Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13

Yangi Ahd o

Ibroniylarga 1

1 Xudo qadimda bir necha marta va turli tarzda payg'ambarlar orqali ota-bobolarimizga gapirgan edi.

2 Oxirgi kunlarda esa U bizga O'z O'g'li orqali gapirdi. Xudo koinotni O'g'li orqali yaratgan va Uni borliqning vorisi qilib tayin etgan.

3 O'g'il – Xudo ulug'vorligining in'ikosi, Xudo borlig'ining aniq suratidir. U O'zining qudrati kalomi bilan koinotni asraydi. Gunohlarimiz yuvilishi uchun imkon yaratgandan so'ng, U samoda Hazrati Oliyning o'ng tomonida o'tirdi.

4 Iso farishtalardan g'oyat oliy martabaga yuksalgani uchun, ulardan juda ulug'roq bir nomga ham ega bo'ldi.

5 Farishtalarning qay biriga qachon Xudo: “Sen Mening O'g'limsan, Seni bugun tavallud ettirdim”, yohud: “Men Unga Ota bo'laman va U Menga O'g'il bo'ladi”, - degan edi?

6 Xudo To'ng'ichimni yer yuziga yuboray, deb yana shunday degan: “Xudoning butun farishtalari Unga sajda qilsinlar”.

7 Farishtalar haqida: “U O'z malaklarini shamollarga aylantirib, xizmatkorlarini o't alangasi qiladi”, - deyilgan bo'lsa,

8 O'g'ilga esa bunday deyilgan: “Ey Xudo, Sening taxting doimiy va abadiydir, podsholiging hassasi – haqqoniyat hassasi.

9 Sen adolatni sevib, qonunsizlikdan nafratlanasan. Shuning uchun Xudo, Sening Xudoying, tengdoshlaringdan ko'ra ko'proq Sening boshingga xurramlik moyi surtdi”.

10 Yana shunday deyilgan: “Yo Rabbiy, Sen yerni azaldan bunyod etgansan, osmon esa Sening qo'llaring ijodi.

11 Ular yo'q bo'lib ketar, biroq Sen turaverasan. Hammasi kiyimdek nurab ketar,

12 bamisli libosday o'rab qo'yasan ularni, joma singari almashtiriladi. Ammo Sen ayni O'shaning O'zisan, Sening yo'llaring tamom bo'lmas”.

13 Nahotki Xudo qachondir biron farishtaga: “Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqimagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'tirib tur!” – degan bo'lsa?!

14 Axir, farishtalarning hammasi ham najot vorislariga xizmat qilish uchun yuborilgan xizmatchi ruhlardir.