ishingizni odamlarga ko'rinish uchun hammaning ko'z o'ngida qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar.

2 Shunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo'lsang, o'tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun ibodatxonalarda va ko'cha-ko'yda shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: bular o'zlariga yarasha mukofotni olib bo'ldilar.

3 Sen sadaqa berayotganingda, chap qo'ling o'ng qo'ling nima qilayotganini bidmasin.

4 Ya'ni sening muruvvating yashirin bo'lsin. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi”.

5 “Ibodat qilayotganingizda, odamlarga ko'rinish uchun ibodatxonalarda va ko'cha burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi ko'radigan ikkiyuzlamachilarga o'xshamanglar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlariga yarashasini olib bo'ldilar.

6 Sen esa ibodat qilayotganingda o'z hujrangga kir va eshikni berkitib, yashirin bo'lgan Otangga ibodat qil. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi.

7 Ibodat qilayotganingizda, majusiylar kabi ortiqcha so'zlarni takrorlab turmanglar. Ular: ko'p so'zlasam, ibodatim ijobat bo'ladi, deb o'ylaydilar.

8 Ularga o'xshamanglar, chunki Otangiz nimalarga muhtojligingizni Undan so'rashingizdan oldin biladi.

9 Sizlar esa bunday ibodat qilinglar: Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas isming ulug'lansin.

10 Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo'lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo kelsin.

11 Bugungi rizq-ro'zimizni bergin.

12 Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.

13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan xalos qilgin. Saltanat, kuch-kudrat va shon-shuxrat to abad Senikidir.

14 Agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirsangizlar, samoviy Otangiz ham sizni kechiradi.

15 Biroq, agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi”.

16 “Ro'za tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi qovoq osiltirib yurmanglar. Ular ro'za ekanlarini odamlarga bildirish uchun o'zlarini avzoyi buzuq qilib ko'rsatadilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlariga yarashasini olib bo'ldilar.

17 Lekin sen ro'za tutganingda, o'zingni yuvib-tarab yurgin,

18 toki ro'za tutganing insonlarga emas, balki yashirin bo'lgan Otangga oshkor bo'lsin. Yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang esa seni aniq taqdirlaydi”.

19 “Bu dunyoda kuya va zang yeb ketadigan hamda o'g'ri teshib talaydigan xazinalarni jamlamanglar.

20 Aksincha, kuya va zang yeb ketmaydigan, o'g'ri teshib talamaydigan u dunyoning xazinalarini jamlanglar.

21 Xazinangiz qayerda bo'lsa, yuragingiz ham o'sha yerda bo'lur.

22 Ko'z - tanning chirog'idir. Agar sening ko'zing tiniq bo'lsa, butun taning ham yorug' bo'lur.

23 Ammo ko'zing yomon bo'lsa, butun taning ham qorong'i bo'lur. Agarda ichingdagi nur qorong'i bo'lib tursa, u qorong'ilik qanchalik qo'rqinchli bo'lur!

24 Hech kim ikki xo'jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko'rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo'yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig'ina olmaysizlar”.

25 “Binobarin, sizga shuni aytaman: nima yeb, nima ichamiz, deb joningiz uchun, nima kiyamiz, deb taningiz uchun tashvishlanib yurmanglar. Jon ovqatdan, tan esa kiyimdan afzal emasmi?

26 Ko'kda uchuvchi qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na o'radi, na omborga don yig'adi. Shunga qaramay, samoviy Otangiz ularning rizqini beradi. Siz esa ulardan ancha a'loroq emasmisiz?

27 Sizlardan kim tashvishlanib, o'z umrini bir lahza bo'lsin uzaytira olar ekan?

28 Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Dashtdagi piyozgullarning qanday o'sishiga qarab, ibrat olinglar: ular na mehnat qilar, na charx yigirar.

29 Ammo sizlarga aytib qo'yay: hatto podshoh Sulaymon ham o'zining shuhrat cho'qqisida bularning hech biriday kiyinmagan edi.

30 Agar Xudo bugun bor bo'lib, ertaga o'choqqa otiladigan dasht o'tiga shunday zeb bergan bo'lsa, sizni undan kam ko'rarmidi, ey imoni sustlar?!

31 Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar.

32 Majusiylar hadeb bularning g'amida yurishadi. Lekin samoviy Otangiz siz bularning bariga muhtoj ekaningizni biladi-ku!

33 Siz avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payidan bo'linglar, shunda bularning hammasi sizga qo'shimcha qilib beriladi.

34 Binobarin, ertagi kun haqida tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning o'ziga tegishlidir. Har bir kunning dardi o'ziga yetar”.