Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3

Yangi Ahd o

2Salonikaliklarga 1

1 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning ummati bo'lgan Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Silvan va Timo'tiydan salom!

2 Otamiz Xudodan va Rabbimiz iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo'lsin.

3 Ey birodarlar, biz sizlar uchun hamisha Xudoga shukr qilishni burchimiz deb bilamiz. Sizlar bunga munosibsiz, chunki imoningiz kun sayin mukammallashib, o'zaro birodarlik muhabbatingiz ko'payib bormoqda.

4 Sizlar boshdan kechirayotgan butun ta'qibu qayg'ularga sabr-qanoat va e'tiqod bilan chidab turibsiz. Ana shu sababdan biz Xudoning jamoatlari oldida sizlar bilan faxrlanamiz.

5 Sizlar Xudoning shohligiga loyiq topilishingiz uchun, bu azoblarni chekmoqdasizlar. Bular Xudoning adolatli hukmidan dalolat bermoqda.

6 Xudoning adolati yana shundan ham iboratki, sizlarga azob berayotganlarga U o'ziga yarasha jazosini beradi,

7 siz, azob chekayotganlarni esa biz bilan birga rohat-farog'atga erishtiradi. Rabbimiz Iso O'zining qudratli farishtalari bilan birga olov alangasida osmondan tushib zohir bo'lgan vaqtda, bu voqea sodir bo'ladi.

8 O'shanda Rabbimiz Iso Xudoni tanimagan va O'zining Xushxabariga itoat etmagan shakkoklardan o'ch oladi.

9 Ular Rabbimizning huzuri va hashamatli qudratidan olis, abadiy halokat jazosiga mahkum bo'ladilar.

1 0 Rabbimiz Iso kelgan kuni barcha imonlilarni hayratda qoldiradi va O'z azizlari orasida ulug'lanadi. Ana, sizlar ham o'sha imonlilar qatorida turasiz, chunki bizning guvohligimizga ishongansizlar.

11 Shu sababdan biz tinmay sizlar uchun ibodat qilamiz: Xudoyimiz sizlarni O'z da'vatiga loyiq ko'rsin, O'ziga xos kuch-qudrat bilan butun yaxshi murod-maqsadingizni ro'yobga chiqarsin, har bir imonli ishingizga omad bersin,

12 shu yo'sin Rabbimiz Isoning ismi sizlarda ulug'lansin va U sizlarni ham ulug'lasin. Xudoyimiz va Rabbimiz Iso Masihning inoyatli irodasi ana shu.