Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1

Yangi Ahd o

Yahudo 1

1 Men, Iso Masihning quli va Yoqubning ukasi Yahudo, Otamiz Xudo chorlagan va Iso Masih saqlayotgan Xudo azizlariga salom aytaman.

2 Sizlarga marhamat, tinchlik va muhabbat ko'paysin.

3 Ey sevganlarim, mushtarak najotimiz haqida yozishga g'ayratim ko'p bo'lgan. Xudo bu imonni o'z azizlariga umrbod omonatga topshirgan, men esa sizni shu yo'lda yana jonkuyarlik bilan kurashishga undamoqni lozim ko'rdim.

4 Chunki ba'zi betavfiq odamlar sizning orangizga o'g'rincha kirib olganlar. Bular Xudoning inoyatidan buzuqlik qilishda foydalanadi, yagona Ega Xudoni va Rabbimiz Iso Masihni esa rad qiladilar. Ularning jazosi azaldanoq yozilgan.

5 Siz hamma narsani bilsangiz ham, esingizga tushirmoqchiman: Xudovand Isroil xalqini Misr yeridan, asirlikdan qutqarib, keyin imonsizlarni halok qilgan edi.

6 Shuningdek, qadr-qimmatini saqlamay, o'z makonini tashlab ketgan farishtalarni Xudovand buyuk qiyomat kunigacha zanjirband qilib, abadiy qorong'i-zimistonga qamab qo'ygan.

7 Ularga o'xshab, fahshbozlikka va notabiiy shahvoniy hirsga berilgan Sado'm va G'amo'ra shaharlari, shuningdek, atrofdagi barcha shaharlar ham abadiy o't bilan kuydirilib, boshqalarga o'rnak bo'ldi.

8 Endi shu tariqa o'z bandlarini harom qiluvchi, ilohiy hokimiyatni rad qiluvchi, samoviy mavjudotlarni haqorat qiluvchi xayolparastlar paydo bo'ldi.

9 Hatto bosh farishta Mikoil Muso payg'ambarning jasadi haqida iblis bilan bahslashganda, iblisni qarg'ashga jur'at etolmay, faqat: “Rabbim sening adabingni bersin”, - degan edi.

10 Ammo bu odamlar aqliga sig'dirolmagan hamma narsani yomonlaydilar. Qolaversa, ular ongsiz hayvonlarday tabiatan uqsalar, bundan halokatga yo'liqadilar.

11 Ularning holiga voy! Ular Qobilning yo'lidan bormoqdalar. Ular Bal'om kabi manfaatparastlik tuzog'iga ilinganlar. Ular Qo'rahga o'xshab isyon qilib, halokatga uchraydilar.

12 Sevgi kechalaringizda sizlar bilan birga uyalmasdan yeb-ichadigan bu odamlar qora bir dog'dir. Ular faqat o'zlarini semirtiradigan cho'ponlar, shamolda uchib yuradigan yomg'irsiz bulutlardir. Ular tomiri bilan yulib tashlangan, mevasini tugmagan, ikki marta o'lgan kuzgi daraxtlardir.

13 Ular dengizning jo'shqin to'lqinlariday o'zining qabog'atlarini atrofga sachratadilar. Ular adashgan yulduzlardir. To abad ularga qop-qorong'i zulmat tayyorlab qo'yilgan.

14 Odam atoning yettinchi avlodi bo'lgan Hano'h ham odamlar haqida karomat qilib shunday degan: “Xudovand son-sanoqsiz azizlari bilan kelib,

15 Butun odamzod ustidan hukm qilgay. U fosh qilgay oralaridagi barcha gunohkorlaru, Xudodan qo'rqmay yomonlik qiluvchi barcha betavfiqu shakkoklarni”.

16 Bular – o'z taqdiridan norozi noluvchilar. Ular faqat o'z nafsini o'ylab ish qiladilar, dabdabali gaplar va tilyog'lamalik bilan odamlarning ko'nglini ovlaydilar.

17 Ey sevganlarim, boshda Rabbimiz Iso Masihning havoriylari tomonidan aytilgan so'zlarni esdan chiqarmanglar.

18 Ular sizlarga: “Oxirgi zamonlarda o'z nafsiga mahliyo, Xudodan qo'rqmas masxarabozlar paydo bo'ladi”, - deb aytishgan edi.

19 Mana bular judolik soluvchi, moddiyatga qul, Muqaddas Ruhdan mahrum odamlardir.

20 Sizlar esa, ey sevganlarim, azizu muqaddas imoningizni ibrat qilib, rivoj topinglar, Muqaddas Ruh ilhomi bilan ibodat qilinglar.

21 Abadiy hayot uchun Rabbimiz Iso Masihning marhamatiga ko'z tutib, o'zingizni Xudoning mehr-muhabbati soyasida saqlanglar.

22 Ba'zi ikkilanuvchi kishilarga mulohaza bilan shafqat qilinglar.

23 Boshqalarni esa olovdan olib chiqqandek, tavakkal qilib qutqarib qolinglar. Yana ba'zilarni shafqat va qo'rquv bilan fosh qilib, ularning tanasi bulg'agan kiyimdan ham hazar qilinglar.

24 Sizlarni yiqilishdan saqlab qolishga, O'zining ulug'vor huzurida bekamu ko'st va shod-xurram qilib turg'izishga qodir bo'lgan,

25 Yakkayu-yagona, donishmand Najotkorimiz Xudoga Iso Masih orqali azaldan, hozir va to abad shon-sharaf, ulug'vorlik, kuch-qudrat va saltanat bo'lsin! Omin.