Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13

Yangi Ahd o

2Korinfliklarga 1

1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo'lgan men, Pavlus ila birodarimiz Timo'tiy Korinf shahridagi Xudoning jamoatiga, shuningdek, Axaya o'lkasi bo'ylab yashovchi barcha Xudoning azizlariga salom yo'llaymiz.

2 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo'lsin!

3 Har turli tasallining manbai bo'lgan Xudo, marhamatli Ota, Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo'lsin!

4 U butun g'am-qayg'ularimiz uchun bizga tasalli beradi. Shu tariqa o'zimizdek har turli qayg'ularga yo'liqqan boshqa odamlarni biz Xudodan olgan tasalli bilan ovuntira olamiz.

5 Masihning azoblari bizda qancha ko'payayotgan bo'lsa, Masihning tasallisi ham bizda shuncha ko'paymoqda.

6 Agar biz g'am-qayg'u chekayotgan bo'lsak, bu sizlar tasalli va najot topishingiz uchundir. Va agar biz tasalli topayotgan bo'lsak, bu ham sizlarning tasalli topishingiz, uchundir. Biz chekayotgan qayg'ularga o'zingiz ham yo'liqqaningizda, shu bilan tasalli topib, sabr - toqat qilasizlar.

7 Sizlarga ishonchimiz komil, chunki sizlar alamlarimizgagina emas, tasallimizga ham sherik ekaningizni bilamiz.

8 Ey birodarlar, Asiya viloyatida boshimizga kelgan kulfatlardan xabarsiz qolishingizni istamaymiz. Biz haddan tashqari, chidab bo'lmaydigan darajada ezildik, hatto sog' qolishga umidimizni yo'qotgan edik.

9 Ha, o'limga mfhkum bo'lganimizni o'z vujudimizda sezardik. Bu shuning uchun bildiki, biz o'zimizga emas, balki faqat o'liklarni tiriltiruvchi Xudoga umid bog'laylik.

10 Haqiqatan ham Xudo bizni shunday katta o'lim tahlikasidan qutqardi va yana qutqaradi. Ha, U bizni yana qutqaradi, deb Undan qattiq umid qilamiz.

11 Chunki sizlar ham biz uchun ibodat qilishda ishtirok etib kelyapsizlar. Shunday ko'p kishilarning iltijosi tufayli Xudo bizga inoyat ko'rsatdi, toki buni yana ko'plar bilib, biz tufayli Xudoga shukr qilsinlar.

12 Bizning iftixor qilishimizning sababi bor, vijdonimiz ham shundan dalolat beradiki, biz bu dunyoda, xususan sizlar bilan bo'lgan munosabatimizda insoniy hikmat bilan emas, balki Xudoning inoyati bilan, muqaddaslik bilan, Xudoga maqbul bo'lgan samimiylik bilan harakat qildik.

13 Biz sizlarga nima yozsak, o'qib, anglab etinglar, deb yozamiz. Umid qilamanki, sizlar bularni oxirigacha anglab etasizlar.

14 Sizlar, qisman bo'lsa ham, bizni anglagansizlar va bilasizlarki, Rabbimiz Iso Masihning olamga qaytadigan kunida biz sizning faxringiz, siz esa bizning faxrimiz bo'lasizlar.

15 Shu ishonch bilan, sizlar ikkinchi daf'a farah topinglar deb, oldinroq sizlarning yoningizga kelish niyatida edim..

16 Sizlarning oldingizdan Makedoniyaga o'tish va Makedoniyadan yana sizlarning oldingizga qaytish niyatida edim, oxiri sizlar meni Yahudiyaga kuzatib qo'yar edingizlar.

17 Shunday niyatim bo'la turib, beqarorlik bilan harakat qildimmikan? Yoki men goh ha - ha, goh yo'q - yo'q deganday, o'zboshimchalik bilan tashabbus ko'rsatdimmikan?

18 Xudo O'z so'zida turadi, shuning uchun bizning sizga so'zimiz ham goh “ha”, goh “yo'q” emas.

19 Biz, ya'ni men, Silvan va Timo'tiy sizning orangizda Xudoning O'g'li — Iso Masihni targ'ib qilganimizda, buni goh “ha”, goh “yo'q” deb qilmadik. Masih degani — “ha” degani.

20 Chunonchi Xudo qancha va'dalarni bergan bo'lsa, ular Masih sharofati bilan “ha” deganday, “Omin” deganday ro'yobga chiqadi, toki biz Masih orqali Xudoni ulug'laylik.

21 Xudoning O'zi bizni sizlar bilan birga Masih ummati qilib, mustahkam poydevorli qildi, O'ziga ajratib oldi,

22 ustimizga O'zining muhrini bosdi, bularning garovi qilib Muqaddas Ruhni yuraklarimizga joylashtirdi.

23 O'z jonim haqi Xudoni shohidim bilaman: sizlarni ayaganim uchun hanuz Korinfga bora olmadim.

24 Biz go'yo sizlarning imoningiz ustidan hukmronlik o'rnatayotganday bo'layapmiz. Aslida biz quvonishingiz uchun sizlarga ko'maklashmoqdamiz. Chunki sizlar imonda mahkam turibsizlar.