Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 4

1 O'shanda Iso, iblisning sinovidan o'tish uchun Muqaddas Ruh tomonidan sahroga olib borildi.

2 U qirq kun va qirq kecha ro'za tutib, oxiri och qoldi.

3 Shunda vasvasa qiluvchi Isoning yoniga kelib Unga: Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, aytgin, bu toshlar nonga aylansin! - dedi.

4 Iso unga javoban dedi: Tavrotda: “Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi”, deb yozilgan.

5 Keyin iblis Isoni tabarruk shaharga keltirdi va ma'badning tepasida turg'izib,

6 Unga dedi: Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, O'zingni pastga tashla-chi. Chunki Zaburda shunday yozilgan-ku: “U Sen haqda O'z farishtalariga amr etgay: Ular Seni qo'llarida ko'tarib ketar, oyog'ing ham toshga qoqilib ketmas”.

7 Iso unga: “Egang Xudovandni sinama”, deb yozilgani ham bor, - dedi.

8 Iblis Isoni yana juda baland toqqa olib chiqib ketdi. Dunyoning barcha saltanatlarini hamda ularning hashamatini Unga ko'rsatib:

9 Agar tiz cho'kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman, - dedi.

10 Shunda Iso: Yo'qol ko'zimdan, shayton! Chunki Tavrotda: “Egang Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo'l”, deb yozilgan, - dedi.

11 Shundan so'ng iblis Isoni tark etdi va farishtalar esa kelib, Isoga xizmat qila boshladilar.

12 Iso Yahyoning hibsga olinganini eshitgach, Jalilaga qaytib bordi.

13 U Nosira shaxrida ko'p qolmay, Zavulun va Naftoli yurtidagi ko'l bo'yida joylashgan Kafarnahum shahriga kelib o'rnashdi.

14 Shunday qilib, Isha'yo payg'ambarga vahiy bo'lgan ushbu oyat bajo keldi:

15 “Ey Zavulun diyori va Naftoli diyori, O'rdun nahrining naryog'ida, Dengiz yo'lida joylashgan majusiylar Jalilasi!

16 Zulmatda qolib kelgan xalq katta ziyoni ko'rdi, o'lim soyasiga burkangan el ufqlari yorishdi”.

17 Shu kundan boshlab Iso voizlik qiladigan bo'lib: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlab qoldi”, - deb aytar edi.

18 Jalila ko'li yonidan o'tayotganida, Iso ko'lga to'r tashlab turgan ikki aka-uka - Butrus deb ataluvchi Simun va uning ukasi Idrisni ko'rib qoldi. Ular baliqchi edilar.

19 Iso ularga: “Mening orqamdan yuringlar, Men sizni inson ovchilari qilaman”, - dedi.

20 Aka-uka darhol to'rlarini qoldirib,Uning orqasidan ergashdilar.

21 U yerdan o'tayotib, Iso boshqa ikki aka-uka - Zabadiyning o'g'li Yoqub va uning ukasi Yuhannoni ko'rib qoldi. Ular otalari Zabadiy bilan birga qayiqda to'rlarini yamab o'tirishgan edi. Iso ularni ham chaqirdi.

22 Ular ham darhol qayiqni va otalarini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar.

23 Iso butun Jalilani aylanib chiqdi. U yurtning ibodatxonalarida ta'lim berib, Xudoning Shohligi to'g'risidagi Xushxabarni e'lon qilib, odamlardagi har turli kasallik va darmonsizlikni shifolab yurdi.

24 U haqdagi xabar butun Suriyaga yoyildi. Turli-tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlar, jinga chalinganlar, tutqanoq va shol kasaliga yo'liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishar, U esa ularni sog'aytirar edi.

25 Jalila va O'nkent viloyatidan, Quddusdan, Yahudiya hamda O'rdunning narigi tomonidagi yurtlardan kelgan ko'plab xaloyiq Uning orqasidan ergashib bordi.