Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 11

1 Iso o'n ikki shogirdiga ushbularni buyurib bo'lgach, yaqin shaharlarda ta'lim berish va voizlik qilish uchun u yerdan jo'nadi.

2 Zindonda yotgan Yahyo esa Masihning qilayotlan ishlarini eshitgach, o'z shagirdlaridan ikkitasini Uning oldiga yuborib:

3 “Keladigan Qutqaruvchi Senmisan, yoki biz boshqasini kutaylikmi?” - deb Undan so'ratdi.

4 Iso javob berib ularga dedi: “Boringlar, eshitib ko'rayotganlaringizni Yahyoga bildiringlar:

5 Ko'rlar ko'ryapti, cho'loqlar yuryapti, moxovlar tuzalyapti, karlar eshityapti, o'liklar tirilyapti va bechoralarga Xushxabar e'lon qilinyapti.

6 Meni deb vasvasaga tushmagan baxtlidir!”

7 Yahyoning shogirdlari jo'nayotgan paytida, Iso xaloyiqqa Yahyo haqida gapira bashladi: “Nima ko'rgani sahroga bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi?

8 Axir, nima ko'rgani chiqdingizlar? Nafis kiyim kiygan odamnimi? Nafis kiyinganlar podshoh saroylarida bo'ladi-ku!

9 Axir, nima ko'rgani chiqdingizlar? Payg'ambarnimi? Ha, sizga aytamanki, payg'ambardan ham ulug' bo'lganni ko'rdingizlar.

10 Bu kishi Tavrotda yozilganning xuddi o'zi: “Men Sendan avval elchimni yuborarman, U Sening oldingda yo'l hozirlab yurar”.

11 Sizlarga chinini aytayin: ayol zotidan tug'ilganlar orasila Yahyo payg'ambardan buyugi chiqqan emas. Shunga qaramay, Osmon Shohligida hatto eng kichik hisoblangan ham undan kattadir.

12 Yahyo payg'ambar maydonga kelgan kunlardan to hozirgacha Osmon Shohligiga tajovuz qilib kelmoqdalar; tajovuzkorlar dastasi uni bosib olishga zo'r bermoqda.

13 Ma'lumki, Yahyogacha o'tgan barcha payg'ambarlar va shuningdek, Tavrot bitiklari bo'lg'usi hodisalar haqida oldindan darak berib kelgan.

14 Endi qabul qilishni istasangizlar, qaytib kelishi muqarrar bo'lgan Ilyos payg'ambar xuddi Yahyoning o'zidir.

15 Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!

16 Endi bu naslni kimga o'xshatay? Bu nasl - maydonda o'tirib, bir-biriga:

17 “Senlarga nay chaldik, o'ynamadinglar, Senlarga yig'i chiqardik, dodlamadinglar”, - deb qichqirishadigan bolalarga o'xshaydi.

18 Chunki Yahyo kelib, yemadi-ichmadi va uni “jin uribdi” deyaptilar.

19 Inson O'g'li kelib, yedi ham, ichdi ham va bu gal: “Ana kabobxo'ru sharobxo'r odamni ko'ringlar, U soliqchilar va gunohkorlarning do'sti ekan!” - deyishmoqda. Va lekin ilohiy hikmat unga rioya qiluvchilar orqali tasdiqlanadi”.

20 Shu vaqt Iso mo''jizalarining aksari namoyon bo'lgan shaharlarga, tavba-tazarru qilmaganlikari uchun ta'na qila boshladi:

21 “Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Chunki sizlarda sodir bo'lgan mo''jizalar Tir va Sido'n shaharlarida ro'y berganda edi, ular allaqachon julga o'ranib, kulga surkanib, tavba-tazarru qilgan bo'lardilar.

22 Biroq sizlarga aytib qo'yay: qiyomat kunida sizdan ko'ra Tir va Sido'nning holi yengilroq bo'ladi.

23 Yo sen, ey ko'kkacha yuksaluvchi Kafarnahum! Sen tamug'gacha tushib ketursan. Chunki senda sodir bo'lgan mo''jizalar Sado'm erida sodir bo'lganida edi, u er shu kungacha saqlanib qolgan bo'lar edi.

24 Biroq sizlarga aytib qo'yay: qiyomat kunida sendan ko'ra Sado'm yerining ahvoli yengilroq bo'ladi”.

25 O'sha vaqtda Iso so'zni davom ettirib dedi: “Ey Ota, yeru ko'k Hukmroni! Sen bu ishlarni donoyu oqillardan yashirib, go'daklarga ma'lum etganing uchun Senga hamdu sanolar aytaman.

26 Ha Ota, Sening ezgu xohishing shunday edi.

27 Otam Menga hamma narsani topshirgan. Otadan boshqa hech kim O'g'ilni bilmas. O'g'ildan boshqa hamda O'g'il bilim berishni istagandan boshqa hech kim Otani bilmas,

28 Ey og'ir yuk ostida qiynalib, horib-tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling, Men sizga orom beraman.

29 Mening bo'yinturug'imga o'zingizni qo'shing va Mendan o'rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz taskin topar. Chunki Men solgan bo'yinturuq yumshoq, Men bergan yuk yengildir”.