Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 12

1 O'sha kezlar bir shanba kuni Iso ekinzordan o'tib borayotgan edi. Uning shogirdlari och bo'lganidan, boshoqlarni uzib yeya boshlashdi.

2 Farziylar buni ko'rib, Isoga: Ana, Sening shogirdlaring dam olish kunida qilish mumkin bo'lmagan ishni qilyaptilar! - deyishdi.

3 Nahotki sizlar Dovud va uning och qolgan hamrohlari nimalar qilganini o'qimagan bo'lsangiz? - dedi ularga Iso.

4 Dovud Xudoning uyiga kirib, o'zi va yonidagilarga ham taqiqlangan, faqat ruhoniylargina yeyishi mumkin bo'lgan baxshida nonlarni yegan edi.

5 Yoki ma'baddagi ruhoniylar shanba kungi dam olish amrini buzsalar-da, gunohkor bo'lmasliklarini Tavrotda o'qimagansizmi?

6 Biroq Men sizlarga aytayinki, bu yerdagi Kimsa ma'baddan ham ulug'dir.

7 Agar sizlar Tavrotdagi: “Men qurbon emas, rahm-shafqat istayman “ degan oyatga tushunganingizda, begunohlarni hukm qilmas edingizlar.

8 Chunki Inson O'g'li dam olish kunining ham hokimidir.

9 Iso u joydan nariga o'tib, yahudiy ibodatxonasiga kirdi.

10 U yerda qo'li shol bo'lib qolgan bir odam bor edi. Isoni ayblash maqsadida Uni so'roq qilishdi: Shanba kunida kasalni davolash mumkinmi?

11 Iso ularga aytdi: Sizdan qay biringiz bir qo'yi bo'la turib, agar qo'y shanba kuni chuqurga tushib ketsa, uni tortib chiqarmaydi?

12 Inson esa qo'ydan qanchalar ulug'! Shunga ko'ra, shanba kunida yaxshilik qilish mumkin.

13 Shunday qilib, Iso u odamga: Qo'lingni uzat! - dedi. U esa uzatishi bilanoq, bu qo'li boshqa qo'liday soppa-sog' bo'ldi-qoldi.

14 Farziylar esa shu zahot tashqariga chiqib, Isoni yo'q qilishga til biriktirdilar. Iso buni bilib, u yerni tark etdi.

15 Tumonat xaloyiq Isoning ketidan ergashdi, U esa hamma kasallarini sog'aytirdi.

16 O'zini oshkor etmoqni ularga qat'iy man qildi.

17 Shu bilan Isha'yo payg'ambarga kelgan quyidagi Xudo kalomi bajo bo'ldi:

18 “Mana, Mening tanlagan O'g'lonim, Mahbubim, ko'nglim Unga nisor! Men O'z Ruhimni Unga berarman, U esa elga adl e'lon etgay.

19 U talashmas, tortishmas ham, ko'cha-ko'yda sira baqirmas.

20 Sindirmagay bukik qamishni, o'chirmagay tutayotgan pilikni-da, to adlu insofni o'rniga qo'yguncha.

21 Ellar esa Uning ismiga umid bog'lar”.

22 Shundan so'ng Isoning oldiga jinga chalinib ko'r va soqov bo'lgan kishin keltirishdi. Isoning shifolashi tufayli uning tili ham chiqdi, ko'zi ham ochildi.

23 Bundan butun xaloyiq hayratlanib: “Bu Dovudning O'g'li - Masih emasmikan?” - dedi.

24 Farziylar buni eshitishgach: “U ins-jinslarning boshlig'i - iblisining kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapti-ku”, - dedilar.

25 Ularning o'y-fikrlarini bilib, Iso ularga dedi: “O'z ichidan bo'linib ketgan har bir podshohlik harob bo'ladi, o'z ichidan bo'linib ketgan har bir shahar yoki uy abgor bo'ladi.

26 Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, unda u o'z-o'zidan bo'lingan bo'ladi. Endi uning saltanati qanday tura oladi?

27 Agar Men iblisning kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo'lsam, u holda sizlarning o'g'illaringiz kimning kuchi bilan quvib chiqaradi? Shu bois, ularning o'zi sizlarni hukm qiladilar.

28 Magar Men Xudoning Ruhi bilan jinlarni quvib chiqarayotgan ekanman, u demak, Xudoning Shohligi sizlarga yetib kelgan.

29 Uyning egasi bo'lgan baquvvat kishini avval bog'lab qo'ymasdan turib, birov uning uyiga kirib, mol-mulkini o'g'irlab keta olarmidi? Faqat shunday qilibgina uyni talash mumkin.

30 Kim Men bilan birga bo'lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig'masa, sochadi.

31 Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhni kufr qilganlar kechirilmaydi.

32 Kim Inson O'g'liga qarshi so'z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so'z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.

33 Yo daraxtni yaxshi der ekansiz, mevasini ham yaxshi deng. Yoki daraxtni yomon der ekansiz, mevasini ham yomon deng. Chunki har bir daraxt o'z mevasidan bilinur.

34 Voy ilonlar zoti-ey! Sizlar yovuz bo'la turib, qanday qilib yaxshi so'zlay olasiz? Axir, odamning dilida nima bo'lsa, tili o'shani gapiradi-ku!

35 Yaxshi odam yuragining yaxshilik xazinasdan yaxshilik chiqarur. Yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqarur.

36 Men sizga deymanki: insonlar aytadigan har bir bekor so'zi uchun qiyomat kunida hisob beradilar.

37 Sen o'z so'zlaring asosida yo oqlanasan, yoki ayblanasan”.

38 Shunda ulamolar va farziylardan ba'zilari Isoga: “Ustoz, biz Sendan shularning biron bir dalilini ko'rmoqchimiz”, - dedilar.

39 Iso ularga javoban dedi: “Bu yovuz va subutsiz nasl dalil izlayapti, lekin Yunus payg'ambarning alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi.

40 Yunus payg'abar uch kunu uch tun kit qornida bo'lgani kabi, Inson O'g'li ham xuddi shunday uch kunu uch tun yer bag'rida bo'ladi.

41 Nineviya odamlari qiyomat kunida bu nasl bilan birga tirilib, uni mahkum etadilar. Chunki ular Yunusning va'zi sababli tavba-tazarru qilganlar. Va mana, Yunusdan buyukrog'i shu yerdadir.

42 Janub malikasi qiyomat kunida bu nasl bilan birga ko'tarilib, uni mahkum etadi. Chunki u Sulaymonning hikmatini tinglash uchun dunyoning olis burjidan kelgan edi. Va mana, Sulaymondan buyukrog'i shu yerdadir.

43 Yovuz ruh insondan chiqib ketganidan so'ng, rohat izlab suvsiz yerlarni aylanadi va topolmagach:

44 “Men chiqqan uyimga qayib boraman”, - deydi. U uyga kelgach uni kimsasiz, supurilgan va yig'ishiirilgan holda topadi.

45 O'shanda borib, o'zidan yovuzroq yana yettita ruhni o'ziga ergashtiradi va uyga kirib yashaydilar. U odamning so'nggi ahvoli esa avvalgildan battar bo'ladi. Bu yomon nasl bilan shunday bo'ladi”.

46 Iso xalq ommasiga hali gapirib turgan vaqtda, Uning onasi bilan ukalari kelib qolishdi. Ular tashqarida kutib turib, U bilan gaplashmoqchi bo'lishdi.

47 Kimdir Isoga: Mana, onang va ukalaring tashqarida Sen bilan gaplashmoqchi bo'lib turishibdi, - dedi.

48 Iso buni aytgan kishiga javob berib: Mening onam kim? Ukalarim kim? - dedi

49 So'ng qo'li bilan shogirdlarini ko'rsatib: Mana, Mening onam va ukalarim! - dedi.

50 Kimda-kim osmondagi Otamning irodasini bajo keltirsa, u Mening ukam, singlim va onam bo'ladi.