Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 15

1 O'shanda Quddusdan ba'zi ulamolar va farziylar Isoning oldiga kelib, savol berdilar:

2 Sening shogirdlaring nega ota-bobolar urf-odatini buzib yuribdi? Hatto ovqatlanayotganda ham ular qo'llarini yuvishmaydi!

3 Iso ularga javob berib dedi: Nega sizlar ham o'z urf-odatingizni deb Xudoning amrini buzib yuribsizlar?

4 Xudo Tavrotda shunday amr bergan:“Ota-onangni hurmat qil”, va “Ota-onasini haqorat qilgan albatta o'ldirilsin”.

5 Ammo sizlar: “Agar kim ota yoki onasiga: “Mening senga yordamim Xudoga bag'ishlangan”, - desa,

6 u ota yoki onasini hurmat qilmasa ham bo'ladi”, - deysizlar. Shunday qilib, siz o'zingizning urf-odatingizni deb Xudoning amrini bekor qildingizlar.

7 Ey munofiqlar! Siz haqda karomat qilib aytgan Isha'yo payg'ambarning ushbu so'zlari to'g'ri chiqdi:

8 “Bu xalq Menga yaqinlashar faqat og'izda va Meni hurmatlar faqat tilida. Lekin dili esa Mendan uzoqdur.

9 Ular Meni behuda sano etur, insonlar amru ta'limin o'rgatib”.

10 Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, ularga dedi: Menga quloq solib, miyaga joylang!

11 Og'izga kiradigan narsa emas, balki og'izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi.

12 Shunda shogirdlari kelib Isoga: Bilyapsanmi, farziylar bu so'zni eshitgach vasvasaga tushdilar, - deyishdi

13 Iso javob berib dedi: Samoviy Otam o'tqazmagan har bir o'simlik tag-tomiri bilan sug'urib tashlanadi.

14 Ularni qo'yinglar, ular ko'rlarning ko'r yo'lbooshchilaridir. Agar ko'r ko'rni yetaklab yursa, unda ikkovi ham chohga tushib ketar.

15 Bunga javoban Butrus: Bizga boyagi masalni tushuntirib ber! - dedi.

16 Iso dedi: Sizlar ham hanuzgacha anglamadingizmi?

17 Og'izga kiradigan har bir narsa qoringa o'tib, kerak joydan chiqib ketishini hali ham tushunmadingizmi?

18 Biroq og'izdan chiqadigan narsalar esa yurakdan chiqadi. Ana shular insonni harom qiladi.

19 Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlari, o'g'rilik, soxta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi.

20 Yuvilmagan qo'llar bilan ovqat yeyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.

21 Iso u yerdan chiqib, Tir va Sido'n yurtiga ketdi.

22 O'sha tevarakdan kan'onlik bir ayol Isoni qarshilab: Ey Hazrat, Dovudning O'g'li, menga rahm qil! Qizimni jin juda qattiq qiynayapti, - deb faryod chekdi.

23 Lekin Iso unga bir og'iz so'z ham javob bermadi. Shogirdlari kelib: Uni qo'yib yubor, u orqamizdan dodlab yuribdi, - deb Isodan iltijo qildilar.

24 Iso esa javob berib: Men faqat Isroil xalqining adashgan qo'ylari huzurigagina yuborilganman, - dedi.

25 Shunda ayol yaqinroq kelib: Ey Hazrat, menga yordam ber! - deb Isoga sajda qildi.

26 Iso: bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi emas, - degan javobni qaytardi.

27 Ayol: xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham xo'jayinlarining dasturxonidan tushgan ushoqlarni yeydilar-ku! - dedi.

28 Iso buni eshitib, ayolga: Ey ayol, sening ishonching buyuk, sen tilagandek bo'lsin, - dedi. Ayolning qizi esa o'sha zahoti sog'ayib ketdi.

29 Iso u yerdan o'tib, Jalila ko'li atroflariga keldi. Toqqa chiqib, bir oz o'tirdi.

30 Huzuriga tumonat odam yig'ildi. Ular o'zlari bilan birga cho'loq, ko'r, va boshqa ko'pgina mayib-majruhlarni olib kelib, Isoning oyoqlari oldiga qo'ydilar. Iso esa ularni sog'aytirdi.

31 Soqovlarning gapirayotganini, mayiblarning sog'lom bo'lib ketayotganini, cho'loqlarning yurib, ko'rlarning ko'zlari ochilayotganini xalq ko'rib, hayron bo'ldi va Isroilning Xudosiga hamd-sano aytdi.

32 Iso shogirdlarini yoniga chaqirib ularga: Xaloyiqqa achinaman, chunki uch kundir Menidng oldimda turibdi va yeydigan hech narsasi yo'q. Men ularga ovqat bermay jo'natib yuborishni istamayman, chunki yo'lda darmonsizlanib qoladilar, - dedi.

33 Shogirdlari Unga: Bu yovonda shuncha kishini to'ydiradigan yemakni qayerdan topamiz? - deyishdi.

34 Qancha nonlaringiz bor? - so'radi Iso. Yettita non va ozgina balig'imiz bor, - dedilar.

35 Shundan keyin Iso xaloyiqqa yerga o'tirishni buyurdi.

36 Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berdi, shogirdlari esa butun xaloyiqqa tarqatdi.

37 Hammalarining qorni to'ydi. Ortib qolgan non burdalari naq yetti savat bo'ldi.

38 Xo'randalar esa xotinlar va bolalardan tashqari to'rt ming kishi edi.

39 Iso xaloyiqqa ruxsat berdi va qayiqqa tushib, Magdala atroflariga keldi.