Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 17

1 Oradan olti kun o'tgandan keyin Iso tanho Butrus, Yoqub va uning ukasi Yuhannoni yoniga olib, baland toqqa olib chiqdi.

2 U yerda, ularning ko'z o'ngida Isoning qiyofasi o'zgarib ketdi. Uning yuzi quyoshday porlab, kiyimlari esa nurday oppoq tus oldi.

3 Birdaniga ularga Muso bilan Ilyos payg'ambarlar ko'rinib, Iso bilan suhbatlashayotganday tuyuldi.

4 Buni Butrus ko'rib, Isoga: Rabbim! Bizlar uchun bu joy juda yoqyapti. Agar istasang, shu yerda uchta chayla quraylik: birisi Senga, birisi Musoga, birisi Ilyosga...

5 U gapini tugatmasdanoq, nur yog'ilib turgan bir bulut ularni qoplab oldi. Bulut ichidan esa ovoz keldi: Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!

6 Shogirdlar buni eshitgach, vahmaga tushib, yerga yuz tuban yiqildilar.

7 Iso esa kelib ularga qo'l tegizdi-da: Turinglar, qo'rqmanglar! - dedi.

8 Ular boshlarini ko'tarib, yolg'iz Isodan boshqa hech kimni ko'rmadilar.

9 Tog'dan tushayotganlarida, Iso shogirdlariga: Inson O'g'li qaytadan tirilib kelmaguncha, ko'rganlaringizni hech kimga aytmanglar, - deb tayinladi.

10 Shogirdlari Undan so'radilar: Nega ulamolar, oldin Ilyos payg'ambar kelishi kerak, deb aytadilar?

11 Iso javob berib ularga dedi: Bu to'g'ri, oldin Ilyos payg'ambar kelib, hamma narsani yo'lga qo'yadi.

12 Lekin Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan. Ammo odamlar uni tanimay, u bilan istaganlarini qilishdi. Xuddi shunga o'xshab, Inson O'g'li ham odamlar qo'lida azob chekishi muqarrardir.

13 Shunda shogirdlar Iso ularga Yahyo payg'ambar haqida gapirganligini angladilar.

14 Ular xaloyiq yoniga kelganlarida, bir odam Isoning oldiga kelib tiz cho'kdi-da:

15 Hazrat, - dedi, - o'g'limga rahming kelsin! Uning tutqanog'i bor, u juda azobda qoldi. Dam olovga, dam suvga tashlanadi.

16 Bolamni Sening shogirdlaringga ko'rsatdim, ammo ular tuzatisholmadi.

17 Iso javob berib: Ey imonsiz, buzuq nasl-ey! Qachongacha sizni yoqlayveraman? Qachongacha sizga chidayin? Bolani bu yerga, Mening oldimga keltiringlar! - dedi.

18 Iso jinga do'q urgach, u boladan chiqib ketdi. Bola o'sha zahoti tuzaldi.

19 So'ngra shogirdlari Isoning yakka qolganda oldiga kelib: Nega biz jinni quvib chiqarolmadik? - deb so'rashdi.

20 Iso ularga: E'tiqodsizligingiz uchun! - dedi. Chindan, sizlarga aytamanki: agar bir xantal doniday ishonchingiz bo'lsa-yu, bu toqqa:“Bu yerdan u yerga ko'ch”, - deb aytsangizlar, u ko'chadi. Sizga hech bir narsa imkonsiz bo'lmaydi.

21 (Biroq bu toifa jinlar ibodat va ro'zadan boshqa narsa bilan chiqmas.)

22 Ular Jalilaga qaytib kelgandan so'ng, Iso shogirdlariga dedi: Inson O'g'li odamlar qo'liga tutib berilishi muqarrardir.

23 Uni o'ldiradilar va U uchinchi kuni qaytadan tiriladi. Shogirdlar juda xafa bo'ldilar.

24 Ular Kafarnahumga kelganlarida, ikki diramlik ma'bad solig'ini yig'uvchilar Butrusning oldiga kelib: Sizlarning Ustozingiz ma'bad solig'ini to'lamaydimi? - deb so'radilar.

25 Butrus: To'laydi! - dedi. U uyga kelgach, Iso oldinroq gap ochib dedi: Simun, sening fikring qanday? Bu dunyo podshohlari soliq yoki bojni kimdan oladilar? Vatan o'g'illaridanmi yoki begonalardanmi?

26 Begonalardan-da, - dedi Unga Butrus. Iso javob berdi: Unday bo'lsa, vatan o'g'illari soliqdan ozod ekan-da. Shunga qaramay, biz ularni vasvasaga solmaylik. Sen ko'lga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib og'zini ochsang, to'rt diramlik tangaga ko'zing tushadi. Tangani olib, Men va o'zing uchun soliq to'lovi sifatida ularga ber.