Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 20

1 “Shunday qilib, Osmon Shohligi uzumzoriga erta saharda mardikorlar yollagani chiqqan bog' egasiga o'xshaydi.

2 U mardikolar bilan kuniga bir kumush tanga berishga kelishib, ularni o'zining uzumzoriga yuboribdi.

3 Soat to'qqizdarda u yana chiqib, bozor maydonida bekor turgan boshqa odamlarni ko'rib,

4 ularga: Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, men sizlarga tegishli haqingizni beraman, - dedi. Ular esa boribdilar.

5 Tush chog'i va soat uchga yaqin u tag'in chiqib, yana shunday qilibdi.

6 Soat beshlarda chiqib, bekor turgan yana boshqalarni ko'ribdi-da: Nega sizlar bu yerda kun bo'yi bekor turibsizlar? - deb so'rabdi.

7 Ular esa: hech kim bizlarni ishga yollamadi-da, - debdilar. Shunda bog' egasi: Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli haqingizni olasizlar, - debdi.

8 Kech bo'lgach, uzumzor egasi o'zining hosilotiga: Mardikorlarni chaqirib, ularga oxirgisidan boshlab birinchisigacha xizmat haqlarini bergin, - deb buyuribdi.

9 Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi.

10 Birinchi kelganlar esa ko'proq olamiz, deb o'ylashibdi. Ammo ular ham bir kumush tangadan olishibdi.

11 Ular xizmat haqini olgach, bog' egasiga norozilik bildira boshlashibdi:

12 Bu oxirgi kelganlar bir soatgina ishladi, siz esa ularni kunning issig'iyu mashaqqatini tortgan bizlar bilan teng ko'rdingiz.

13 Bunga javoban bog' egasi ulardan biriga: Do'stim, men senga nohaqlik qilganim yo'q. Sen men bilan bir kumush tangaga kelishgan edingmi?

14 Endi haqingni olib, boraver. Men senga bergancha aqchani bu oxirgi kelganga ham bersam, nima bo'pti?

15 O'z pulimni xohlagancha istifoda qilish o'z ixtiyorimda emasmi? Yoki mening saxiyligimni ko'rolmayapsanmi? - debdi.

16 Shunga o'xshab, oxiratda ham oxirgilar birinchi va birinchilar esa oxirgi bo'ladilar. (Chunki da'vat etilganlar ko'p, ammo tanlanganlar ozdir.)”

17 Iso Quddusga qarab yo'l olar ekan, o'n ikki shogirdini alohida chaqirib, ularga dedi:

18 “Hozir Quddusga boryapmiz va Inson O'g'li oliy ruhoniylar bilan ulamolarga tutib beriladi. Ular esa Uni o'limga mahkum etadilar.

19 Haqoratlash, qamchilash va xochga mixlash uchun Uni majusiylarga topshiradilar. Uchinchi kuni esa U qaytadan tirilajak”.

20 Shunda Zabadiylar oilasining onasi o'g'illari bilan birga Isoning huzuriga keldi. Nimadir so'ramoqchi bo'lib, Unga ta'zim qildi.

21 Iso ayoldan so'radi: Sen nima istaysan? Sening Shohliningda bu mening ikki o'g'limning biri o'ng tomoningda va biri chap tomoningda o'tirishlarini buyurgin! - dedi Unga ayol.

22 Iso javob berib dedi: Sizlar nima so'rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichajak hasratli taqdir sharobini icha olasizlarmi? - Ichamiz! - dedi ular.

23 Iso ularga: Sizlar-ku Mening kosamdan ichib, hasratlarimni chekasizlar, ammo Mening o'ng va chap tomonimda o'tirishga ruxsat berish Mening ixtiyorimda emas. Otam bu o'rinni kimlarga tayyorlagan bo'lsa, ularga buyuradi, - dedi.

24 Boshqa o'n shogird buni eshitgach, ikki aka-ukaga achchiqlana ketishdi.

25 Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi: Bilasizlarki, dunyo xalqlari ustidan saltanatli podshohlar bor, el ustidan otabeklar hokimlik qiladi.

26 Ammo sizning orangizda bunday bo'lmasin. Orangizda kim katta bo'lishni istasa, sizga xizmatkor bo'lsin.

27 Orangizda kim birinchi bo'lishni istasa, sizga qul bo'lsin.

28 Zero Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan.

29 Ular Yerixo shahridan jo'nayotganlarida, ko'p xalq Isoning orqasidan ergashib bordi.

30 Yo'l chekkasida o'tirgan ikki ko'r Iso ularning oldidan o'tib borayotganini eshitgach: Ey Hazrat, Dovud O'g'li, bizlarga rahm qil! - deb baqira boshladilar.

31 Xaloyiq ularni jim bo'lishga majbur qilsa-da, lekin ular ovozlarini yanada balandroq qilib:—Ey Hazrat, Dovud O'g'li, bizlarga rahm qil! - deb yolvordilar.

32 Iso to'xtab, ularni yoniga chaqirdi-da: Sizlar Mendan nima istaysizlar? - deb so'radi.

33 Ular: Hazrat, ko'zlarimiz ochilsin! - deyishdi.

34 Isoning ularga rahmi kelib, ko'zlariga qo'l tegizdi. Shu onda ularning ko'zlari ochilib ketdi. Ular Isoning ortidan ergashdilar.