Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6

Yangi Ahd o

Efesliklarga 1

1 Men, Xudo irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo'lgan Pavlus, Efes shahridagi Iso Masihga imon keltirgan Xudo azizlariga salom yo'llayman.

2 Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo'lsin.

3 Rabbimiz Iso Masihning Otasi – Xudoga hamdu sanolar bo'lsin! U Masih orqali samoviy olamda har xil ruhiy qut-barakalar ato etdi.

4 O'z huzurida muqaddas va benuqson bo'lishimiz uchun, U Masih haqi bizga muhabbat ko'rsatib, bizni dunyo yaratilishidan avval tanladi.

5 Bizni muruvvatiga sazovor bilib, Iso Masih orqali O'ziga o'g'il qilib olishga azaldan qaror qildi.

6 Ilohiy mehr-shafqatning dong'i chiqsin, deb sevikli O'g'lini yuborib, bizga inoyat qildi.

7 Uning O'g'li esa qonini to'kib, bizning gunohlarimizni yuvdi. Xudoning bu cheksiz inoyati tufayli biz barcha aybu gunohlarimizdan forig' bo'ldik.

8 Xudo bunday inoyatini hamda har xil hikmatu aql-zakovatni bizga mo'l-ko'l berdi.

9 Xudo qadimdan aniqlab qo'ygan maqsadi bo'yicha, Masih orqali bizga muruvvat qilib, O'zining sirli rejasini ayon qildi.

10 Xudo bu rejani O'zi belgilagan vaqtda amalga oshiradi va yeru osmondagi bor mavjudotlarni Masih boshchiligida birlashtiradi.

11 Xudo hamma narsani O'z xohishi bo'yicha bajaradi. U biz uchun ham O'zining orzu-niyatini amalga oshirib, bizni Masih orqali azaldan tanladi va samoviy merosdan bahramand qildi.

12 Shunday ekan, Masihga avvaldan umid bog'lagan bizlar Xudoning shon-sharafini oshirish uchun yashashimiz lozim.

13 Sizlar ham haqiqat kalOmini, ya'ni najotingiz to'g'risidagi Xushxabarni eshitib, Masihga imon keltirdingizlar. Imoningizning tasdig'i o'laroq Xudo va'da qilgan Muqaddas Ruhni qabul qildingizlar.

14 Xudoning ummati ozodlikka chiqmaguncha, Muqaddas Ruh samoviy merosimizning garovidir. Xudoning ulug'vorligi sha'niga tasannolar bo'lsin!

15 -

16 Men Rabbimiz Isoga bo'lgan e'tiqodingiz va butun Xudo azizlariga bo'lgan muhabbatingiz haqida eshitganimdan buyon, doim sizlarni ibodatlarimda eslayman, tinmay Xudoga shukronalar aytaman.

17 Rabbimiz Iso Masihning Xudosi, ulug'vor Padar, O'zini tanib-bilishingiz uchun sizga hikmatu vahiy ruhini ato etsin.

18 Uning O'zi sizlarning ko'ngil ko'zlaringizni yorug' qilsin, toki U sizlarni naqadar ulug' bir umidga chorlaganini bilib olinglar, O'z azizlarini qanchalik boy va ulug'vor bir merosga sazovor qilganini qadrlanglar.

19 Biz, imonlilarga ta'sir o'tkazayotgan Xudoning hadsiz-poyonsiz kuch-qudrati buyukligini ham bilib olinglar.

20 Xudo O'zining cheksiz saltanatini joriy qilib, ana shu kuch-qudratini amalda ko'rsatdi: Masihni tiriltirib, Uni samoviy olamda O'zining o'ng tomoniga o'tqazdi.

21 Masihni har qanday rahnamolik va hukmronlik, kuch va saltanatdan, u dunyoyu bu dunyoda aytiladigan har qanday nomdan yuqori qo'ydi.

22 Butun borliqni Uning oyoqlari ostiga tobe qildi. Uni butun borliqdan yuqori qo'yib, imonlilar jamoatiga bosh qilib qo'ydi.

23 Imonlilar jamoati esa Masihning badani bo'lgani uchun, U kabi to'kis-tugallikka ega. Chunki Masih butun koinotni to'kis-tugal to'ldirib turadi.