Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 13

1 O'sha kuni Iso uydan chiqib, ko'l bo'yida o'tirdi.

2 Uning oldida anchagina xaloyiq to'plangach, U qayiqqa tushib o'tirdi. Bor xaloyiq esa qirg'oqda Unga ko'z tikdi.

3 Iso ularga masal yo'li bilan ko'p nasihatlar qildi: “Urug' sepuvchi urug' sepgani chiqibdi.

4 Urug' sepayotganda ba'zi urug'lar yo'l yoqasiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, ularni cho'qib ketibdi.

5 Boshqa ba'zi urug'lar esa tuprog'i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq sayoz bo'lganidan, urug'lar tez ko'karib chiqibdi.

6 Biroq quyosh chiqqach, so'lib, ildizi bo'lmagani uchun qurib qolibdi.

7 Yana boshqa ba'zi urug'lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o'sib, urug'larni bo'g'ib qo'yibdi.

8 Yana boshqa urug'lar esa yaxshi yerga tushib, ba'zisi yuz, ba'zisi oltmish, ba'zisi o'ttiz qat hosil beribdi.

9 Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!”

10 Shogirdlar yaqinroq kelib, Isodan: Nega xalqqa masallar bilan gapiryapsan? - deb so'radilar.

11 U ularga javob berib dedi: Chunki Osmon Shohligining sirlarini bilish qobiliyati sizlarga berilgan, ularga berilmagan.

12 Zero kimda bor bo'lsa, unga yana beriladi va u mo'lchilikda bo'ladi. Ammo kimda yo'q bo'dsa, bori ham undan tortib olinadi.

13 Xalqqa masal bilan gapirishimning sababi shundaki, ular qarab turib ko'rmaydilar, quloq solib turib eshitmaydilar va anglamaydilar.

14 Isha'yo payg'ambarning karomati ularga juda to'g'ri keladi, mana Xudo shunday degan: “Tinglab tursangiz-da, anglamaysizlar, qarab tursangiz-da, ko'rolmaysizlar.

15 Bu xalqning dilini-chi yog' bosgan, arang eshitar quloqlari ham, ko'zlarini esa yumib olganlar. Ko'z ko'rsin deb, quloq eshitsin deb, dil farosatli bo'lsin deb, Menga iltijo qilsalar edi, Men ularga shifo berar edim”.

16 Lekin ko'zlaringiz ko'rayotgan va quloqlaringiz eshitayotgan sizlar qanday baxtlisizlar!

17 Sizga chinini aytayin: ne-ne payg'ambaru solihlar siz ko'rayotganlarni ko'rishni orzu qilganlar-u ko'rolmaganlar, siz eshitayotganlarni eshitishni orzu qilganlar-u eshitolmaganlar.

18 Endi sizlar urug' sepuvchi haqidagi masalni yaxshi tinglanglar.

19 Xudoning Shohligi to'g'risidagi kalomni eshitib, uqib olmagan har bir kishiga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan ezgulik urug'larini o'g'irlab ketadi. Yo'l yoqasiga tushgan urug'lar ana shularga ishoradir.

20 Toshloqqa sepilgan urug'lar esa shunday kishini bildiradi: u kalomni eshitar-eshitmas sevinch bilan qabul qilaveradi.

21 Lekin ildizi yo'q, beqaror kishi bo'lgani uchun, kalom tufayli qayg'u yoki quvg'inga duchor bo'lgan hamon vasvasaga tushib qoladi.

22 Tikanlar orasiga sepilgan urug'lar esa shunday odamni bildiradi: u kalomni eshitsa-da, bu dunyoning tashvishlari va boylik rujui kalomni bo'g'ib tashlaydi va kalom samarasiz qoladi.

23 Yaxshi yerga sepilgan urug'lar esa, salomni eshitib uni uqib oladigan odamni bildiradi. Bunday kishi, albatta, samarali bo'ladi; kimi yuz, kimi oltmish, kimi o'ttiz qat hosil beradi”.

24 Iso ularga boshqa bir masalni keltirdi: “Osmon Shohligi o'z dalasiga yaxshi urug' sepgan bir odamga o'xshaydi.

25 Hamma uxlab yotganda, u odamning dushmani kelib bug'doy orasiga begona o't urug'larini sepib ketibdi.

26 Ekin ko'karib boshoq chiqarganida, begona o'tlar ham paydo bo'libdi.

27 Yer egasining xizmatkorlari kelib: Xo'jayin, siz dalangizga yaxshi urug' sepgan emasmidingiz? Endi bu begona o'tlar qayerdan paydo bo'ldi? - deb so'rashibdi.

28 Bu dushmanning ishidir, - debdi yer egasi. Istasangiz, biz borib ularni yulib tashlaymiz, - deyishibdi xizmatkorlar.

29 Yo'q, - debdi u, - sizlar begona o'tlarni yulayotganda, ular bilan birga bug'doyni ham yulib olishingiz mumkin.

30 O'rim-yig'im vaqtigacha qo'yinglar, u ham, bu ham birga o'saversin. O'rim-yig'im bo'lgach, men o'roqchilarga: “Oldin begona o'tlarni o'rib olinglar va bog'-bog' qilib yoqishga tayyorlanglar. Bug'doyni esa mening omborimga to'plab qo'yinglar”, deb aytaman”.

31 Iso ularga yana bir masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o'z dalasiga sepib qo'ygan xantal urug'iga o'xshaydi.

32 U barcha urug'lardan kichik bo'lsa-da, lekin yetilgach, hamma ko'katlardan baland bo'lib o'sadi. U shunday daraxt bo'ladiki, ko'k yuzidagi qushlar uchib kelib, uning shohlarini o'zlariga uya qiladilar”.

33 Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Osmon Shohligi bir ayol butun xamirni oshirish uchun uch tog'ora unga qorishtirib solgan xamirturush burdasiga o'xshaydi”.

34 Iso bularning hammasini xalqqa masallar bilan tushuntirdi. Masalsiz ularga hech narsani tushuntirmas edi.

35 Shu bilan payg'ambarga vahiy bo'lgan shu so'z bajo keldi: “Og'zimni masallar aytmoqqa ochib, azaliy sirlardan voqif etaman”.

36 Shundan so'ng Iso xaloyiqqa javob berib, uyga kirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelib: Daladagi begona o'tlar haqidagi masalni bizlarga tushuntirib bergin, - dedilar.

37 Iso ularga javoban dedi: Yaxshi urug'ni sepgan - Inson O'g'lidir,

38 dala esa - dunyo. Yaxshi urug'lar - Xudo hokimiyatidagi odamlar, begona o'tlar esa - yovuz shayton hokimiyatidagi olamlardir.

39 Begona o'tlarni sepgan dushman bo'lsa - iblisdir. O'rim-yig'im - dunyoning oxiri, o'roqchilar esa farishtalarga teng keladi.

40 Begona o'tlarni qanday terib o'tda yoqsalar, bu dunyoning oxirida ham shunday bo'ladi.

41 Inson O'g'li O'z farishtalarini yuboradi, ular esa gunohga sabab bo'lgan va yomonlik qilib yurgan barchani Uning Shohligidan yig'ib olib,

42 lovullab turgan o'choqqa tashlaydilar. U erda yig'i-sig'i va ohu nola bo'ladi.

43 O'shanda solihlar o'z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!

44 “Yana Osmon Shohligi dalada yashirilgan xazinaga o'xshar. Uni bir odam topib sir saqlabdi va juda sevinganidan borib, bor-yo'g'ini sotib, u dalani xarid qilibdi”.

45 “Yana Osmon Shohligi marvarid izlayotgan bir savdogarga o'xshar.

46 U qimmatbaho marvaridni topganda, borib bor-yo'g'ini sotib, marvaridni xarid qilibdi”.

47 “Yana Osmon Shohligi dengizga tashlangan va turli baliqlarni tutgan to'rga o'xshaydi.

48 To'r to'lgach, uni qirg'oqqa tortib chiqarishibdi va o'tirishib, yaxshi baliqlarni saralab idishlarga solishibdi, yomonlarini esa tashqariga tashlab yuborishibdi.

49 Dunyoning oxirida ham shunday bo'ladi: farishtalar kelib, fosiqlarni solihlar orasidan ajratib,

50 ularni lovullab turgan o'choqqa tashlaydilar.U yerda yig'i-sig'i va ohu nola bo'ladi”.

51 Iso shogirdlaridan so'radi: Bularning hammasiga tushundingizlarmi? - dedi ular.

52 Iso shogirdlariga: Demak, Osmon Shohligi to'g'risida ta'dim-tarbiya olgan har bir ulamo o'z xazinasidan yangi va eski narsalar chiqaradigan uy egasiga o'xshaydi, - dedi.

53 Iso bu masallarni aytib bo'lgach, u yerdan ketdi.

54 O'z vataniga kelib, yerli xalqning ibodatxonasida ta'lim bera boshladi. Ular esa hayratda qolib: Shunday donolik va mo''jizakorlik qudrati Unga qaerdan nasib bo'ldi ekan?

55 Duradgorning o'g'li emasmi O'zi? Onasining ismi Maryam, ukalari esa Yoqub, Yusuf, Simun va Yahudolar emasmi?

56 Uning hamma singillari ham bizning oramizda-ku! Bularning barchasiga U qanday qilib erishdi ekan? - deyishdi.

57 Va g'ashlanib, Uni rad qilishdi. Iso esa ularga: Payg'ambar o'z vatani va uyidan boshqa yerda e'tiborsiz bo'lmas, - dedi.

58 Ularning e'tiqodsizligi sababli u yerda ko'p mo''jizalar ko'rsatmadi.