Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4

Yangi Ahd o

2Timo’tiyga 1

1 Iso Masih orqali ro'yobga chiqqan hayot va'dasiga binoan, Xudoning irodasiga muvofiq, men, Pavlus, Iso Masihning havoriysi bo'lib tayinlandim.

2 Sevikli o'g'lim Timo'tiyga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat, marhamat va tinchlik tilayman.

3 Men ota-bobolarim kabi Xudoga sof vijdon bilan xizmat qilaman. Unga kechayu kunduz shukrlar aytar ekanman, ibodatlarimda doim seni eslab turaman.

4 Sening ko'z yoshlaring yodimda, yana diydoringga to'yib ko'nglim sevinchga to'lsin, deb seni sog'inib qoldim.

5 Men senda ko'rgan samimiy imon hali ham esimda. Avvaldan buving Loida hamda onang Evnika qalblariga jo etgan o'sha imon endi senda ham ravnaq topayotganiga aminman.

6 Shu sababdan, qo'llarimni boshingga qo'yishim natijasida sen Xudodan olgan ruhiy qobiliyatni alangalatib turishingni eslatmoqchiman.

7 Chunki Xudo bizga qo'rqoqlik ruhini emas, balki kuch-quvvat, muhabbat va nafsni tiyish Ruhini bergan.

8 Shunday qilib, Rabbimiz Isoga guvohlik berishdan ham, Uning bandisi bo'lgan mendan ham or qilma, balki biz Injil yo'lida chekayotgan azoblarga Xudo bergan kuch-quvvat bilan to'zim bergin.

9 Xudo bizlarni qutqardi va muqaddas bir da'vat bilan chaqirdi. Bunga biz savob ishlarimiz tufayli erishmadik. Aksincha, Xudo O'z xohishi bilan azaliy vaqtlardanoq Iso Masih orqali bizga inoyat qilishga qaror qilgan edi.

10 Bu inoyat endi Xaloskorimiz Iso Masihning olamga kelishi bilan ochiq namoyon bo'ldi. Injil Xushxabari shundan iboratki, Iso Masih o'limni yo'qqa chiqardi, hayot va o'lmaslikni esa oydinlikka chiqardi.

11 Men esa bu Xushxabarni turli xalqlarga yetkazuvchi voiz, havoriy va muallim bo'lib tayinlandim.

12 Shu sababdan ham bu azoblarni tortyapman. Lekin men bundan or qilmayman, chunki Kimga e'tiqod qilganimni bilaman va aminmanki, Uning menga topshirgan omonatini mahshar kuniga qadar O'zi saqlashga qodir.

13 Sen mendan eshitgan sog'lom ta'limotdan namuna olib, Iso Masihning sadoqati va muhabbati bilan yo'l tutgin.

14 Senga topshirilgan ulug' omonatni ichimizda yashovchi Muqaddas Ruh yordamida saqlagin.

15 Asiya viloyatidagilarning hammasi, shu jumladan Figel bilan Hermogen, mendan yuz o'girganlarini bilasan.

16 Rabbimiz Onisiforning uyiga marhamat ehson etsin. Chunki u zanjirbandligimdan uyalmay, bir necha marta kelib mening ko'nglimni ko'tardi.

17 U Rimga borib, katta harakat bilan meni axtarib topdi.

18 Mahshar kunida Xudovanddan marhamat topishini Rabbimiz Masih unga ato qilsin. Efes shahrida u menga naqadar xizmat qilganini o'zing yaxshi bilasan.