Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28

Yangi Ahd o

Havoriylar faoliyati 1

1 Ey Teofil, Isoning bajarishga va o'rgatishga kirishgan hamma narsalarini, chunonchi, Uning dastlabki kunlaridan boshlab,

2 to O'zining tanlagan havоriylariga Muqaddas Ruh amri ila buyruqlar berib, osmоnga ko'tarilgan kunigacha ro'y bergan hamma voqealarni ilk kitobimda qalamga oldim.

3 Iso azob chekib o'lganidan keyin, qirq kun mabaynida havoriylariga zohir bo'lib, Xudoning Shohligi haqida ularga so'zlar va ko'p ishonarli isbotlar bilan O'zini barhayot qilib ko'rsatar edi.

4 Ularni to'plab, buyurib dedi: Quddus shahridan ketib qolmanglar, balki Otamning bergan va'dasi omalga oshguncha u yerda kutib turinglar. Sizlar bu va'dani Mendan eshitgansizlar.

5 Yahyo payg'ambar odamlarni suvga cho'mdirib, tavba qildirgan, sizlar esa ko'p o'tmay Muqaddas Ruhga cho'mdirilasizlar.

6 Havoriylar shunday yig'ilgan paytda, Isodan so'radilar: Yo Rabbiy, Sening Isroilda Shohlikni tiklashing shu vaqtga to'g'ri kelmaydimi?

7 Iso ularga dedi: Otam O'z erki bilan belgilab qo'ygan vaqtu fursatlarni bilish sizlarning ishingiz emas.

8 Lekin Muqaaddas Ruh ustingizga tushib kelganda, sizlar quvvat olasizlar, Quddusda, Yahudiya bilan Samarizning hamma joyida va hatto dunyoning eng olis yerlarida ham Mening shohidlarim bo'lasizlar.

9 Bularni aytgach, Iso ularning ko'z oldida osmonga ko'tarildi. Uni bulut qoplab, ko'zdan g'oyib bo'ldi.

10 Iso ko'rarilayotib, havoriylar osmanga tikilib turgan paytda, oq kiyim kiygan ikki zot ularning yonida paydo bo'ldi:

11 Ey jalilaliklar! Nega sizlar osmonga qarab turibsizlar? Sizlarning orangizdan osmonga olingan bu Iso, ko'kka ko'tarilganini qanday ko'rgan bo'lsangiz, xuddi shunday qaytib keladi, — deyishdi.

12 Shundan so'ng havoriylar Zaytun tog'idan Quddusga qaytib keldilar. Bu tog' Quddusdan bir chaqirimlik yaqindir.

13 Ular shaharga kirib, qo'ngan xonadonlarining boloxonasiga chiqdilar. Butrus, Yoqub, Yuhanno va Idris, Filip va To'ma, Bartolmey va Matto, Alfey o'g'li Yoqub, vatanparvar Simun va Yoqub o'g'li Yahudo o'sha yerda edilar.

14 Ularning hammasi, shu jumladan Isoning onasi Maryam, boshqa xotin-qizlar hamda Isoning ukalari yakdillik va sidqidillik bilan toat-ibodatga berilgan edilar.

15 O'sha kunlarda yuz yigirmaga yaqin imonli birodarlar yig'ini oldida Butrus oyoqqa turdi-da, so'zga chiqib:

16 “Erlar, birodarlar! — dedi. — Isoni tutib berganlarning sarvari bo'lmish Yahudo haqida Muqaddas Ruhning Dovud payg'ambarga bergan oyati bajo kelishi kerak edi.

17 Bu kishi safimizga qo'shilib, o'sha xizmatidan qismatiga yarashasini olgan edi.

18 U harom yo'l bilan qo'lga kiritgan puliga bir yerni sotib olib, gup etib qulab tushdi-yu qorni yorildi, butun ichak-chovoqlari chiqib ketdi.

19 Bu hodisa butun Quddus ahliga ma'lum bo'ldi va u yer mahalliy tilda Haqaldama, ya'ni “Qon Yeri” deb atalib qoldi.

20 Zabur kitobida yozilganiday: “Uning maskani huvillab qolsin, Unda istiqomat qiluvchi qolmasin”. Va shuningdek: “Uning o'rnini boshqasi olsin”.

21 Shunday qilib, endi safimizga qo'shiladigan kishi, xuddi bizlarga o'xshab Rabbimiz Isoning tirilganiga shohid bo'lgan birov bo'lmog'i kerak.

22 Rabbimiz Iso oramizda yashagan butun zamonda, ya'ni Yahyo payg'ambarning odamlarni daryoda tavba qildirish davrilan boshlab, to Iso oramizdan yuksaklikka olingan kunga qadar bizlar bilan birga yurgan odamlardan biri bo'lishi lozim”, — dedi.

23 Shunga ko'ra ikki kishini: Yustus laqabli va Barsabo deb ham ataluvchi Yusuf hamda Mattiyani olg'a chiqazdilar.

24 Keyin ibolat qilib dedilar:

25 “Ey butun insonlarning qalbini biladigan Rabbimiz! Yahudoning o'z joyiga borib, tark etgan havoriylik xizmatini bo'yniga olishi uchun bu ikki kishidan qay birini tanlading, uni ko'rsatgin!”

26 Shundan so'ng ular uchun qur'a tashladilar. Qur'a Mattiyaning chekiga tushdi va u o'n bir havoriyga qo'shildi.