Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 27

1 Tong otgach, oliy ruhoniylar bilan xalq oqsoqollari jamisi kengashib, Isoni o'lim jazosiga mahkum qilishga kelishdilar.

2 Isoni bog'ladilar va olib, viloyat hokimi Po'ntiy Pilatga topshirdilar.

3 Xoin Yahudo esa Isoning mahkum etilganini bilib, pushaymon bo'ldi va o'ttiz kumush tangani oliy ruhoniylar bilan oqsoqollarga qaytarib berib:

4 Men xoinlik qildim, begunoh qon to'kilishida aybdorman, - dedi. Ular esa: Bundan bizlarga nima? Yana o'zing bilasan! - deyishdi.

5 Shunda Yahudo kumush tangalarni ma'bad ichiga uloqtirib yubordi-da, u yerdan chiqib borib, o'zini osib o'ldirdi.

6 Oliy ruhoniylar tangalarni terib olib: “Bu pul qon narxidir, uni ma'badning xazinasiga qo'shish mumkin emas”, - deyishdi.

7 O'zaro kelishib, bu pulga begonalar ko'miladigan qabriston uchun Kulol Yerini sotib oldilar.

8 Shuning uchun u yer bugungacha “Qon Yeri” deb ataladi.

9 Shu yo'sin Yeremiya payg'ambarga vahiy bo'lgan ushbular bajo bo'ldi: “Isroil o'g'illari Unga baho berib qo'ygan o'ttiz kumush tangani olib,

10 Xudovand menga buyurgani kabi, kulol yerin sotib oldilar”.

11 Iso hokimning huzurida turdi. Hokim Undan so'radi: Sen yahudiydarning Podshohimisan? - O'zing aytding, - dedi unga Iso.

12 Oliy ruhoniylar va oqsoqollar Uni ayblaganlarida, U hech narsa deb javob bermadi.

13 Shunda Pilat Unga: Eshitmayapsanmi, Sening bo'yningga qancha ayblar qo'yishyapti! - dedi.

14 Lekin Iso bu gaplarga ham biron javob qaytarmadi. Hokim esa juda hayron bo'ldi.

15 Har Fisih bayramida hokim xalq istagan bir mahbusni ozod qilish odati bor edi.

16 O'sha kez qamoqda nom chiqargan Barabba ismli bandi bor edi.

17 Xalq to'plangach, Pilat ularga xitob qilib so'radi: Sizlar kimni ozod qilishimni istaysizlar? Barabbanimi, yoki Masih atalmish Isonimi?

18 Ular Isoni ko'rolmaslikdan tutib berganlarini u bilar edi.

19 U hakamlik kursisida o'tirganida, xotinidan xabar keldi: “U solih Odam bilan sening ishing bo'lmasin. Chunki bu tunda men tushimda U tufayli ko'p azobda qoldim”.

20 Ammo oliy ruhoniylar va oqsoqollar bo'lsa, Barabbani ozod etish, Isoni esa yo'q qilishni so'rashlari uchun olomonni qayrab qo'ydilar.

21 Hokim yana ularga xitob qildi: Sizlar ikkovidan qay birini ozod qilishimni istaysizlara? - Barabbani! - deb javob berishdi.

22 Pilat ularga dedi: Unda men Masih atalgan Isoni nima qilay? - Xochga mixlansin! - deyishdi bir og'izdan.

23 U nima yomonlik qilgan ekan? - so'radi hokim. Lekin ular ovozlarini yana balandroq ko'tarib: Xochga mixlansin! - deb qichqirishdi.

24 Pilat hech narsa yordam bermayotganini, aksincha shov-shuv yanada kuchayib borayotganini ko'rgach: Men bu solih Odamning qoni to'kilayotganidan begunohman. Bu ishni o'zlaringiz ko'rib chiqinglar! - dedi-da,olomonning ko'z oldida suv olib, qo'llarini chaydi.

25 Butun xalq bunga javoban: Uning qoni bizlarning va bolalarimizning gardanidadir! - deyishdi.

26 Shundan so'ng Pilat ularga Barabbani chiqarib yubordi. Isoni esa savalatgandan keyin xochga mixlash uchun askarlarga topshirdi.

27 Shundan so'ng hokimning askarlari Isoni hukumat qarorgohiga olib borib, butun bo'linmani boshiga to'pladilar.

28 Uning kiyimlarini yechib, egniga to'q qizil yaktak kiydirdilar.

29 Tikanlardan toj o'rab, boshiga kiygizdilar. O'ng qo'liga qamish berib, Uning oldida tiz cho'kkancha: “Yashavor, ey, yahudiylarning Podshohi!” - deb masxara qildilar.

30 Unga tupurganlaricha qamishni olib, boshiga urdilar.

31 Masxaralab bo'lishgandan so'ng egnidan yaktakni yechib, O'zining kiyimlarini kiydirdilar va xochga mixlash uchun olib ketdilar.

32 Ular chiqib ketayotganlarida, kirineyalik Simun degan kishini uchratib qoldilar. Uni Isoning xochini ko'tarib borishga majbur qildilar.

33 “Boshsuyagi” ma'nosini beruvchi Go'lgota degan joyga keldilar.

34 Shunda Isoga ichish uchun zardob aralashtirilgan sharob berdilar. Iso uni tatib ko'rgach, ichgisi kelmadi.

35 So'ng Uni xochga mixlab qo'ydilar. Kiyimlari uchun qur'a tashlab, o'zaro bo'lishib oldilar.

36 Keyin shu yerning o'zida o'tirgancha, Uni qo'riqlab turdilar.

37 Uning boshi uzra bir taxtachaga: “Yahudiylarning Podshohi Iso - Budir” degan aybnomani yozib qo'ydilar.

38 Iso bilan birga ikki qaroqchini ham - birini Uning o'ng tomonida, ikkinchisini esa so'l tomonida xochga mixlab qo'ydilar.

39 O'tib ketayotganlar boshlarni chayqagancha, Isoni haqoratlashardi:

40 Hey ma'badni buzib uch kun ichida tiklaydigan! O'zingni O'zing qutqar-chi! Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, qani xochdan tushib ko'r-chi!

41 Oliy ruhoniylar, ulamolar va oqsoqollar ham barchasi bunga qo'shilishib, Uni masxaralay ketdilar:

42 Boshqalarni qutqardi, O'zini esa qutqara olmaydi! Agar U Isroilning Podshohi bo'lsa, endi xochdan tushib ko'rsin, shunda biz Unga ishonamiz.

43 U Xudoga ishonardi-ku. Agar U Xudoning azizi bo'lsa, hozir qutqarib olsin-chi! Chunki U: “Men Xudoning O'g'liman”, - degan.

44 Iso bilan birga xochga mixlangan qaroqchilar ham Uni shunday so'kar edilar.

45 Tushdan boshlab soat uchgacha butun yerni qorong'ilik qopladi.

46 Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan: Eli, Eli lamo shavaqtani?, ya'ni “Tangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo'yding?” - deb faryod qildi.

47 U yerda turganlardan ba'zilari buni eshitib: U Ilyosni chaqiryapti-ku, - deyishdi.

48 Ulardan biri darhol yugurib, shimgichni olib keldi-da, uni sirkaga botirib, qamishning uchiga ilgancha, Isoga ichishga uzatdi.

49 Boshqalari esa: To'xta ko'raylik-chi, Ilyos kelib Uni qutqararmikan, - deyishdi.

50 Iso esa yana bir bor qattiq oh urib, jon berdi.

51 Shu ondayoq ma'baddagi parda yuqoridan pastgacha ikkiga bo'linib, yirtilib ketdi. Yer larzaga keldi, toshlar yorildi.

52 Qabrlar ochilib, talay rahmatli azizu avliyolarning jasadlari tirilib ketdi.

53 Ular qabrlaridan chiqib, Iso qayta tirilganidan keyin tabarruk shaharga kirib, ko'plarga ko'rindilar.

54 Isoni qo'riqlab turgan yuzboshi bilan yonidagi askarlar zilzilani va sodir bo'layotgan barcha ishlarni ko'rib, vahimaga tushdilar-da: Haqiqatan ham bu Xudoning O'g'li ekan! - dedilar.

55 Jaliladan boshlab Isoga ergashib xizmat qilib kelgan ko'pgina ayollar ham uzoqdan qarab turgan edilar.

56 Ularning orasida magdalalik Maryam, Yoqub bilan Yusufning onasi Maryam hamda Zabadiy o'g'illarining onasi bor edi.

57 Oqshom tushgach, Arimateya shahridan bo'lgan Yusuf ismli bir boy odam keldi. O'zi ham Isoning shogirdi edi.

58 U Pilatning oldiga borib, Isoning jasadini so'radi. Shunda Pilat jasadni unga berishni buyurdi.

59 Yusuf jasadni olib, uni toza kafanga o'radi

60 va o'zining qoyada yo'nilgan yangi qabriga qo'ydi. Keyin qabrning og'ziga katta bir toshni yumalatib keltirib qo'ydi-da, jo'nadi.

61 Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam esa shu yerda, qabrning ro'parasida o'tirgan edilar.

62 Tayyorgarlik kunining ertasiga oliy ruhoniylar va farziylar Pilatning huzuriga to'planishib:

63 Taqsir! - deyishdi, - o'sha aldamchi hali tirikligida: “Uch kundan keyin qayta tirilaman”, - degani esimizga tushdi.

64 Shuning uchun uch kungacha qabrni qorovullashni buyursangiz, toki Uning shogirdlari kechasi kelib Uni o'g'irlab ketishmasin va xalqqa: “U qayta tirildi”, - deb aytishmasin. Yo'qsa, oxirgi aldov birinchisidan battar bo'ladi.

65 Pilat ularga: Mana, soqchilar bo'linmasi o'zlaringizning ixtiyoringizda. Borib, bilganingizdek qabrni qorovullanglar, - dedi.

66 Ular esa soqchilar bilan borib, qabr toshiga muhr bosib, qabrni qorovullay boshladilar.