Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 25

1 “O'sha vaqtda Osmon Shohligini o'zlarining chiroqlarini yoniga olishib, kuyovni qarshilagani chiqqan o'n kelin dugonasiga o'xshatsa bo'ladi.

2 Ulardan beshovi es-hushli, beshovi esa ovsar ekan.

3 Ovsarlari chiroqlarini olib, o'zlari bilan yog' olmabdilar.

4 Es-hushlilari esa chiroqlari bilan birga idishlarda yog' ham olibdilar.

5 Kuyov kechikkani sababli, hammalari mudrab, uxlab qolishibdi.

6 Tunning yarmida birdaniga ovoz yangrabdi: Ana, kuyov kelyapti, uni qarshilagani chiqinglar!

7 Shunda qizlarning hammasi turib, chiroqlariga yopishibdi.

8 Ovsarlari es-hushlilarga: Chiroqlarimiz o'chib boryapti, bizlarga yog'laringizdan beringlar! - deyishibdi.

9 Es-hushlilar javob berib: Yo'q, bizlarda ham, sizlarda ham yog' yetmay qolmasin. Yaxshisi siz baqqollarning oldiga borib, o'zlaringizga yog' sotib olinglar, - deyishibdi.

10 Ular yog' sotib olgani ketishganda, kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga to'yxonaga kirib, orqalaridan eshiklar yopilibdi.

11 Bir muddatdan keyin qolgan qizlar kelib: Hoy Egam, hoy Egam, eshikni oching, bizlar keldik! - deyishibdi.

12 Lekin U ularga javob berib: Men sizga rostini aytsam, sizlarni tanimayman, - debdi.

13 Shunday qilib, hushyor bo'lib turinglar, chunki siz Inson O'g'li keladigan aniq kunni ham, soatni ham bilmaysizlar”.

14 “Yana oxirzamon bir odam safarga jo'nab, xizmatkorlarini chaqirib, o'z mol-mulkini ularga omonatga berganiga o'xshaydi.

15 U odam har bir kishiga o'z qobiliyatiga yarasha: biriga besh, biriga ikki, biriga bir yombidan berib, jo'nab ketibdi.

16 Beshta yombi olgan o'sha zahoti borib, pulini ishga solib, yana besh yombi orttiribdi.

17 Shunga o'xshab, ikki yombi olgan ham yana ikki yombi orttiribdi.

18 Bitta yombi olgan esa borib, chuqur qazib, xo'jayinining pulini yashirib qo'yibdi.

19 Ancha vaqtdan so'ng boyagi xizmatkorlarning xo'jayini qaytib kelib, ulardan hisobot so'rabdi.

20 Besh yombi olgan boshqa besh yombini ham olib kelib: Xo'jayin! Menga besh yombi bergandingiz, mana men ularga qo'shib yana besh yombi orttirdim, - debdi.

21 Xo'jayini unga: Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo'lganing uchun, endi seni katta ishlarga munosib ko'raman. Xo'jayiningning shodligini baham ko'r, - debdi.

22 Ikki yombi olgan ham kelib: Xo'jayin Menga ikki yombi bergandingiz. Mana, men ularning yoniga qo'shib yana ikki yombi orttirdim, - debdi.

23 Xo'jayini unga: Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo'lganing uchun, endi katta ishlarga munosib ko'raman. Xo'jayiningning shodligini baham ko'r, - debdi.

24 Bitta yombi olgan ham kelib: Xo'jayin! Men sizning qattiqqo'l odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan o'rasiz, uymagan joydan xirmon ko'tarasiz.

25 Shuning uchun men qo'rqqanimdan borib, sizning yombingizni yerga yashirib qo'ydim. Mana berganingiz! - debdi.

26 Xo'jayini unga javob qaytarib: Ey yomon va yalqov xizmatkor! - debdi. - Men ekmagan yerdan o'rishimni, uymagan joydan xirmon ko'tarishimni bilarkansan,

27 u holda pulimni sudxo'rlarga qarzga bersang bo'lmasmidi? Shunda men kelib, uni foydasi bilan qaytarib olgan bo'lar edim.

28 “Endi, undan yombini olib o'n yombisi borga beringlar!

29 Chunki kimda bor bo'lsa, unga yana beriladi va u mo'lchilikda bo'ladi. Kimda yo'q bo'lsa, undan bori ham tortib olinadi.

30 Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorong'ilikka uloqtirib yuboringlar. U yerda yig'i-sig'i va oh-vohlar bo'ladi”. (Bularni aytib, Iso xitob qilib dedi: “Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!”)

31 “Inson O'g'li O'zining ulug'vorligida, jamiki muqaddas farishtalari bilan birga kelgan paytida O'zining ulug'vor taxtiga o'tiradi.

32 Barcha xalqlar Uning huzuriga to'planadilar. Cho'pon qo'ylarni echkilardan ajratganiday, U ularni birma-bir saralab qo'yadi.

33 “Qo'ylarni” O'zining o'ng tomoniga, “echkilarni” esa chap tomoniga turg'izadi.

34 Shunda Podshoh o'ng tomondagilarga aytadi: Ey, Mening Otamning olqaganlari, kelinglar! Dunyo yaratilganidan beri sizlar uchun meros sifatida tayyorlab qo'yilgan Shohlikni egallangiz.

35 Chunki Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Chanqagan edim, Menga suv ichirdingizlar. Musofir edim, Meni mehmon qildingizlar.

36 Yalang'och edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Meni boqdingizlar. Zindonda edim, Meni kelib ko'rdingizlar.

37 Bunga javoban solihlar Unga shunday deydilar: Yo Rabbiy! Qachon Sening ochligingni ko'ribmizki, yedirgan bo'lsak, yoki chanqaganingni ko'ribmizki, suv tutgan bo'lsak?

38 Qachon Sening musofir bo'lganingni ko'rib, mehmon qildik, yoki yalang'ochligingni ko'rib, kiyintirdik?

39 Qachon biz kasal yoki zindonda bo'lganingni ko'rib, Seni yo'qlab keldik?

40 Podshoh javob berib ularga deydi: Sizlarga chinini aytayin: sizlar Mening shu kichik birodarlarimdan biriga neki qilgan bo'lsangiz, bu Menga qilganingizdir.

41 So'ng U chap tomondagilarga ham aytadi: Ey la'natilar! Ko'zimdan yo'qoling, iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo'yilgan abadiy olovga mubtalo bo'ling!

42 Chunki Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, suv tutmadingizlar.

43 Musofir edim, Meni mehmon qilmadingiz. Yalang'och edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal bo'ldim, zindonga tushdim, Meni kelib ko'rmadingizlar.

44 Shunga javoban ular ham: Yo Rabbiy! Seni qachon och, chanqagan, musofir, yalang'och, kasal yoki zindonda bo'lganingni ko'ribmizki, Senga xizmat qilmagan bo'lsak? - deb so'raydilar.

45 U javob berib ularga shunday deydi: Sizlarga chinini aytayin: sizlar shu kichiklarning biriga qilmagan muruvvatingiz Menga qilmagan bilan barobardir.

46 Shunday qilib, bular abadiy azobga, solihlar esa abadiy hayotga noil bo'ladilar”.