Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 23

1 Undan keyin Iso xaloyiqqa va shogirdlariga xitob qilib, dedi:

2 “Ulamolar va farziylar Muso minbarida o'tiribdilar.

3 Shu bois ular sizga nimani bajarishni amr etsalar, bajo keltiringlar. Aytganini qiling, lekin qilganini qilmang! Chunki ular o'z aytganlarini bajarmaydilar.

4 Ular og'ir va ko'tarib bo'lmaydigan yuklarni insonlar yelkasiga tashlab qo'yadilar, lekin o'zlari bu yuklarga barmoq tegizishni ham istamaydilar.

5 Ular butun ishlarini insonlarga ko'rinish uchun qiladilar. Duo qutilarini yirikroq, kiyimlarining gajimlarini uzunroq qiladilar.

6 Shuningdek, ziyofatlarda to'rda va ibodatxonalarda hurmatli o'rinda o'tirishni,

7 xalq yig'inlarida alik olishni va odamlar tomonidan “Ustozimiz, Ustozimiz!” deb olqishlanishni yaxshi ko'radilar.

8 Biroq sizlar ustoz deb atalishga ko'nmang.Chunki sizning birgina Ustozingiz bor, U ham bo'lsa - Masihdir. Sizlar esa hammalaringiz birodarsizlar.

9 Yer yuzida hech kimni o'zingizga ota deb ham atamanglar. Chunki sizning birgina Otangiz bor, U ham bo'lsa - samoviy Otangizdir.

10 Rahbar deb ham nom olmanglar. Chunki sizdarning birgina Rahbaringiz bor - U Masihdir.

11 Orangizdagi kattangiz sizlarga sizlarga xizmatda bo'lsin.

12 Zero kim o'zini yuqori qo'ysa, pasaytiriladi. Kim o'zini past olib yursa, ulug'lanadi”.

13 Ey ulamoyu farziylar, munofiqlar! Osmon Shohligini insonlarga bekitib qo'yganingiz uchun holingizga voy! O'zlaringiz ham unga kirmayapsizlar, kirmoqchi bo'lganlarga ham yo'l qo'ymayapsizlar.

14 (Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Siz beva ayollarning uylarini shilib, xo'ja ko'rsinga uzoq duo o'qiysizlar. Shunga yarasha og'irroq jazo olasizlar.)

15 Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar loaqal biror-bir kishini o'z diningizga kiritish uchun dengizlaru qit'alarni aylanib chiqasizlar. Lekin buni amalga oshirib bo'lgach esa, uni o'zingizdan ikki barobar yomonroq do'zaxi qilasizlar.

16 “Ey basir peshvolar, holingizga voy! Sizlar: “Ma'bad haqiga ichilgan qasam o'tmaydi, lekin ma'baddagi oltin haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart”, deysiz.

17 Hoy nodonu ko'rlar! Qaysi biri buyukroq: ma'badning oltinimi, yoki oltinni muqaddas qilgan ma'badning o'zimi?

18 Shuningdek, sizlar yana: “Qurbongoh haqiga ichilgan qasam o'tmaydi, lekin qurbongohdagi qurbonlik haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart”, - deysizlar.

19 Hoy nodonlar, ko'rlar! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi?

20 Axir, qurbongoh haqiga qasam ichgan, ham qurbongohning o'zi, hamda undagi barcha narsalar haqiga qasam ichgan bo'ladi.

21 Ma'bad haqiga qasam ichgan esa, ham ma'badning o'zi, hamda ma'badda yashaydigan Xudo haqiga qasam ichgan bo'ladi.

22 Osmon haqiga qasam ichgan esa ham arshi a'lo, hamda arshi a'lodagi Xudoning O'zi haqiga qasam ichgan bo'ladi.

23 “Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizdar yalpiz, arpabodiyon va zira qatori oshko'rdan ushr berib turasiz-u, lekin Ilohiy Buyruqning nihoyatda muhim amrlari bo'lgan haqqoniyat, marhamat va sadoqatga esa e'tibor bermay qo'ydingizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo'ymasligingiz kerak edi.

24 Sizlar chivinni pesh qiluvchi, ammo tuyani yutib yuboradigan basir peshvolarsiz!

25 Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar kosayu laganning sirtini tozalaysiz, ammo ularning ichi o'g'rilik va badnafslikka to'lib-toshib yotibdi.

26 Ey so'qir farziy! Sen avvalo kosa va laganning ichini tozalab ol, shunda ularning tashi ham toza bo'ladi.

27 Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar tashqaridan chiroyli ko'rinadigan, lekin ichi o'liklarning suyaklari va har xil qabihliklarga to'la, ohaklangan qabrlarga o'xshaysizlar.

28 Garchi tashqaridan insonlarga mo'min ko'rinsangizlar ham, lekin ichlaringiz ikkiyuzlamachilik va yomonlikka to'ladir”.

29 “Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Chunki sizlar payg'ambarlarga maqbara qurib, aziz-avliyolarning yodgorliklarini bezab yuribsizlar.

30 “Agar ota-bobolarimiz davrida yashaganimizda, biz payg'ambarlarning qonini to'kishda ularga hamkorlik qilmas edik”, - deysizlar.

31 Bu bilan siz o'zingizni o'zingiz inkor etib, payg'ambarlarni qatl qilganlarning o'g'illari ekagingzni o'zingiz tasdiqlab turibsiz.

32 Qani, ota-bobolaringiz boshlagan ishni bitirib qo'ymaysizlarmi?!

33 Hoy ilonlar, zaharli ilon zotlari-ey! Jahannam jazosidan qanday qilib qutularkansizlar?

34 Ana shu sababdan Men sizga qanchadan-qancha payg'ambaru donishmandu ulamolarni yuborib turaman. Sizlar esa ulardan kimini o'ldirasizlar, kimini xochga mixlaysizlar, kimini esa ibodatxonalaringizda qamchilab shahardan-shaharga quvg'in qilasizlar.

35 Shu yo'sin solih kishi bo'lgan Hobilning qonidan tortib, ma'bad bilan qurbongoh oralig'ida sizlar o'ldirgan Baraxiya o'g'li Zakariyoning qonigacha, yer yuzida to'kilgan butun begunoh qonlar sizning bo'yningizda!

36 Ha, sizlarga chinini aytaman: ushbu gunohlarning hammasi shu naslning bo'yniga tushadi.

37 “O, Quddus, Quddus! Payg'ambarlarni o'ldiruvchi va huzuringga yuborilganlarni toshbo'ron qilguvchi shahar! Tovuq o'z jo'jalarini qanotlari ostida qanday to'plasa, Men ham sening bolalaringni necha bor shunday to'plamoqchi bo'ldim, sizlar-chi istamadingiz.

38 Mana, sizning uy-joyingiz huvillab qoladi.

39 Sizga shuni aytib qo'yay: “Xudovand nomidan Kelayotgan muborak”, - deb xitob qilmaguningizcha, Meni qaytib ko'rmaysizlar”.