Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5

Yangi Ahd o

Yoqub 1

1 Men, Xudoning va Rabbimiz Iso Masihning quli Yoqub, jahonga tarqalib ketgan o'n ikki qabilaga salomatlik tilayman.

2 Ey birodarlarim, turli sinovlarga duchor bo'lganingizda, uni katta sevinch bilan qabul qilinglar.

3 Shuni bilinglarki, imoningizning sinalishidan sabr-toqat hosil bo'ladi.

4 Sabr-toqat to'la samarasini ko'rsatsin, toki sizlar hech bir narsadan kamchiliksiz, komil va nuqsonsiz odamlar bo'linglar.

5 Agar sizlardan biror kishining hikmati kamlik qilsa, hammaga samimiyat bilan, ta'na qilmasdan beruvchi Xudodan so'rasin, Xudo unga beradi.

6 Lekin hech shubha qilmasdan, imon bilan so'rasin. Chunki shubha qiluvchi kishi shamolda tebrangan dengiz to'lqiniga o'xshaydi.

7-8 O'zining butun yo'llarida beqaror, ikkilanuvchi bunday odam Rabbimdan biror narsa olaman, deb hayol qilmasin.

9 Nochor ahvoldagi birodar o'zining yuksalishi bilan maqtansin.

10 Boy esa o'zining pasayishi bilan maqtansin. Chunki u o'tning guliday so'lib qoladi.

11 Quyosh chiqib, jazirama issig'i bilan o'tni quritib yuboradi. O'tning guli to'kiladi, butun go'zalligi yo'qoladi. Xuddi shu singari boyning ham hayot yo'li xazon bo'ladi.

12 Sinovga sabr-toqat qilgan odam baxtiyordir. Chunki u sinovdan o'tgach, Rabbimizni sevuvchilarga nasib bo'ladigan hayot tojiga sazovor bo'ladi.

13 Vasvasaga tushganda hech kim: “Xudo meni sinab ko'rayotir”, - demasin. Chunki Xudo yomonlik vasvasasiga tushmaydi, O'zi ham hech kimni vasvasaga solmaydi.

14 Lekin har kim o'zining ehtirosiga berilib, aldanib vasvasaga duchor bo'ladi.

15 Keyin ehtiros homilador bo'lib gunohni tug'adi, gunoh esa yetilib, o'limga sabab bo'ladi.

16 Ey sevikli birodarlarim, aldanmanglar!

17 Har bir ne'mat, har bir mukammal hadya yuqoridan, samoviy nurlar Otasidan tushadi. Unda hech qanday o'zgarish yo'q, o'zgaruvchan ko'lanka ham yo'q.

18 Xudo haqiqat kalomi orqali bizga hayot bag'ishladi, chunki O'z yaratganlari orasida birinchi o'rinni egallashimizni xohladi.

19 Ey sevikli birodarlarim, shuni bilinglarki, har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, g'azab vaqtida og'ir bo'lsin.

20 Chunki inson g'azabi Xudoning odil hukmini amalga oshira olmaydi.

21 Shuning uchun har qanday ifloslikni, ko'p bo'lib qolgan yomonliklarni bir chetga yig'ishtirib qo'yinglar, Xudoning qalbingizga ekib qo'ygan kalOmini muloyimlik bilan tan olinglar. Ana bu kalom jonlaringizni qutqarishga qodir.

22 O'z-o'zingizni aldab, Xudo kalOmining faqat tinglovchilarigina emas, balki ijrochilari bo'linglar.

23 Agar biror kishi kalomni tinglab, ijro etmasa, u o'zining asl yuzini ko'zguda odamga o'xshab qoladi.

24 Odam o'ziga qaradi-yu ketdi va darhol qanday ekanligini unutib yubordi.

25 Lekin mukammal Qonunga, Xudoning erk beruvchi Qonuniga yaqindan qarab, unga qat'iy amal qilgan kishi, ya'ni unutuvchan tinglovchi emas, balki ishni bajaruvchi kishi o'z yo'lida baxtiyor bo'ladi.

26 Agar orangizdagi biror kishi o'zini dindor hisoblab, tilini tiymasa, u o'z vijdonini aldagan bo'ladi va uning dindorligi befoydadir.

27 Otamiz Xudoga ma'qul tushadigan din-diyonat poklik va benuqsonlikni talab qiladi, ya'ni yetim-yesirlarni qayg'uli kunlarida yo'qlab borishimiz lozim hamda bu dunyoning nopokliklaridan o'zimizni toza saqlashimiz kerak.