Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 2

1 Iso podshoh Hirod davrida, Yahudiyaning Baytlahm shaharchasida tug'ilganidan keyin, sharqdan Quddusga munajjimlar keldi.

2 Ular: Yahudiylarning podshohi bo'lib tug'ilgan bola qayerda? Biz sharqda Uning yulduzini ko'rdik, Unga ta'zim qilgani keldik, - dedilar.

3 Podshoh Hirod buni eshitgach, u bilan butun Quddus bezovtalanib ketdi.

4 U barcha yahudiy oliy ruhoniylari va ulamolarini to'plab,ulardan Masihning qayerda tug'ilishi kerakligini so'radi.

5 Ular esa: Yahudiyaning Baytlaham shahrida, - deyishdi unga, - chunki payg'ambarning kitobida shunday yozilgan:

6 “Ey Yahudo diyoridagi Baytlahm! Sen Yahudo ulug'laridan aslo kam emassan. Zero xalqim - Isroilni boquvchi Dohiy Sendan kelib chiqajak”.

7 O'shanda Hirod munajjimlarni yashirincha chaqirib, ulardan yulduzning paydo bo'lgan aniq vaqtini bilib olib.

8 So'ng ularni Baytlahmga yuborib: Boringlar, chaqaloq haqida sinchiklab surishtiringlar. Uni topgach menga xabar beringlar, toki men ham borib Unga ta'zim qilayin, - dedi.

9 Munajjimlar podshohning so'zlariga quloq solib jo'nadilar. Ular sharqda ko'rgan yulduz esa ularga yo'l ko'rsatib bordi va nihoyat chaqaloq yotgan joy tepasiga kelib to'xtadi.

10 Ular yulduzni ko'rib, haddan ziyod quvondilar.

11 Uyga kirib, chaqaloqni va Uning onasi Maryamni ko'rdilar-da, muk tushib chaqaloqqa ta'zim qildilar. So'ng xazinalarini ochib, Unga oltin, xushbo'y tutatqilar va mumiyo tortiq qildilar.

12 Hirodga qaytmaslik haqida tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yo'l bilan o'z yurtlariga qaytib ketdilar.

13 Munajjimlar jo'nab ketganlaridan so'ng, Xudovandining bir farishtasi Yusufga tushida ko'rinib: “O'rningdan tur! - dedi.Chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qoch va men senga biror narsa aytmagunimcha, u erda qolgin. Chunki Hirod chaqaloqni qidirib topsa, uni halok qilish niyati bor”.

14 Yusuf shu kechasiyoq turib, chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qarab yo'lga tushdi.

15 Hirodning ajali etgunigacha, u erda qoldi. Shu tariqa Xudovandning: “Men O'g'limni Misrdan chaqirib oldim”, - deb payg'ambar orqali aytgan so'zi bajo keldi.

16 Hirod munajjimlar tomonidan aldanganini payqagach, juda qattiq g'azablandi. Ulardan bilib olgan vaqtga ko'ra, Baytlahm hamda uning tevarak-atroflaridagi ikki yosh va undan kichik bo'lgan hamma o'g'il bolalarni qilichdan o'tkazgani kishi yubordi.

17 O'shanda Yeremiya payg'ambarning ushbu karomati bajo keldi:

18 Ramadan bir nido eshitilur, cheksiz bir nolayu ohu fig'on, bu. Bolalari uchun yig'lar Rohila, hech na yupatolmas, endi ular yo'q.

19 Hirodninng o'limidan keyin Xudovandning bir farishtasi Misrda Yusufga tushida ko'rinib:

20 O'rningdan tur! - dedi. Chaqaloq bilan onasini olib, Isroil mamlakatiga yo'l ol. Chunki chaqaloqning joniga qasd qilganlar olamdan o'tdi”.

21 Shunda Yusuf chaqaloq bilan onasini olib jo'nadi. Isroil mamlakatiga qaytib keldi.

22 Ammo Yaxudiyada Hirod o'rniga uning o'g'li Arxelay taxtga chiqqanini eshitib, u yerga borishga qo'rqdi. Biroq tushida vahiy kelgach, u Jalila yurtiga bordi.

23 U yurtning Nosira degan shahrida joylashdi. Shunday qilib, “U nosiralik deb atalgay”, - degan payg'ambar so'zi bajo keldi.