Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1

Yangi Ahd o

2Yuhanno 1

1 Xudo tanlab olgan aziz xonim bilan uning bolalariga salom! Men – mo'ysafid sizlarni chin yurakdan sevaman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi ham shunday sevadi.

2 Zero haqiqat bizning dilimizga jo bo'lgan va abad bizlar bilan bo'ladi.

3 Otamiz Xudo va Otaning O'g'li – Rabbimiz Iso Masih bergan inoyat, marhamat va tinchlik sizlarga doim yor bo'lgay, sizlarni haqiqat va muhabbat yo'liga yo'naltirgay.

4 Ey xonim, Otamizning bizga buyurganiga ko'ra, sening bolalaringdan bir nechtasi haqiqat yo'lidan borayotganlarini ko'rib, juda ham xursand bo'ldim.

5 Endi sendan iltimos qilaman, bir-birimizni sevaylik. Senga yangi amr yozayotganim yo'q, bu azaldan bizlar qabul qilgan amr.

6 Muhabbat – Xudoning amrlariga amal qilishimiz degani. Ilohiy amrning mohiyati esa, boshdan eshitganingizdek, muhabbatga amal qilishimizdan iborat.

7 Vaholanki, inson vujudiga kirgan Iso Masihni tan olmovchi ko'p aldamchilar jahonning har tarafiga yoyilib ketganlar. Eng katta aldamchi – dajjol ham bular qatorida turadi.

8 Qilgan mehnatimizning mahsulini yo'qotmaslik va hamma mukofotni olish uchun o'zingizga ehtiyot bo'lingiz.

9 Haddidan oshgan, Masih ta'limotidan uzoqlashgan har qanday odamda Xudo yo'q. Bu ta'limotga amal qilgan kishi esa Otaga ham, O'g'ilga ham ega bo'ladi.

10 Agar biror kishi oldingizga kelib bu ta'limotni o'rgatmasa, uni uyingizga kiritmanglar, unga salom ham bermanglar.

11 Chunki unga salom bergan kishi uning yomon ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi.

12 Sizlarga yozadigan ko'p gaplarim bor edi-yu, ammo qog'ozu siyoh bilan yozishni istamadim. Sizlarning shodligingiz tugal bo'lsin, deb men oldingizga borib yuzma-yuz gaplashish umididaman.

13 Xudo tanlagan singlingning bolalari senga salom yo'llayaptilar. Omin.