Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 19

1 Iso bu so'zlarni aytib bo'lgach, Jalilani tark etib, Yahudiya hududiga, O'rdun daryosining narigi tamoniga keldi.

2 Tumonat xaloyiq Uning ketidan ergashb yurdi. Iso u yerda xastalarga shifo berdi.

3 Isoni sinash niyatidagi ba'zi farziylar Uning oldiga kelib: Erkak har qanday sababga ko'ra o'z xotinidan ajralishi mumkinmi? - degan savolni berdilar.

4 Iso ularga javoban: Tavrotda o'qimagansizlarmi? - dedi. - Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi

5 va dedi: “Er kishi ota-onasini qoldirib, o'z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo'ladi”.

6 Shunga ko'ra endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo'shganini bandasi ajratmasin.

7 Ular Isoga: Unday bo'lsa, Muso nima uchun: “Erkak xotini bilan ajralsa, taloq xatini yozib bersin”, deb amr etganlar? - deyishdi.

8 U ularga dedi: Bag'ri tosh odamlar bo'lganingiz uchun Muso sizlarga xotinlaringiz bilan ajralishga ijozat bergan. Lekin boshdan bunday emas edi.

9 Men sizlarga shuni aytayin: kim bevafolikdan boshqa sabab tufayli xotinidan ajralib, o'zgaga uylansa, zino qilgan bo'ladi. Shuningdek, eridan ajralgan xotinga uylangan ham zino qilgan bo'ladi.

10 Shogirdlar Isoga: Agar erkakning xotiniga nisbatan shunday majburiyati bo'lsa, uylanmagan yaxshiroq ekan-da! - deyishdi.

11 Iso ularga: Bu so'zni hamma ham hazm etolmaydi, - dedi. - Kimgaki nasib bo'lsa, u hazm eta oladi.

12 Ba'zi kishilarning onadan tug'ma erkakligi zaifdir. Boshqalar esa odamlar tomonidan axta qilinadilar. Yana boshqalar Osmon Shohligi yo'lida uylanishdan voz kechadilar. Uddalagan bu gaplarning mag'zini chaqsin.

13 Shunda Iso ularning peshanalariga qo'llarini qo'yib duo qilishi uchun, Uning oldiga bolalarni keltirishdi. Shogirdlari yetaklab keluvchilarni koyiy boshlagach,

14 Iso dedi: Bolalarni qo'yinglar, Mening oldimga kelishlariga to'sqinlik qilmanglar. Zero Osmon Shohligi shundaylarnikidir.

15 Ularning peshanalarnin silab, u yerdan jo'nab ketdi.

16 Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib: Valine'mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo'lishi uchun qanday savobli ish qilmog'im lozim? - deb so'radi.

17 Iso unga dedi: Nega sen Mendan savobli ish haqida so'rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob egasi emas. Agar boqiy hayotga erishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil.

18 Qaysilariga? - deb so'radi u. Iso dedi: “Odam o'ldirma. Zino qilma. O'g'rilik qilma. Soxta guvohlik berma.

19 Ota-onangni hurmat qil. O'zgani o'zing kabi sev”, degan amrlarni-da.

20 Yigit Unga dedi: Men bularning hammasini yoshligimdan saqlab kelaman. Menga yana nima yetishmaydi?

21 Iso unga: Agar komil bo'lishni istasang, bor, hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag'allarga tarqat. Shundagina ko'kda xazinang bo'lur. Va kel, Mening ortimdan ergash, - dedi.

22 Yigit bu so'zlarni eshitib, qayg'u ichida u yerdan chiqib ketdi. Chunki uning pul-dunyosi ko'p edi.

23 Iso shogirdlariga: Sizga chinini aytayin: boy odamning Osmon Shohligiga kirishi qiyin bo'ladi.

24 Yana sizga aytaman: boy odamning Xudo Shohligiga kirishidan ko'ra, tuyaning igna teshigidan o'tishi osondir, - dedi.

25 Shogirdlari buni eshitib, chandon taajjublandilar va: Unday bo'lsa, kim najot topa olarkan? - deb so'radilar.

26 Iso ularga ko'zlarini tikib: Odamlarga bu imkonsiz, lekin Xudoga hamma narsa mumkindir, - dedi.

27 Bu so'zga javoban, Butrus Isoga dedi: Mana, biz hamma narsani qoldirib, Sening orqangdan ergashib keldik. Buning evaziga biz nima toparmiz?

28 Iso ularga dedi: Sizga chinini aytayin: yangi dunyoda Inson O'g'li O'zining ulug'vor taxtida o'tirganida, Mening orqamdan ergashib kelgan sizlar ham o'n ikkita taxtga o'tirib, Isroilning o'n ikki qabilasini hukm qilasizlar.

29 Men uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, xotin-bola yoki yer-mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortiqrog'ini topib, abadiy hayotga noil bo'lajak.

30 Lekin ko'p birinchi bo'lganlar oxirgi, oxirgilar esa birinchi bo'ladilar.