Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5

Yangi Ahd o

1Salonikaliklarga 1

1 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning ummati bo'lgan Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Silvan va Timo'tiydan salom! Otamiz Xudodan va rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo'lsin.

2 Ibodatlarimizda tinmay sizlarni xotirlab, hammalaringiz uchun Xudoga shukr qilamiz.

3 Chunki sizlar imon bilan ish qilib, muhabbat bilan zahmat chekasiz, faqat Rabbimiz Iso Masihga umid bog'lab, U tufayli sabr-toqat qilasizlar. Shuning uchun Otamiz Xudo huzurida sizlarni eslab turamiz.

4 Ey birodarlar, Xudo sizlarni sevib, tanlaganini bilamiz.

5 Biz Injil Xushxabarini sizlarga quruq so'z bilan emas, balki qudrat bilan, Muqaddas Ruh kuchi bilan, to'la ishontirish kuchi bilan xabarlab keldik. Biz orangizda bo'lganimizda qanday namunali turmush kechirganimizni o'zlaringiz bilasizlar.

6 Shunday qilib, sizlar ko'p qayg'uda bo'lsangiz ham, Muqaddas Ruhdan ilhom olib, o'zingizda sevinch hosil qildingizlar, Xudoning kalOmini qabul etib, bizga ham, Rabbimizga ham ergashdingizlar.

7 Makedoniya va Axaya o'lkalaridagi butun imonlilarga o'rnak bo'lib qoldingizlar.

8 Rabbimiz Isoning kalomi sizlardan boshlab yoyildi. Sizlarning Xudoga bo'lgan imioningizning shuhrati yolg'iz Makedoniya va Axayagagina emas, hamma yoqqa ham tarqalib ketdi. Shuning uchun endi bizning biror narsa gapirishimizga hojat qolmadi.

9 Hamma eshitganlarning ham aytishlaricha, sizlar bizni yaxshi qabul qildingizlar. Endi Xudoga xizmat qilayotib,

10 Uning O'g'li Isoning ko'kdan tushishiga ko'z tutib yuribsizlar. Xudo O'z O'g'li Isoni tiriltirdi, toki U bizni kelajak Xudo g'azabidan xalos qilsin.