Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 5

1 Iso talay xaloyiqni ko'rib,toqqa chiqib o'tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi.

2 Iso ularga ta'lim berish uchun og'zini ochib, dedi:

3 “Ruhan kambag'al bo'lganlar baxtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir.

4 Yig'layotganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topur.

5 Beozor bo'lganlar baxtlidir, chunki ular yer yuziga ega bo'lur.

6 Adolatga ochu chanqoqlar baxtlidir, chunki ular to'q bo'lur.

7 Rahmdil bo'lganlar baxtlidir, chunki ular rahm-shafqat topur.

8 Pokdil bo'lganlar baxtlidir, chunki ular Xudoni ko'rur.

9 Tinchlik o'rnatuvchilar baxtlidir, chunki ular Xudo o'g'illari deyilur.

10 Adolat yo'lida jabr ko'rganlar baxtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir.

11 Men tufayli odamlar sizni haqoratlab quvg'in etsa, siz haqda yolg'on gapirib fisqu g'iybat qilsa, baxtlisiz!

12 Sevininglar va xursand bo'linglar, chunki sizga osmon mukofoti buyuk. Sizdan avval o'tgan payg'ambarlar ham shunday quvg'in bo'lgan”.

13 Siz - yerning tuzisizlar. Agarda tuz kuchini yo'qotsa, uni yana qanday sho'r qilish mumkin? U endi chiqitga tashlab yuboriladi, oyoq ostida poymol bo'lishdan boshqaga yaramaydi.

14 Siz - dunyoning nurisizlar. Tog'ning tepasida qurilgan shahar yashirin qololmaydi.

15 Shuningdek, shamni yoqib, keyin idish bilan yopib qo'yishmaydi. Uydagilarning hammasiga yorug'lik bersin, deb uni shamdonga qo'yishadi.

16 Ayni ravishda sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni ko'rib, osmondagi Otangizni ulug'lasinlar”.

17 “Meni Tavrot yoki payg'ambar oyatlarini bekor qilgani keldi, deb o'ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim.

18 Sizga chinini aytayin: yeru osmon tugamaguncha va taqdir etilgan hamma narsa amalga oshmaguncha, Tavrotdan na bir harf, na bir nuqta o'chadi.

19 Shunday qilib, kim bu amrlarning eng kichigini ham insonlarga buzib o'rgatsa, Osmon Shohligida eng kichik bo'ladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib boshqalarga o'rgatsa, Osmon Shohligida buyuk bo'ladi.

20 Sizlarga aytib qo'yay: agar sizning solihligingiz ulamolar va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, Osmon Shohligiga kirolmaysizlar”.

21 “Qadimgilarga: “Odam o'ldirma; kim odam o'ldirsa, javobgarlikka tortiladi”, - deb aytilganini eshitgansizlar.

22 Lekin Men sizga aytaman: kimki birodariga behuda g'azablansa, javobgarlikka tortiladi. Kimki birodariga ahmoq desa, oliy mahkamada javob beradi. Kimki birodariga telba desa, jahannam olovida javob beradi.

23 Shunday qilib, sen xayr-ehsoningni qurbongohga olib kelganingda, agar u yerda birodaring sendan xafa ekani yodingga tushsa,

24 xayr-ehsoningni u yerda, qurbongoh oldida qoldir va borib, avval birodaring bilan yarashgil. Shundan keyin kelib, xayr-ehsoningni bajo keltir.

25 Sen raqibing bilan qozixonaga borarkansan, yo'l-yo'lakay u bilan kelishishga shoshil, toki raqibing seni qoziga, qozi esa mirshabga topshirib, seni zindonga tashlamasin.

26 Senga chinini aytayin: oxirgi tiyiningni bermaguningcha, u yerdan chiqolmaysan!”

27 “Qadimgilarga: “Zino qilma”, - deb aytilganini eshitgansizlar.

28 Lekin Men sizga aytaman: kim bir ayolga shahvat bilan qarasa ham, allaqachon ko'nglida u bilan zino qilgan bo'ladi.

29 Agar sening o'ng ko'zing gunoh qilishingga sabab bo'lsa, uni sug'urib tashla. Chunki butun badaning jahannamga tashlanishidan ko'ra, a'zoyingdan birining nobud bo'lgani sen uchun yaxshiroqdir.

30 Agar sening o'ng qo'ling gunoh qilishingga sabab bo'lsa, uni chopib tashla. Chunki butun badaning jahannamga yo'liqishidan ko'ra, a'zoyingdan birining nobud bo'lgani sen uchun yaxshiroqdir.

31 Yana deyilganki: “Kim xotini bilan ajralmoqchi bo'lsa, unga taloq xatini yozib bersin”.

32 Lekin Men sizga aytaman: kim bevafolik aybidan boshqa sabab bilan xotinidan ajralsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajralgan xotinga uylansa, zino qilgan bo'ladi”.

33 “Yana qadimgilarga: “Qasamdan qaytma. Ichgan qasamlaringni Xudovand oldida bajo keltir”, - deb aytilganini eshitgansizlar.

34 Lekin Men sizga aytaman: hech qanday qasam ichmanglar - na osmon haqi, chunki u Xudoning taxtidir;

35 na yer haqi, chunki u Xudoning poyandozidir; na Quddus haqi, chunki u Buyuk Podshohning shahridir.

36 Boshing haqi ham qasam ichma, chunki sen bironta sochingni oq yoki qora qilolmaysan.

37 Sizlarning so'zingiz faqat “ha” yoki “yo'q” bo'lsin. Bundan ortig'i esa shaytonlikdir”.

38 “Sizlar: “Ko'z evaziga ko'z, tish evaziga tish”, - deb aytilganini eshitgansizlar.

39 Lekin Men sizga aytaman: yomonga qarshi chiqma. Kim sening o'ng chakkangga ursa, unga ikkinchisini ham o'gir.

40 Kim sen bilan da'volashib, ko'ylagingni olmoqchi bo'lsa, unga to'ningni ham berib yubor.

41 Kim seni bir chaqirim yo'l yurishga majbur qilsa, u bilan ikki chaqirim yur.

42 Sendan so'raganga ber, sendan qarz olmoqchi bo'lgandan yuz o'girma”.

43 “Yana: “Qardoshingni sevgin, dushmaningdan nafratlan”, - deb aytilganini eshitgansizlar.

44 Lekin Men sizga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar. Sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qiling. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizga jabr-zulm o'tkazganlar uchun ibodat qilinglar.

45 Shunda siz osmondagi Otangizning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki U O'z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg'irini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog'diradi.

46 Agar sizni sevadiganlarnigina sevsangiz, bundan sizga rahmat bo'lurmi? Soliqchilar ham xuddi shunday qilishmaydimi?

47 Agar siz faqat birodarlaringiz bilangina salomlashsangiz, qanday fazilatli ish qilgan bo'lasizlar? Butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi?

48 Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar”.