Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 28

1 Dam olish kunining ertasiga, yakshanba kuni tongotarda magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam qabrni ko'rgani borishdi.

2 Shunda to'satdan shiddatli zilzila bo'ldi. Xudovandning bir farishtasi osmondan tushdi va qabrga borib toshni ag'darib yubordi-da, uning ustiga o'tirdi.

3 Uning ko'rinishi yashinday, kiyimlari esa qorday oppoq edi.

4 Soqchilar bo'lsa, qo'rquvdan titrab, joni chiqqanday bo'lishdi.

5 Farishta so'zini ayollarga qaratib: Sizlar qo'rqmang! Xochga mixlangan Isoni izlayotganlaringizni bilaman.

6 U bu yerda yo'q. O'zi aytganidek, qayta tirilib ketdi. Kelinglar, Rabbingiz yotgan joyini ko'ringlar.

7 Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: “Iso tirildi. U sizdan oldin Jalilaga ketyapti, Uni o'sha yerda ko'rasizlar”, - deb aytinglar. Sizlarga buni men aytdim.

8 Ayollar qabrdan shosha-pisha chiqib, katta sevinch va qo'rquv ila yugura-yugura Isoning shogirdlariga xabar bergani ketishdi.

9 Shogirdlarga bu xabarni yetkazaylik, deb ular yo'lda ketayotganlarida, birdaniga Isoning O'zi ularning qarshisidan chiqib: Salom! - dedi. Ular esa ro'baro' kelib, oyoqlariga yopishgancha Unga topina boshladilar.

10 Shunda Iso ularga: Qo'rqmanglar! Borib birodarlarimga Jalilaga borishlarini, Meni o'sha yerda ko'rishlarini xabar beringlar, - dedi.

11 Ayollar hali yo'lda borishar ekan, soqchilar bo'linmasidan bir nechasi shaharga kirib, sodir bo'lgan barcha hodisotni oliy ruhoniylarga bildirdilar.

12 Ular oqsoqollar bilan to'planib kengashgach, askarlarga ancha pul berib,

13 shunday dedilar: Sizlar: “Shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda Uni o'g'irlab ketishdi”, deb aytinglar.

14 Agarda bu bo'lib-o'tganlar hokimning qulog'iga yetib borsa, bizlar uni shunga ishontiramiz va sizlarni ko'ngilsizlikdan xalos etamiz.

15 Soqchilar esa pulni olib, topshiriqni aytilgandek bajardilar. Shunday qilib, bu hangoma to bugungacha yahudiylar orasida ovoza bo'lib keladi.

16 O'n bir shogird Jalilaga, Iso ularga tayin etgan toqqa borishdi.

17 Ular Isoni ko'rib, Unga sajda qildilar. Ba'zilari esa shubhaga bordilar.

18 Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: “Menga osmonda ham, yerda ham butun hokimiyat berilgandir.

19 Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho'mdirib, imonga kiritinglar.

20 Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o'rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman”. Omin.