Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24

Yangi Ahd o

Luqo 1

1 Oramizda avj olgan voqealarni hikoya qilishga kirishgan ko'plarning tashabbuslari ma'lumdir.

2 Bu bo'lib o'tgan hodisotlarni boshdanoq o'z ko'zlari bilan ko'rib, bizga naql qilgan kishilar Ilohiy Kalomning shohidu xizmatkorlari bo'lmishlar.

3 Shunday qilib, men ham boshidan hammasini sinchiklab tekshirganimdan keyin, ey muhtaram Teofil, bu voqealarning tafsilotini tartib ila sizga yozib berishni munosib ko'rdim,

4 toki siz berilgan ma'lumotlarning juda asosli ekanligini bilingiz.

5 Yahudiya yurtida Hirod hokimlik qilayotgan davrda ruhoniylarning Abiyo ajdodidan Zakariyo ismli bir ruhoniy bor edi. Uning xotini esa Horun avlodidan bo'lib, oti Elisabet edi.

6 Bularning ikkovi ham solih va xudojo'y kishilar bo'lib, Xudovandning butun amru farmonlariga bekami-ko'st rioya qilib yurishar edi.

7 Lekin Elisabet pushtsiz bo'lganidan, ularning farzandi yo'q edi; buning ustiga ikkovi ham qartayib qolgan edilar.

8 Xizmat navbati o'z avlodiga qolgan bir kunda Zakariyo Xudo huzurida ruhoniylik xizmatini o'tab turgan edi.

9 Ruhoniylar odati bo'yicha, Xudovand ma'badiga kirib xushbo'y tutatqilar tutatish qur'asi unga nasib etgan edi.

10 Tutatqi tutatish vaqtida katta jamoat tashqarida ibodat qilayotgan edi.

11 Shu payt Xudovandning bir farishtasi tutatqi tutatiladigan qurbongohning o'ng yog'ida paydo bo'lib, Zakariyoga zohir bo'ldi.

12 Zakariyo uni ko'rib, esankiradi-yu vahimaga tushdi.

13 Farishta unga dedi: Zakariyo, qo'rqma, chunki sening iltijolaring ijobat bo'ldi. Xotining Elisabet senga bir o'g'il tug'ib beradi va uning ismini Yahyo qo'yasan.

14 U senga shodlik va baxt-saodat keltiradi, uning tug'ilganidan ko'plar quvonadi.

15 U Xudovand nazarida ulug' kishi bo'ladi, mayu sharobni sira ichmaydi. Onasi qornidan u Muqaddas Ruhga to'lib tushadi.

16 Isroil farzandlaridan ko'plarini u o'zlarining Egasi – Xudovandga qaytarib qo'yadi.

17 U Ilyos payg'ambarning ruhi va qudrati ila Rabbimiz oldida yurib keladi. Otalar dilini farzandlariga qaytarib, osiy bandalarning fikrini solihlar tomon moyil qilib, hozirlanmish bir xalqni Rabbimizga taqdim etadi.

18 Zakariyo farishtaga: Men bunga qanday amin bo'laman? Mana, o'zim qarib qoldimu, xotinim yoshi ham yetib qoldi, - dedi.

19 Farishta unga javob berdi: Men Xudo oldida turgan Jabroilman, senga bu gaplar to'g'risida xushxabar yetkazish uchun yuborilganman.

20 O'z vaqtida bajo bo'lajak so'zlarimga ishonmaganing uchun, mana endi tildan qolasan. Bu ishlar amalga oshadigan kungacha gapirolmaysan, - dedi.

21 Shu orada Zakariyoni kutib turgan xalq uning ma'badda imillab qolganiga hayron bo'ldi.

22 Zakariyo xalq oldiga chiqqach, so'zlamoqqa tili aylanmadi. Xalq uning ma'badda vahiy ko'rganligini tushundi. Zakariyo gang bo'lib qolgani uchun, ular bilan imo-ishora orqali muloqot etdi.

23 Diniy xizmat muddati tugagach, Zakariyo uyiga qaytib bordi.

24 Oradan kunlar o'tib, uning xotini Elisabet xomilador bo'ldi. U besh oy yashirinib yurdi.

25 “Bu menga Rabbimning nazarlari tushgan shu kunlarda bo'ldi, - derdi u. – U menga e'tibor berib, el ichida yuzi qoralikdan qutultirdi”.

26 Elisabetning homiladorligiga olti oy bo'lgach, Xudo farishta Jabroilni Jalilaning Nosira degan shahriga,

27 Dovud avlodidan Yusuf ismli yigitga unashtirilgan bir qizga yubordi. Qizning oti Maryam edi.

28 Farishta uning oldiga kirib: Salom, ey Xudo yorlaqagan! Xudovand sen bilan. Ayollar ichra muboraksan, - dedi.

29 Maryam esa farishtani ko'rib, uning so'zlaridan sarosimaga tushdi. “Bu qanaqa salomlashish bo'ldi?” – deya ko'nglidan o'tkazdi.

30 Farishta unga dedi: Maryam, qo'rqma, sen Xudodan inoyat topding.

31 Mana, sen homilador bo'lib, o'g'il tug'ajaksan va Uning ismini Iso qo'yursan.

32 U ulug' bo'lgay, Xudoyi Taoloning O'g'li deb nom olgay. Xudoyi Taolo Unga otasi Dovudning taxtini bergay.

33 U Yoqub xonadoni uzra abadiy podshohlik qilur va bu podshohlikning cheki bo'lmagay.

34 Maryam: Men hali er ko'rmagan bo'lsam, bu qanday bo'ladi? – deb so'radi farishtadan.

35 Farishta javob berdi: Muqaddas Ruh sening ustingga tushib keladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli sendan tug'ilajak bola Xudoning O'g'li deyilur.

36 Mana, bepusht deb yurishgan qarindoshing Elisabet ham qariligida g'o'ilga homilador bo'ldi. Homilasi oltinchi oyda.

37 Zero Xudoning biron kalomi puchga chiqmas.

38 Shunda Maryam: Mana, men Xudovandning bandasiman. Menga aytganing kelsin, - dedi. Farishta esa uning yonidan g'oyib bo'ldi.

39 Maryam o'sha kunlardayoq zudlik bilan yo'lga tushib, tog'lik yurtga, Yahudo qabilasiga mansub bir shaharga bordi.

40 U Zakariyoning uyiga kirib Elisabet bilan salomlashdi.

41 Elisabet Maryamning salOmini eshitgani zamon uning qornidagi bolasi o'ynoqlab ketdi. Elisabet Muqaddas Ruhga to'ldi-da,

42 baland ovoz bilan xitob qilib dedi: Sen ayollar ichra muboraksan, qorningdagi bola ham muborakdir!

43 Ne baxtki, Rabbimning onalari menga tashrif ayladilar!

44 Sening salOming qulog'imga yetishi bilanoq qornimdagi bola quvonchdan o'ynoqlab ketdi.

45 Ey e'tiqod qilgan, baxtlisan! Chunki Xudovand senga aytganlarini amalga oshirgay.

46 Maryam shunday dedi:

47 “Jon-tanim-la Xudovandni ulug'layman, Xaloskor Tangrim ila ko'nglim shod-xurram.

48 Men bandai haqiriga Ul nazar soldi. Endi meni barcha avlodlar olqagay.

49 Qodir Tangri azamkorlik ko'rsatdi menga; Uning ismi – muqaddasdir.

50 Uning marhamatlari nasib etgay Undan qo'rqqan avlod-ajdodlarga.

51 Kuchini Ul ko'rsatdi-da qo'ldan keluvchi, manmanlarni o'z xayollari-la to'zday to'zitdi.

52 Taxtlaridan tushirdi hukmdorlarni, balandga ko'tardi haqir-mo'minni.

53 Ochlarni to'yg'izib baxt-saodatli qildi, quppa-quruq jo'natdi boylikka o'chni.

54 Ota-bobomizga bergan va'dasi bo'y-la, Ibrohimga hamda uning zurriyotiga

55 Shafqat qilishni yodda tutib mangu, O'g'loni Isroilga himmat ayladi”.

56 Shunday qilib, Maryam uch oycha Elisabet bilan bo'lib, o'z uyiga qaytib keldi.

57 Elisabetning oy-kuni to'lib, o'g'il tug'di.

58 Qo'ni-qo'shni va qarindoshlari Xudovandning unga ko'rsatgan buyuk marhamatini eshitib, u bilan birga quvonishdi.

59 Sakkizinchi kuni bolani sunnat qilgani olib borishdi. Unga otasining ismini – Zakariyo qo'ymoqchi bo'lishdi.

60 Bunga bolaning onasi e'tiroz bildirib: Yo'q, ismini Yahyo qo'yamiz, - dedi.

61 Lekin boshqalar: Qarindosh-urug'ing orasida bu ism bilan atalgan hech kim yo'q-ku, - deyindi unga.

62 Shu payt otasiga ham imo-ishora qilib, undan bolaga qanday ism qo'ymoqchi ekanligini so'rashdi.

63 Zakariyo bir taxtacha talab qildi va: “Uning ismi Yahyo bo'ladi”, - deb yozib qo'ydi. Hamma hayron qoldi.

64 O'sha zahoti Zakariyoning og'zi ochilib, tilga kirdi. U Xudoni ulug'lab gapira boshladi.

65 Atrofda yashovchilarning hammasini vahima bosdi. Bu haqdagi ovoza butun tog'lik Yahudiya o'lkasiga yoyilib, og'izga tushib ketdi.

66 Eshitgan barchaning fikri bular bilan band bo'lib: “Ajabo, bu bola kim bo'lar ekan?” – deb yurishdi. Chunki Xudovandning qo'li unda namoyon edi.

67 Chaqaloqning otasi Zakariyo Muqaddas Ruhga to'lib, bashorat qilib dedi:

68 “O'z xalqini yo'qlab, asoratdan qutqargan Rabbimiz Isroilning Xudovandiga hamdu sanolar!

69 U quli Dovud xonadonidan chiqqan qudratli Najotkorni berdi bizga;

70 Qadimdan muqaddas payg'ambarlar orqali so'zlaganiga muvofiq,

71 U barcha ashaddiy dushmanlarimiz qo'lidan bizni qutqargay.

72 Ota-bobolarimizga marhamat aylab, ular-la qilgan ahdini yodladi.

73 Otamiz Ibrohimga qasamyod qilganiga ko'ra, U yovlarimiz qo'llaridan bizni qutultirib,

74 umrimiz boricha O'z panohida bexatar saqlab,

75 muqaddaslik va solihlik ila O'ziga xizmat qilmog'imizga iloj topajak.

76 Sen ham, ey chaqaloq, haq Taoloning payg'ambari deb nom olasan. Zero sen Rabbimiz oldida yurib, U qadam bosar yo'lni muhayyo qilursan.

77 Uning xalqiga gunohlari afv bo'lib, najot topajaklarini anglatarsan.

78 Zero Xudoyimiz mehr-shafqati ilayuksaklikdan najot tongi yorishdi, ufqimizni ravshan qilib yubordi.

79 Zulmatda, o'lim soyasida o'tirganlarga ziyosin sochdi, oyoqlarimizni esa tinchlik yo'liga burdi”.

80 Shunday qilib, bola Yahyo ulg'ayib va ruhan quvvatlanib, Isroilga ko'rinadigan kunigacha cho'l-sahrolarda bo'ldi.