Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 24

1 Iso ma'baddan chiqib ketayotganida, shogirdlari Uning yoniga kelib, diqqatini ma'badning binolariga qaratmoqchi bo'lishdi.

2 Iso ularga: “Bularning hammasini ko'ryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bu yerda biror g'isht butun qolmaydi, hammasi vayron bo'ladi”, - dedi.

3 Iso bir O'zi Zaytun tog'ida o'tirgan vaqtda, shogirdlari Uning yoniga kelib, so'rashdi: “Bizlarga ayt-chi, bu voqealar qachon yuz beradi? Sening kelishing va oxirzamon yaqinlashganini ko'rsatadigan belgi qanday bo'ladi?”

4 Iso javob berib ularga dedi: “Hech kim sizlarni yo'ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo'linglar.

5 Chunki talay kishilar Mening nomim bilan kelib: “Men Masih bo'laman “, - deb ko'plarni yo'ldan ozdiradi.

6 Shuningdek, yiroq-yaqindan urush xabarlarini eshitasizlar. Ammo cho'chib vahimaga tushmangiz! Hamma narsa Xudo taqdir etganidek sodir bo'lishi lozim. Ammo bu hali so'nggi nihoya emasdir.

7 Xalq xalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko'tariladi. Ayrim joylarda qahatchiliklar, o'latlar, zilzilalar bo'ladi.

8 Bularning bari esa bamisli to'lg'oqning boshidir.

9 O'shanda sizlarni qiynash va o'ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli barcha xalqlar sizlardan nafratlanadi.

10 O'shanda ko'plar vasvasaga tushib, bir-birini tutib beradi, bir-biridan nafratlanadi.

11 Ko'pdan-ko'p soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ko'plarni yo'ldan uradi.

12 Yovuzlik avjga chiqishi tufayli ko'pchilikning sevgisi soviydi.

13 Lekin oxirigacha chidagan qutuladi.

14 Xudo saltanati to'g'risidagi Injil Xushxabari hamma xalqlarga dalolat bo'lish uchun jahon bo'ylab targ'ib qilinadi va o'shandagina so'ng bo'ladi.

15 “Shunday qilib, Doniel payg'ambar karomat qilib aytgan “dahshatli razolat” muqaddas joyda turganini ko'rganingizda (o'qigan o'zi tushunsin!)

16 Yahudiyada bo'lganlar tog'larga qochishsin.

17 Tomning ustida turganlar uyidan anjomlarini olish uchun pastga tushmasin.

18 Dalada bo'lganlar esa to'nini olgani qaytib kelmasin.

19 U kunlarda homilador va emizuvchi ayollarning holiga voy!

20 Qochishingiz qishga yoki dam olish kuniga to'g'ri kelmasligi uchun ibodat qilinglar.

21 Chunki o'shanda dunyo boshlanishidan to hozirgacha sodir bo'lmagan va qaytib sodir bo'lmaydigan buyuk musibat bo'ladi.

22 Agar o'sha kunlar qisqartirilmaganida edi, hech bir jonzod omon qolmasdi. Lekin tanlangan kishilar uchungina u kunlar qisqartiriladi.

23 Agar o'shanda kimdir sizga: “Masih mana bu yerda “, yoki “U yerda”, - deb aytsa, ishonmanglar.

24 Chunki soxta masihlar va soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ilojini topsalar, hatto tanlangan kishilarni ham yo'ldan ozdirish uchun g'aroyibot va mo''jizalar ko'rsatadilar.

25 Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo'ydim.

26 Shunday qilib, agar sizlarga: “Mana, U sahroda”, - deb aytsalar chiqmanglar. “Mana, U berk xonalarda”, - deb aytishsa ham, ishonmanglar.

27 Chunki Inson O'g'lining kelishi xuddi sharqda chaqnab, hatto g'arbda ham barchaga ko'rinuvchi chaqmoqday bo'ladi.

28 Murda qayerda bo'lsa, kalxatlar ham o'sha yerda to'planadi.

29 O'sha kunlarning musibatidan so'ng, alhol quyosh tutilib, oy xiralanadi. Yulduzlar osmondan tushib, samoviy kuchlar larzaga keladi.

30 O'shanda Inson O'g'lining alomati osmonda namoyon bo'ladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar uvvos tortib yig'laydilar, Inson O'g'li osmon bulutlari uzra buyuk qudrat va shon-shuhrat ila kelayotganini ko'radilar.

31 U mahobatli karnay tutgan farishtalarini yuboradi. Ular esa Uning tanlagan kishilarini osmonning bir burchidan boshqa burchigacha, to'rt tomondan to'plab keladilar”.

32 “Anjir daraxtidan ibrat olinglar. Uning shoxlari ko'karib, barg chiqarayotganidan yoz yaqinlashganini bilasizlar.

33 Xuddi shunday, sizlar ham bularning hammasini ko'rgach bilingki, U yaqindir, eshik oldida turibdi.

34 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o'tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo'ladi.

35 Yeru osmon bitar, lekin Mening so'zlarim bitmas.

36 U kun va u soat haqida birgina Otamdan boshqa hech kim bilmaydi, osmondagi farishtalar ham bilmaydi.

37 Nuh payg'ambar davrida qanday bo'lgan bo'lsa, Inson O'g'li kelidshida ham shunday bo'ladi.

38 To'fongacha bo'lgan kunlarda, to Nuh payg'ambar kemaga kirgan kunigacha yeb-ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar.

39 Ular bo'lg'usi ofatdan bexabar yurganda, to'fon kelib, hammasini qirib tashladi. Inson O'g'lining kelishi ham xuddi shunday bo'ladi.

40 O'shanda ikki kishi dalada bo'ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.

41 Tegirmon tortayotgan ikki ayol bo'ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.

42 Shuning uchun xushyor bo'lib turinglar, chunki Rabbingiz qaysi soatda kelishini bilmaysizlar.

43 Lekin shuni bilib qo'yinglarki, o'g'ri tunning qay vaqtida kelishini agar uy egasi bilganida, bedor turib, uyiga lahim qazilishiga yo'l qo'ymas edi.

44 Shunga o'xshab, sizlar ham tayyor bo'lib turinglar. Chunki Inson O'g'li sizlar o'ylamagan soatda kelib qoladi”.

45 Qul-cho'rilarga rizq-ro'zni o'z vaqtida berib turish uchun xo'jayin ularga boshliq qilib qo'ygan ishonchli va aqlli xizmatkor kimdir?

46 Xo'jayini kelganida, uni shularni bajarib turgan holda ko'rsa, u xizmatkor qanday baxtlidir!

47 Sizlarga chinini aytayin: o'zining butun mol-mulki ustidan uni nazoratchi qilib qo'yadi.

48 Agarda yomon niyatli xizmatkor o'z ko'nglida: “Xo'jayinim yaqin orada kelmaydi”, - deb o'ylab,

49 o'rtoqlarini urib, ichkilikbozlar bilan birga yeb-ichishni boshlasa,

50 u xizmatkorning xo'jayini kutmagan bir kunda, o'ylamagan bir soatda kelib qoladi-yu,

51 uni tilka-pora qilib, boshiga ikkiyuzlamachilar kunini soladi. U yerda yig'i-sig'i va ohu vohlar bo'ladi “.