Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Matto 1

1 Ibrohim o'g'li, Dovud o'g'li Iso Masihning nasabnomasi.

2 Ibrohimdan Ishoq tug'ildi. Ishoqdan Yoqub tug'ildi. Yoqubdan Yahudo va uning aka-ukalari tug'ildilar.

3 Yahudo va Tamaradan Paras hamda Zarah tug'ildilar. Parasdan Xasro'n tug'ildi. Xasro'ndan Aram tug'ildi.

4 Aramdan Amminadab tug'ildi. Amminadabdan Naxsho'n tug'ildi. Naxsho'ndan Salmo'n tug'ildi.

5 Salmo'n va Rahobadan Bo'az tug'ildi. Bo'az va Rufdan Obid tug'ildi. Obiddan Ishay tug'ildi.

6 Ishaydan podshoh Dovud tug'ildi. Podshoh Dovud va Uriyoning sobiq xotinidan Sulaymon tug'ildi.

7 Sulaymondan Rahaba'm tug'ildi. Rahaba'mdan Abiyo tug'ildi. Abiyodan Oso tug'ildi.

8 Osodan Yo'shafat tug'ildi. Yo'shafatdan Yo'ram tug'ildi. Yo'ramdan Uzziyo tug'ildi.

9 Uzziyodan Yo'tam tug'ildi. Yo'tamdan Ahaz tug'ildi. Ahazdan Hizqiyo tug'ildi.

10 Hizqiyodan Manashe tug'ildi. Manashedan Amo'n tug'ildi. Amo'ndan Yo'shiyo tug'ildi.

11 Yo'shiyodan Yo'akim tug'ildi. Yo'akimdan Bobilga surgun bo'lish davrida Yako'niyo bilan aka-ukalari tug'ildilar.

12 Bobildagi surgunlik davridan keyin Yako'niyodan Shaaltiel tug'ildi. Shaaltieldan Zarubobil tug'ildi.

13 Zarubobildan Abihud tug'ildi. Abihuddan Elyoqim tug'ildi. Elyoqimdan Azo'r tug'ildi.

14 Azo'rdan Sado'q tug'ildi. Sado'qdan Axim tug'ildi. Aximdan Elixud tug'ildi.

15 Elixuddan Il'azar tug'ildi. Il'azardan Mattan tug'ildi. Mattandan Yoqub tug'ildi.

16 Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tug'ildi. Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tug'ildi.

17 Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi bo'lib o'n to'rt nasl, Dovuddan Bobil surgunligigacha o'n to'rt nasl va Bobil surgunligidan Masih kelishigacha o'n to'rt nasldir.

18 Iso Masihning tug'ilishi shunday sodir bo'ldi: Uning onasi Maryam Yusufga unashtirib qo'yilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekani ma'lum bo'ldi.

19 Uning eri Yusuf esa solih odam bo'lib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, yashirincha qo'yib yuborishi niyatida bo'ldi.

20 Buni o'ylab ko'rganidayoq, Xudovandining bir farishtasi tushida unga ko'rinib: “Ey Dovud o'g'li Yusuf! – dedi - Sen Maryamni o'zingga xotinlikka olishdan qo'rqma; chunki uning vujudidagi homila Muqaddas Ruhdan paydo bo'lgan.

21 U o'g'il tug'adi va Uning ismini Iso qo'yasan, chunki U O'z xalqini gunohlardan qutqaradi.

22 Bularning bari esa Xudovandning payg'anbar orqali aytgani bajo kelishi uchun ro'y berdi. Payg'ambar:

23 “Qiz homilali bo'lg'ay va o'g'il tuqqay, Uning ismini esa Immanuil - qo'yurlar”, - deb karomat qilgan edi. Immanuil - “Xudo biz bilan” demakdir”.

24 Yusuf uyg'ongach, Xudovandning farishtasi unga buyurganidek qildi va Maryamni xotinlikka oldi.

25 Lekin u tug'maguncha unga yaqinlashmadi. Nihoyat Maryam o'zining to'ng'ich o'g'lini tug'di va Uning ismini Iso qo'ydi.


Проповеди и книги - онлайн e-istina.org