Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21

Yangi Ahd o

Yuhanno 1

1 Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo huzurida edi, Kalom – Xudo edi.

2 Azaldanoq U Xudo huzurida edi.

3 Borliq U orqali bor bo'lgan, Usiz hech narsa bor bo'lgan emas. Neki bor bo'lgan bo'lsa, U orqali bor bo'lgan.

4 Unda hayot bor edi, hayot insonlarning nuri edi.

5 Nur zulmatda porlaydi, zulmat esa nurni qoplay olmadi.

6 Xudo tomonidan yuborilgan bir odam bor edi, uning ismi Yahyo edi,

7 u shohidlik qilgani, nur haqida shohidlik qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin.

8 Uning o'zi nur emas edi, u faqat nur haqida shahodat berishga yuborilgan edi.

9 Dunyoga kelayotgan hamma odamzodni yorituvchi haqiqiy nur bor edi.

10 Kalom dunyoda bor edi, dunyo U orqali bor bo'lgan edi, biroq dunyo Uni tanimadi.

11 O'zinikilarning yoniga keldi U, lekin O'zinikilar Uni qabul qilmadi.

12 Uni qabul qilganlarga esa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo'lish iqtidorini berdi.

13 Ular na qondan, na tana xohishidan, na er xohishidan, balki Xudodan tug'ildilar.

14 Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Biz esa Uning ulug'vorligini ko'rdik; Otasi huzuridan kelgan, marhamat va haqiqat ila to'lgan yagona O'g'ilning ulug'vorligini ko'rdik.

15 Yahyo U haqda guvohlik berdi va ovozini baland qilib dedi: “Mening ketimdan Kelayotgan bor, U mendan ham ulug', chunki U mendan ilgariroq bor edi, deb aytganim shuning O'zidir”.

16 Uning kamolotidan biz hammamiz marhamat ustiga marhamat oldik.

17 Tavrot Qonuni Muso orqali berilgan edi, Ilohiy marhamat va haqiqat esa Iso Masih orqali zohir bo'ldi.

18 Hech kim hech qachon Xudoni ko'rgan emas; Otasining bag'rida bo'lgan yagona O'g'il O'zi Uni izhor qildi.

19 Quddusdagi yahudiylar yuborgan ruhoniylar va levitlar Yahyo payg'ambarning oldiga borib undan: Sen kimsan? – deb so'radilar. Yahyo shahodat berdi:

20 Men Masih emasman, - deb ochiq tan oldi u, inkor etmadi.

21 Yana undan: Bo'lmasa Ilyos payg'ambarmisan? – deb so'radilar. Yo'q! – dedi u. O'sha payg'ambarmisan? – deb savol berdilar. U yana: Yo'q! – deb javob berdi.

22 Axir sen kimsan? Bizni yuborganlarga javob qilishimiz kerak. Sen o'zing haqingda nima deysan? – deb so'radilar.

23 Men Isha'yo payg'ambarning aytganiday, “Xudovandga yo'l hozirlanglar”, deb sahroda xitob qiluvchining sadosiman, - dedi Yahyo.

24 Uning oldiga yuborilganlar orasida farziylar ham bor edi.

25 Ular Yahyodan: Modomiki sen Masih ham, Ilyos ham, o'sha payg'ambar ham emas ekansan, nega xalqni suvga cho'mdirib, tavba qildirib yuribsan? – deb so'radilar.

26 Yahyo ularga javob berdi: Men odamlarni suvga cho'mdiryapman, xolos. Lekin orangizda sizlar tanimaydigan Kimsa turibdi.

27 Mening ketimdan Kelayotgan [va mendan ilgari bor bo'lgan] Kimsa bor, deb aytganim ana O'shadir. Men Uning chorig'i iplarini yechishga ham munosib emasman, - dedi.

28 Bu hodisalar Yahyo odamlarni tavba qildirib yurgan yerda, O'rdun daryosining naryog'idagi Baytavarada sodir bo'ldi.

29 Ertasiga Yahyo Isoning o'ziga yaqinlashayotganini ko'rib, shunday dedi: “Mana, dunyoning gunohini O'ziga oluvchi Xudoning qurbonlik Qo'zisi!

30 Men aytgan edim: Mening ketimdan kelayotgan Zot bor, U mendan ulug', chunki U mendan ilgari ham bor bo'lgan edi.

31 Men Uni bilmas edim, lekin Isroil Uni tanib olsin, deb men odamlarni suvga cho'mdirib, tavba qildirgani keldim”.

32 Yahyo yana shunday shahodat berdi: “Men Ilohiy Ruhning osmondan kaptarday uchib kelib, O'shaning ustiga qo'nganini ko'rdim.

33 Men Uni bilmas edim, lekin odamlarni suvga cho'mdirishga meni yuborgan Xudoning O'zi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo'nganini ko'rsang, bilki, Muqaddas Ruhga cho'mdiruvchi O'shadir”, - degan edi menga.

34 Men esa Uni ko'rdimu, mana bu – Xudoning O'g'lidir, deb shahodat berdim”.

35 Ertasiga Yahyo yana ikkita shogirdi bilan shu yerda turgan edi.

36 U yurib kelayotgan Isoga tikilib qarab: Mana Xudoning qurbonlik Qo'zisi! – dedi.

37 Ikkala shogird Yahyoning bu so'zlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi.

38 Iso o'girilib qarab, ularning ergashib kelayotganini ko'rdi-da: Sizlarga nima kerak? – deb so'radi ulardan. Sen qayerda turasan, Ravvi? – deyishdi ular.

39 Borib ko'ringlar – dedi Iso. Ular borib, Isoning turar joyini ko'rishdi. O'sha kuni U bilan qolishdi. Soat to'rtlar chamasi edi.

40 Yahyodan Iso haqida eshitib, uning orqasidan ergashganlardan biri Simun Butrusning ukasi Idris edi.

41 U dastlab akasi Simunni topdi-da, unga: Biz Masihni topdik, - dedi.

42 Idris akasini Isoning oldiga olib keldi. Iso esa unga tikilib: Sen Yunus o'g'li Simunsan-ku, sen Kifa degan nom olasan, - dedi.

43 Ertasi kuni Iso Jalilaga bormoqchi bo'ldi. U Filipni topib unga: Orqamdan yur! – dedi.

44 Filip Baytsayda shahridan, Idris bilan Butrusning hamshahari edi.

45 Filip ketdi. U Natan'ilni topib, unga: Biz Muso va boshqa payg'ambarlar Tavrotda yozgan Yusuf o'g'li nosiralik Isoni topdik, - dedi.

46 Nosira shahridan biron yaxshilik chiqarmikin? – dedi Natan'il unga. Borib ko'rgin! – dedi unga Filip.

47 Bundan so'ng Iso Natan'ilning O'ziga yaqinlashayotganini ko'rib: Qarang, hech hiylani bilmaydi, xuddi haqiqiy isroillik! – dedi.

48 Natan'il Isodan so'radi: Sen meni qayerdan taniysan? Filip seni chaqirmasidan oldin, sen anjir daraxtining tagida eding. Men seni o'sha yerda ko'rgan edim, - deb javob berdi Iso.

49 Shunda Natan'il: Ustoz, Sen Xudoning O'g'lisan, Sen Isroilning Podshohisan! – dedi.

50 Iso unga javoban: Men senga: Seni anjir daraxti tagida ko'rdim, deganim uchun ishonyapsan-da. Sen bundan ham buyuk ishlarni ko'rasan! – dedi.

51 So'ng unga yana: Sizlarga rostini aytay: bundan keyin osmon ochilib, Inson O'g'li oldiga Xudo farishtalari tushib-chiqayotganini ko'rasizlar, - dedi.