Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 14

1 O'sha kezlarda viloyat hokimi Hirod Iso to'g'risidagi ovozalarni eshitib,

2 o'zining amaldorlariga: Bu Yahyo payg'ambar-ku, u qaytadan tirilibdi! Shuning uchun U orqali ajoyibotlar sodir bo'lmoqda, - dedi.

3 Hirod o'z ukasi Filipning xotini Hirodiya tufayli Yahyoni tutib kishanlagan va zindonga tashlagan edi.

4 Chunki Yahyo unga:”Bu xotinni olish sen uchun ravo emas”, - deb aytib yurgan edi.

5 Hirod Yahyoni o'ldirmoqni istagan bo'lsa-da, xalqdan qo'rqardi. Chunki Yahyoni payg'ambar deb hisoblashardi.

6 Hirodning tug'ilgan kuni nishonlangan yig'inda Hirodiyaning qizi o'rtaga chiqib o'ynadi va Hirodning ko'nglini topdi.

7 Natijada Hirod u nimaiki so'rasa, topmoqqa qasam ichib, unga va'da berdi.

8 Qiz esa onasining tashviqiga ko'ra: Menga hoziroq laganda Yahyo payg'ambarning boshini keltirib bering! - dedi.

9 Shoh xafa bo'ldi-yu, lekin o'zi bilan birga yeb-ichib o'tirganlarning ko'zi oldida qasam ichganligi uchun, bu iltimosning bajarilishini buyurdi.

10 Zindonga odam yuborib, Yahyoning boshini oldirdi.

11 Uning boshini laganda keltirib qizga berdilar, qiz esa onasiga olib borib berdi.

12 Yahyoning shogirdlari kelib, uning jasadini olib ko'mdilar. Keyin borib Isoga xabar berdilar.

13 Iso buni bilib olgach, bir O'zi qayiqqa tushib, u yerdan xilvat joyga suzib ketdi. Xaloyiq buni eshitib, shaharlardan piyoda yo'lga tushib, Uning orqasidan ergashdi.

14 Iso qayiqdan chiqib, tumonat odamni ko'rdi. Ularga achindi va ularning xastalariga shifo berdi.

15 Oqshom tushgach, shogirdlari Uning yoniga kelib dedilar: Bu yerlar yovon ekan, endi vaqt kech bo'lib qoldi. Xaloyiqqa ruxsat bergin, qishloqlarga borib o'zlariga ovqat sotib olsinlar.

16 Lekin Iso ularga: Ular ketishlari kerak emas, sizlar ularga ovqat beringlar, - dedi.

17 Bu yerda bizning beshta non va ikkita balig'imiz bor xolos, - deyishdi Unga.

18 Ularni bu yerga, Menga keltiringlar, - dedi Iso.

19 So'ng U xaloyiqqa o't ustiga yonboshlashlarini buyurdi. Beshta non bilan ikkita baliqni olib, osmonga qarab duo qildi. Nonlarni sindirib shogirdlariga berdi, ular esa xaloyiqqa tarqatishdi.

20 Hammalarining qorni to'ydi. Ortib qolgan burda nonlarni terib olishganda, to'la o'n ikki savat chiqdi.

21 Yeganlar esa xotinlar va bolalardan tashqari besh mingga yaqin kishi edi.

22 Iso shogirdlarini o'sha zahoti tushirib, narigi tomonga suzib o'tishga majbur qildi. Ungacha O'zi odamlarga ruxsat beradigan bo'ldi.

23 U xaloyiqni jo'natib bo'lganidan keyin, tanho O'zi ibodat qilish uchun toqqa chiqdi. Kech kirganda, u yerda yolg'iz O'zi qoldi.

24 Qayiq esa ko'lning o'rtasida bo'lib to'lqinlarda chayqalar, yoqimsiz shamol esmoqda edi.

25 Subhidamda Iso ko'l tomondan shogirdlari yoniga keldi.

26 Ular esa Uning ko'l ustida yurib kelayotganini ko'rib, dahshatga tushdilar. Bu bir sharpa! - deb qo'rquvdan qichqirib yubordilar.

27 Lekin Iso shu zahot ular bilan muloqotga kirib: Dadil bo'linglar, bu Men, qo'rqmanglar! - dedi.

28 Butrus gapga kirib: Yo Rabbim, agar bu Sen bo'lsang, menga byruq ber, men suv ustida yurib Sening yoningga boray! - dedi.

29 Iso: Kel! - dedi. Butrus esa qayiqdan chiqib, suv ustidan yurgancha Isoning yoniga yo'l oldi.

30 Lekin kuchli shamolni ko'rib, o'takasi yorildi. U cho'ka boshlagach: Yo Rabbim, meni qutqar! - deb baqirdi.

31 Iso o'sha zahoti qo'lini uzatib, uni ushlab qoldi-da: Ha, imoni sust, nega sen ikkilanding? - dedi.

32 Ular qayiqqa o'tishlari bilanoq shamol tindi.

33 Qayiqdagilar esa Isoga sajda qidib: Haqiqatan ham Sen Xudoning O'g'lisan! - deyishdi.

34 Ko'ldan suzib o'tib, Genisaret qirg'og'iga kelib to'xtashdi.

35 U yerning odamlari Isoni tanib qolishdi. Butun tevarak-atroflarga odam yuborib, biron dardga chalinganlarning hammasini Uning oldiga yig'ishdi.

36 Aqalli kiyimining etagiga tegish uchun Undan iltimos qilishdi, tekkanlar esa dardlaridan xalos bo'ldi.