Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4

Yangi Ahd o

Kolosaliklarga 1

1 Xudoning irodasi ila Iso Masihning havoriysi bo'lgan men – Pavlus va birodarimiz Timo'tiydan

2 Kolosa shahridagi Masihga sidqidildan berilgan muqaddas birodarlarimizga salom!

3 Otamiz Xudodan [va Rabbimiz Iso Masihdan] sizlarga inoyat va tinchlik ato bo'lsin. Sizlarning haqingizga ibodat qilar ekanmiz, Rabbimiz Iso Masihning Otasi – Xudoga doim shukronalar bildiramiz.

4 Chunki Iso Masihga bo'lgan imoningiz va butun ahli mo'minga qo'ygan mehr-muhabbatingizdan xabardormiz.

5 Bunga sizlar haqiqat kalomi, ya'ni Injil Xushxabari orqali erishdingizlar. Samoda o'zlaringiz uchun tayyorlab qo'yilgan xazina to'g'risidagi Xushxabarni eshitib, umidvor bo'ldingizlar.

6 Ana shu Xushxabar butun jahonga ham yoyildi, sizlarga ham yetib bordi. Sizlar Xudoning inoyatini eshitib, chini bilan anglab etdingizlar. O'sha kundan beri Xushxabar sizning orangizda tobora tomir yoyib, samara bermoqda.

7 Manfaatingiz yo'lida Masihning sodiq xizmatkori bo'lgan sevimli hamkorimiz Epafras ham ana shu xususda sizlarga ta'lim bergan edi.

8 Endi u sizning ilhomli mehr-muhabbatingiz haqida ham bizga xabar qildi.

9 Shuning uchun biz bu haqda eshitgan kunimizdan beri sizlar uchun ibodat qilishni kanda qilmayapmiz. Xudodan shuni so'raymizki, Uning irodasini to'la anglashingiz uchun O'zi sizlarga har qanday ilohiy hikmat va fahm-idrok ato qilsin,

10 toki sizlar Rabbingizga munosib yashab, Uni har jihatdan mamnun qilinglar, har turli xayrli ishda samarali bo'linglar, Xudoni tanib-bilib ulg'ayinglar,

11 Uning ulug'vor kuch-qudratidan bahra olib, to'la-to'kis baquvvat bo'linglar, hamma narsaga sabr-toqat va sevinch bilan chidab,

12 Otamiz Xudoga shukrona qilinglar. Chunki U O'z azizlariga va'da qilgan nurli merosdan bizni bahramand qildi.

13 Bizni zulmat hukmronligidan ozod qilib, sevimli O'g'lining Shohligiga ko'chirdi.

14 Xudoning O'g'li bizning o'rnimizga qurbon bo'ldi, O'z qonini to'kib gunohlarimizni yuvdi.

15 Iso Masih ko'rinmas Xudoning in'ikosidir. U butun maxluqot ustidan, xuddi to'ng'ich singari, birinchi o'rinda turadi.

16 Ko'kdagi va yerdagi borliq mavjudot, ko'rinadigan va ko'rinmaydigan maxluqot, u dunyoyu bu dunyodagi har qandy taxtu toj, saltanatu hukmronlik U orqali yaratilgan.

17 Uning O'zi esa hamma narsadan avval mavjud edi. Borliq mavjudot Uning soyasida mavjuddir.

18 U O'z badani, ya'ni ummatining boshidir. U o'liklar ichidan birinchi bo'lib tirilgani uchun, hammaning ilg'ori va boshidir.

19 Xudo butun kamolotni Unda jo qilishni xush ko'rdi.

20 Uning vositasi bilan Xudo yeru ko'kdagi borliq mavjudotni O'zi bilan yarashtirishga qaror qildi. Xochda to'kilgan qonni inobatga olib, Xudo O'zi yaratganlar bilan sulh tuzdi.

21 Mana sizlar ham bir vaqtlar yomon ishlar qilib, yaramas fikrda bo'lib, Xudoga begona va dushman edingizlar.

22 Endi esa Masih O'zining insoniy badanini qurbonlikka bag'ishlab, O'z o'limi orqali sizlarni Xudo bilan yarashtirdi, Xudo huzuriga sizlarni muqaddas, aybsiz va nuqsonsiz holda taqdim qildi.

23 Sizlar endi eshitgan Xushxabarga qattiq e'tiqod qo'yib, umidingizdan qaytmasangiz, imoningizda mahkam, og'ishmay tursangiz, bo'ldi. Injil Xushxabari osmoni falak ostida Xudo yaratganibarcha jonzodga yetkazildi, men – Pavlus esa bu Xushxabarning fidoyisi bo'ldim.

24 Men hozirgi vaziyatda sizlar uchun azob tortayotganimga sevinaman. Masihning O'z badani, ya'ni ummati uchun tortmagan qayg'ularini men o'z tanamda tortib to'ldiryapman.

25 Xudoning menga topshirig'i bo'yicha, men Masih ummati ustidan mas'ul xizmatkor bo'ldim, Xudo kalOmini to'liq targ'ib qilish vazifasini o'z zimmamga oldim.

26 Ana shu kalom o'tgan asrlar va avlodlardan sir tutilib, hozir esa Xudoning azizlariga oshkor bo'ldi.

27 Xudo dunyo xalqlari uchun saqlagan ushbu sirning naqadar boy va ulug'vorligini O'z azizlariga ochib berishga rozi bo'ldi, chunonchi ulug'vor umidimizning mag'zi – sizning ichingizdagi Masih.

28 Shunga ko'ra, biz Masihga ishongan har bir odamni mukammal holda Xudoga taqdim etmoqchimiz. Har bir odamga aql o'rgatib, butun donolik bilan ta'lim-tarbiya berib, Masihni targ'ib qilmoqdamiz.

29 Men ham ana shu maqsadda jon-jahdim bilan xizmat qilar ekanman, menga kuchli ta'sir qilayotgan Rabbimning qudratiga suyanaman.