Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 16

1 Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoni sinash maqsadda Uning oldiga kelib, osmondan alomat ko'rsatishini so'radilar.

2 Iso esa ularga javoban dedi: “Oqshom tushgach, siz: “Osmon qizil ekan, havo ochiq bo'ladi”, - deysizlar.

3 Ertalab esa: "Osmon qizil-qoramtir ekan, bugun havo buzuq bo'ladi", - deysizlar. Voy munofiqlar-ey! Ko'k yuzini aniqlay olasiz-u, nega zamonning alomatlarini aniqlay olmaysizlar?

4 Bu buzuq va besubut avlod dalolatni-ku izlaydi, ammo Yunus payg'ambarning alomatidan boshqa unga biror bir dalolat bo'lmaydi”. Shunday deb, Iso ularni qoldirib ketdi.

5 Narigi qirg'oqqa yetib kelgan shogirdlar o'zlari bilan non olishni unutibdilar.

6 Iso ularga: Qaranglar, farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo'linglar! - dedi.

7 Ular esa:“Buni non olmaganimiz uchun aytdi, chog'i”, deb ko'ngillaridan o'tkazdilar.

8 Iso buni bilib, ularga dedi: Ey imoni sustlar! O'zingizcha nega: o'zimiz bilan non olmadik, deb andisha qilyapsizlar?

9 Hali ham anglamadinglarmi? Beshta nonni besh ming kishi yeb, necha savat non burdalarini yig'ishtirib olganingizni eslamayapsizlarmi?

10 Yoki yettita nonni to'rt ming kishi yeb, necha savat yig'ishtirib olganingizni-chi?

11 Men sizlarga: “Farziylar bilan sadduqiylarning xamirturushidan ehtiyot bo'linglar”, - deb aytganim bu non haqida emasligini qanday qilib tushunmadinglar?

12 Shundan keyin shogirdlar, Iso ularga nonning xamirturushidan emas, balki farziydar bilan sadduqiylarning ta'limotidan ehtiyot bo'lish kerakligini aytganini tushundilar.

13 Filip Kesariyasi atroflariga kelgan Iso O'z shogirdlaridan so'radi: Odamlar Meni, Inson O'g'lini, kim deb hisoblaydilar?

14 Ba'zilari Yahyo payg'ambar deb, boshqalari Ilyos payg'ambar deb, yana birlari esa Yeremiya yoki bo'lak payg'ambarlardan biri deb hisoblaydilar, - dedi shogirdlar.

15 Iso ulardan: Sizlar-chi, Meni kim deb hisoblaysizlar? - deb so'ragach,

16 Simun Butrus javob berib dedi: Sen barhayot Xudoning O'g'li - Masihsan!

17 Iso Butrusga javoban dedi: Sen baxtiyorsan, ey Yunus o'g'li Simun! Bu sirni sen o'z uquv-idroking bilan uqqaning yo'q, balki osmondagi Otam senga ochib bergan.

18 Men ham shuni aytib qo'yay: sening tosh degan isming bor va Men O'z ummatimni bu tosh ustida bunyod etaman, jahannam kuchlari esa undan ustun chiqmas.

19 Osmon Shohligining ochqichlarini senga beraman. Yer yuzida sen nimani bog'lasang, osmonda ham bog'langan bo'ladi. Yer yuzida sen nimani yechsang, osmonda ham yechilgan bo'ladi.

20 Shundan so'ng Iso O'zining Masih ekanini biror kimsaga aytmoqni shogirdlariga qat'iy man etdi.

21 Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga O'zining Quddusga borishi, oqsoqollar, oliy ruhoniylar va ulamolar qo'lida ko'p azob chekib, o'ldirilishi, uchinchi kuni esa tirilishi kerakligini oshkor etadigan bo'ldi.

22 Butrus Uni chetga olib ta'na qila boshladi: Xudo xayringni bersin, Rabbim! Bu narsalar Sening boshingga tushmas, - dedi.

23 Iso esa Butrusga qarab: Yo'qol ko'zimdan, shayton!- dedi. Sen Meni yo'ldan uryapsan, chunki sen Xudoning ishlarini emas, balki inson ishlarini o'ylayapsan.

24 Keyin Iso O'z shogirdlariga dedi: Agar kim Menga ergashishni istasa, o'zidan kechsin va o'z xochini ko'tarib, orqamdan yursin.

25 Kim o'z jonini ayamoqchi bo'lsa,uni yo'qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo'qotsa, jon topadi.

26 Agar inson butun dunyoni egallasa-yu, o'z joniga zarar yetkazsa, bundan qanday naf ko'radi? Yoki inson o'z joni evaziga qanday to'lov toparkan?

27 Inson O'g'li O'z Otasining ulug'vorligida, farishtalari bilan kelishida, har kimni o'z qilmishiga yarasha taqdirlaydi.

28 Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan ba'zilari borki, ular Inson O'g'lining saltanatli Shoh bo'lib kelayotganini ko'rmaguncha, o'lim ko'rmaydilar.