Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 3

1 O'sha kunlarda Yahyo payg'ambar paydo bo'lib, Yahudiya cho'lida voizlik qila boshladi.

2 U: “ Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!” - deb xitob qilar edi.

3 Bu voqea esa Isha'yo payg'ambarga vahiy qilingan shu oyatga to'g'ri keladi: “Mana, cho'lda nido yangramoqda: Xudovand yo'lini tayyorlangiz, ravon aylangiz so'qmoqlarin! - deya”.

4 Yahyoning o'zi tuya junidan kiyim kiyib, beliga teridan kamar taqar edi. Uning yeguligi esa chigirtka bilan yovvoyi asal edi.

5 Quddusda, Yaxudiya yurti bo'ylab va O'rdun daryosi atrofida yashovchilarning hammasi Yahyo payg'ambarning oldiga chiqar edi.

6 Ular gunohlarini e'tirof etib, Yahyoning buyrug'i bilan O'rdun suviga cho'mib imon keltirar edilar.

7 Farziy va sadduqiy mazhablaridan ham talay kishi cho'mish uchun uning oldiga kelayotganlarini Yahyo ko'rib, ularga dedi: “Voy ilonlar zoti! Boshingizga keladigan Xudo g'azabidan qochib qutulishingizni sizlarga kim uqtirdi?

8 Bundan buyon tavba qilganingizga yarasha hosil beringlar!

9 “Ibrohim bizning otamiz” - deb ko'nglingizdan o'tkazmanglar. Men sizlarga aytamanki, Xudo shu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir.

10 Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi-ku. Yaxshi meva bermagan har qanday daraxt kesilib olovga tashlanadi.

11 Men sizlarni tavbaga chaqirish uchun suvga cho'mdirib yuribman. Lekin mening ketimdan Kelayotgan mendan qudratlidir. Men Uning choriqlarini ko'tarishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruxga va olovga cho'mdiradi.

12 Uning panshaxasi qo'lida tayyor turibdi. U O'z xirmonini shopirib tashlaydi; bug'doyini omborga to'plab, somonni so'nmas o'tda yondirib yuboradi”.

13 O'shanda Iso Yahyoning xuzurida suvga cho'mish uchun Jaliladan O'rdun daryosi bo'yiga keldi.

14 Lekin Yahyo Isoni to'xtatmoqchi bo'lib: Men Sening huzuringda imon keltirishim kerak edi. Sen bo'lsang, mening oldimga kelyapsanmi? - dedi.

15 Iso unga javob berib: Endi rozi bo'l, chunki biz shu yo'sinda ilohiy amrni to'la bajarishimiz o'rinlidir, - dedi. Shundan keyin Yahyo Isoga izn berdi.

16 Iso daryoga tushdi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Xudoning Ruhi kaptarday Isoning ustiga tushib qo'ngani ko'rindi.

17 Osmondan esa: “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman”, - degan nido keldi.