Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6

Yangi Ahd o

Galatiyaliklarga 1

1 Insonlar tomonidan emas, inson orqali ham emas, balki Iso Masih va Uni tiriltirgan Otamiz Xudo tomonidan havoriy qilib tayinlangan men – Pavlus,

2 shuningdek, men bilan birga bo'lgan hamma birodarlar Galatiya o'lkasidagi Masih jamoatlariga salom yo'llaymiz.

3 Otaimiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat ila tinchlik bo'lsin.

4 Iso Masih bizni hozirgi yovuz asrdan qutqarmoqchi bo'lib, gunohlarimiz uchun O'zini fido qildi, shu yo'sin Otamiz Xudoning irodasini ado etdi.

5 Unga abadulabad shon-sharaflar bo'lsin! Omin.

6 Hayronman, sizlar qanchalik tez Masihning inoyatli da'vatidan yuz o'girib, boshqa bir “Injil”ga sajda qildingizlar!

7 Aslida boshqa Injil yo'q. Faqat ba'zilar sizlarni chalg'itib, Masih Xushxabarini buzib ko'rsatishni xohlaydilar.

8 Bordiyu biz yoki hatto osmondan biror farishta kelib, o'zimiz sizlarga o'rgatgan Injildan boshqa bir “xushxabar” keltirsa, la'nati bo'lsin.

9 Biz oldin ham aytgan edik, hozir yana aytyapman: agar kimki sizlar qabul qilgan Injilga zid bo'lgan xabarni targ'ib etsa, la'nati bo'lsin!

10 Endi men insonlardan maqtov izlayapmanmi, yoki Xudodanmi? Nahotki insonlarga yoqmoqchi bo'lsam? Agar men hali ham insonlarga yoqmoqchi bo'lganimda edi, Masihning quli bo'lolmas edim!

11 Ey birodarlar, sizlarga e'lon qilmoqdaman: men targ'ib etayotgan Injil inson ijodi emas.

12 Chunki men uni insondan qabul qilmaganman va hech kimdan ta'lim olmaganman; balki Iso Masihdan vahiy olganman.

13 Mening yahudiy dinida kechgan ilgarigi hayotim haqida eshitgansizlar; Xudoning ummatiga haddan tashqari jabr-zulm qilib, uni vayron qilar edim.

14 Qavmimdan bo'lgan ko'p tengdoshlarimga qaraganda, yahudiylikda xiyla muvaffaqiyat qozongan edim, ota-bobolarim urf-odatlariga o'ta jonkuyar edim.

15 Ammo Xudo muruvvat qilib, onam qornidayoq meni tanlagan, O'z inoyati bilan meni da'vat etgan edi.

16 Men dunyo xalqlari orasida Xudo O'g'lining Xushxabarini targ'ib qilishim uchun, Xudo O'z vaqtida O'g'lini menga zohir qildi. Shunda men darhol odamzod bilan maslahatlashmadim,

17 o'zimdan ilg'or havoriylarni ko'rgani Quddusga bormadim. Balki Arabistonga ketib, keyin yana Damashqqa qaytdim.

18 So'ngra uch yildan keyin, Butrus bilan tanishmoq uchun Quddusga bordim va uning yonida o'n besh kun bo'ldim.

19 Lekin Rabbimiz Isoning ukasi Yoqubdan boshqa havoriylarning hech birini ko'rmadim.

20 Men sizlarga nima yozayotgan bo'lsam, Xudo shohid, yolg'on emas.

21 Undan so'ng Suriya va Kilikiya mamlakatlariga bordim.

22 Yahudiya o'lkasidagi Masih jamoatlari esa meni shaxsan tanimas edilar.

23 Ular faqat: u bir vaqtlar bizlarga jabr-zulm qilib yurgan kishi edi, endi ilgari ildizi bilan quritmoqchi bo'lgan imonni o'zi targ'ib qilmoqda, degan gaplarni eshitar,

24 men uchun Xudoni ulug'lar edilar.