Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 22

1 Iso masallar bilan gapini davom ettirib, xalqqa xitoban dedi:

2 “Osmon Shohligi o'zining o'g'liga nikoh to'yi qilgan bir podshohga o'xshaydi.

3 Podshoh to'yga taklif etilganlarni chaqirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi. Ular esa kelishni istamabdilar.

4 Podshoh yana boshqa xizmatkorlarini yuborib: Taklif etilganlarga aytinglarki, men ziyofat dasturxonini tayyorlab qo'ydim, ho'kizlaru bo'rdoqilarim so'yildi, hammasi tayyor. To'yga kelaveringlar! - debdi.

5 Biroq ular yana nazarga ilmay, biri o'zining dalasiga, boshqasi bozor-o'charga ketibdi.

6 Qolganlar esa podshoh xizmatkorlarini tutib, xo'rlab, o'ldirishibdi.

7 Podshoh buni eshitib, g'azablanibdi. Qo'shinlarini yuboribdi-da, qotillarni tig'dan o'tkazib, shaharlarini kulga aylantiribdi.

8 Keyin u qolgan xizmatkorlariga: Nikoh to'yi tayyor, lekin taklif etilganlar bunga munosib emas ekanlar.

9 Shuning uchun chorrahalarga borib, kimni topsangizlar, to'yga chaqiringlar, - deb buyuribdi.

10 Bu xizmatkorlar yo'lga chiqib, uchratganlarining hammasini - yomonlarni ham, yaxshilarni ham to'plashibdi. To'yxona mehmonlarga to'lib ketibdi.

11 Podshoh mehmonlarni ko'rish uchun kirganda, u yerda nikoh kiyimida kiyinmagan bir odamni ko'ribdi

12 va undan: Do'stim, nikoh kiyimisiz bu yerga qanday kirding? - deb so'rabdi, u indamabdi.

13 Shunda podshoh malaylariga buyruq berib: Uning qo'l-oyoqlarini bog'lab, tashqariga, qorong'ilikka tashlanglar. U yerda yig'i-sig'i va ohu voh bo'ladi, - debdi.

14 Shunga o'xshab, Xudo da'vat etganlar ko'p, ammo tanlanganlar ozdir”.

15 Shundan keyin farziylar borib, Isoni U aytadigan biron so'zi orqali ilintirish chorasini maslahatlashib oldilar.

16 Ular o'z shogirdlarini Hirod tarafdorlari bilan birga Isoning oldiga yuborishdi. Bular Isoga: Ustoz, - deyishdi, - biz bilamizki, Sen haqiqatgo'ysan va Xudoning haq yo'lini o'rgatib yuribsan. Kimlargadir ma'qul bo'lishni o'ylab o'tirmaysan, hech kimni yuz-hotir qilmaysan ham.

17 Endi bizlarga ayt-chi, Sening fikring qanday? Qaysarga soliq to'lash dinga muvofiqmi, yoki yo'qmi?

18 Lekin Iso ularning shumligini bilib: Munofiqlar! - dedi, - nega Meni sinab ko'rmoqchisizlar?

19 Qani, Menga soliqqa to'lanaligan tangani ko'rsatinglar-chi. Ular Isoga bir dinar keltirgach,

20 Bu surat va yozuv kimniki? - deb so'radi.

21 Qaysarniki, - dedilar. - Unday bo'lsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, - dedi Iso.

22 Buni eshitganlarida hayron bo'ldilar va Isoning oldidan uzoqlashdilar.

23 Qiyomat yo'q, deb aytadigan sadduqiydar o'sha kuni Isoning oldiga kelib,

24 Unga savol berdilar: Ey Ustoz Muso payg'ambar deganki: “Agar kim farzand ko'rmasdan dunyodan o'tsa, ukasi uning xotinini nikohiga olib, akasining zurriyotini tiklasin”.

25 Bizda yetti aka-uka bor edi. Birinchisi uylanib, farzand ko'rmay qazo qildi, xotini esa ukasiga qoldi.

26 Ikkinchi, uchinchi, hatto yettinchigacha hammaning boshiga shu ko'rgilik tushdi.

27 Hammadan keyin xotin ham o'ldi.

28 Shunday qilib, u qiyomatda yettovidan qaysi birining xotini sanalar ekan? Chunki u hammasiga xotin bo'lgan edi-ku.

29 Iso ularga javob berib dedi: Siz Muqaddas Kitobni ham, Xudoning qudratini ham bilmaganingizdan adashyapsizlar.

30 Chunki oxiratda na uylanadilar va na erga tegadilar, balki osmondagi Xudo farishtalariga o'xshaydilar.

31 O'liklarning qayta tirilishiga kelsak, Xudoning sizlarga yo'llaganini hech o'qimagansizmi?

32 “Men Ibrohimning Xudosi, Ishoqning Xudosi va Yoqubning Xudosiman”, - degan edi U. Xudo esa o'liklarning emas, tiriklarning Xudosidir.

33 Xalq buni eshitib, Iso ta'limotiga mahliyo bo'ldi.

34 Iso sadduqiylarni jim qilib qo'yganini farziylar eshitgach, bir joyga to'plandilar.

35 Ulardan Tavrot tafsirchisi bo'lgan birisi Isoni sinash niyatida Undan:

36 Ustoz, Tavrotning qaysi amri buyuk? - deb so'radi.

37 Iso unga: Egang Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan va butun onging bilan sevgin”.

38 Bu - birinchi va eng buyuk amr.

39 Ikkinchisi esa shunga o'xshashdir: “O'zgan o'zing kabi sevgin”.

40 Butun Ilohiy Buyruq va payg'ambar oyatlarining hammasi ham mana shu ikki amrga tayanadi.

41 Farziylar yig'ilishganda, Iso ulardan so'radi:

42 Masih haqida qanday fikrlaringiz bor? U kimning o'g'li? - Dovudning o'g'li-da, - deb javob berdilar.

43 Iso ularga dedi: U holda, qanday qilib Dovud ilohiy ilhom bilan Masihni Rabbim deb atagan? Mana, Dovud nima degan:

44 “Xudovand mening Rabbimga aytdi: Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib turgin”.

45 Demak, Dovud Uni Rabbim deb atagan bo'lsa, qanday qilib U Dovudning o'g'li bo'ladi?

46 Va hech kim Isoga bir og'iz so'z javob berolmadi. O'sha kundan boshlab yana hech kim Undan biron gap so'rashga jur'at etmadi.