Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3

Yangi Ahd o

2Butrus 1

1 Iso Masihning quli va havoriysi men, Simun Butrus, odil Xudoyimiz va Xaloskorimiz Iso Masih soyasida bizning qimmatli imonimizga teng bir imonga erishgan barchaga salom aytaman.

2 Xudoni va Rabbimiz Isoni tanib-bilganingiz sayin, sizlarga Xudo inoyati oshib, xotiringiz jam bo'lsin.

3 Rabbimiz Iso O'zining ulug'vorligi va kamoloti sharofati ila bizni da'vat etgan va bizga O'zini tanitgan. Yashash va Xudo yo'lida yurishimiz uchun kerak bo'lgan hamma narsani U bizga O'ziga xos ilohiy kuch-qudrat bilan ato etgan.

4 Bu dunyo yomon ehtiroslar natijasida buzilib bormoqda. Sizlar bundan qochib qutulinglar, deb Xudo bizga ko'p ulug' va qimmatli va'dalarni bergan. Bular ro'yobga chiqib, sizlar ilohiy tabiatdan bahramand bo'lasizlar.

5 Bularni nazarda tutib, imoningizni but qilishga jon kuydiringlar. Shunday qilib, imoningiz ustiga fazl-kamolotga ega bo'linglar. Fazl-kamolotingiz ustiga ong-bilimga ega bo'linglar.

6 Ong-bilimingiz ustiga nafsni tiyishni o'rganinglar. Nafsni tiyish ustiga sabr-toqatli bo'linglar. Sabr-toqatingiz ustiga diyonatga ega bo'linglar.

7 Diyonatli bo'lish ustiga birodarlaringizni sevinglar. Birodarsevarlik ustiga tugal muhabbatga ega bo'linglar.

8 Agar bu xislatlar sizda mavjud bo'lsa hamda yana ortib borayotgan bo'lsa, unda siz Rabbimiz Iso Masihni tanib-bilish yo'lida na sust, na samarasiz bo'lasizlar.

9 Bu xislatlardan benasiblar esa kaltabin ko'rdir, ular avvalgi gunohlaridan tozalanganini unutganlar.

10 Shuning uchun, ey birodarlar, Xudo sizlarni tanlaganini va da'vat etganini bilib, bunga munosib bo'lmoq uchun yana astoydil harakat qilinglar. Bu yo'lni tutsangiz, hech vaqt qoqinmaysizlar.

11 Shunday qilib, Rabbimiz va Xaloskorimiz Iso Masihning abadiy Shohligiga kirish yo'li sizlarga keng ochiladi.

12 Sizlar bu narsalarni bilar ekansiz va tan olgan haqiqatda qattiq turar ekansiz, men har doim bularni eslatib turishni xohlayman.

13 Bu foniy makonimda bo'lgunimcha, bularni eslatish bilan sizlarni uyg'otib turishni lozim ko'raman.

14 Chunki bu makonimdan ayrilish vaqtim yaqinlashganini bilaman, Rabbimiz Iso Masih O'zi buni menga ma'lum qilgan.

15 Bu dunyoni tark etganimdan keyin ham sizlar doimo bularni xotirlashingiz uchun jon kuydirmoqdaman.

16 Biz Rabbimiz Iso Masihning kuch-qudrat bilan kelishi haqida sizlarga ma'lumot berganimizda, uydirma afsonalarni gapirib kelmadik. Uning salobatini o'z ko'zimiz bilan ko'rganmiz.

17 Masih Otasi Xudodan hurmat va shon-sharaf qabul qildi. Ulug'vorlik to'kib turadigan dargohi sharifdan Masihga bir sado kelib: “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman”, - dedi.

18 Biz aziz tog'da U bilan birga bo'ldik, osmondan kelgan bu sadoni o'zimiz ham eshitdik.

19 Shuning uchun qadimgi payg'ambarlarning so'zlari biz uchun yanada qat'iy bo'lib qoldi. Sizlar bu so'zlarga rioya etib, yaxshi ish qilasizlar. Tong yulduzi chiqib, kun yorigungacha, qorong'i joyda chiroq qanday nur sochsa, payg'ambarlarning so'zlari sizning yuragingizga shunday nur sochib tursin.

20 Eng avval shuni bilinglarki, payg'ambar kitoblarida uchraydigan bashoratlarning birortasi ham birovning xususiy tafsiriga bog'liq emas.

21 Hech bir payg'ambar o'zining insoniy xohishi bilan bashorat qilgan emas. Bu aziz odamlar Muqaddas Ruh tomonidan harakatga keltirilib, Xudoning so'zlarini gapirib berganlar.