Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5

Yangi Ahd o

1Butrus 1

1 Iso Masihning havoriysi men, Butrusdan – Pont, Galatiya, Kappadokiya, Asiya va Bitiniya viloyatlariga tarqalgan mumtoz musofirlarga salom!

2 Otamiz Xudo O'zining azaliy qaroriga binoan sizlarni tanladi, O'z Ruhi orqali muqaddas qildi, Iso Masihga itoat etmog'ingiz orqali Uning qoni ustingizga sepilishi uchun imkon yaratdi. Sizlarga Xudo inoyati ko'payib, xotiringiz jam bo'lsin.

3 Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo'lsin! U bizga behad rahm-shafqat ko'rsatdi, Iso Masihning tirilishi asosida bizni yangidan tug'iltirib, tirik bir umidga ega qildi.

4 Samoda saqlanayotgan beg'ubor, chirimas, so'lmas bir meros sizlarni kutmoqda.

5 Oxirzamonda ochiq ko'rinishga tayyor bo'lgan ulug' najotga erishmog'ingiz uchun, imoningiz tufayli, Xudoning qudrati bilan qo'riqlanmoqdasizlar.

6 Shu sababdan behad xursandsizlar. Hozir turli vasvasalar tufayli biroz qayg'urishingizga to'g'ri kelsa-da,

7 lekin bu vasvasalar imoningizni sinash uchun foydali ekanligini bilinglar. Hatto foniy oltin ham olovda toblanib, sinaladi. Shu singari, oltindan ham qimmatli bo'lgan imoningiz sinovdan o'tib, Iso Masih osmondan zohir bo'lgach, sizlarga maqtov va shon-sharaf keltirsin.

8 Siz Masihni ko'rmagan bo'lsangiz ham, Unga muhabbat bog'layapsizlar. Hozir Masihni ko'rmagan holda Unga ishonyapsizlar va so'zlar bilan ifodalab bo'lmaydigan darajada ulug' bir shodlik bilan to'lib-toshmoqdasizlar.

9 Chunki imoningizning natijasi o'laroq jonlaringiz uchun najot topmoqdasizlar.

10 Sizlar topgan ulug' najot to'g'risida qadim zamon payg'ambarlari ham karomat qilganlar, ular Xudo inoyatining mohiyatini sinchiklab tekshirganlar.

11 Masihning Ruhi ularda bor edi va ularga Masihning chekadigan azob-uqubatlariyu, oxirida erishadigan shon-shuhrati haqida oldindan ma'lumot berar edi. Bunday ilhomlangan payg'ambarlar Masih Ruhi kimni va qaysi paytni ko'rsatayotganini anglamoqqa tirishadilar.

12 Aslida payg'ambarlar bu tekshiruvlarni o'zlari uchun emas, balki sizlar uchun qilganliklari haqida Xudodan vahiy olganlar. Hatto farishtalar ham bu sirlarni aniqlashni ko'p orzu qiladilar. Hozirgi davrda esa Injil targ'ibotchilari osmondan yuborilgan Muqaddas Ruhdan ruhlanib, bularni sizlarga bayon etdilar.

13 Shuning uchun fikr-zikringiz ishda bo'lsin, hushyor bo'linglar. Iso Masih osmondan tushib zohir bo'lganda sizlarga nasib bo'lajak inoyatga mutlaqo umid bog'langlar.

14 Gapga ko'nadigan bolalar kabi bo'linglar, ilgarigi g'aflat paytida sizlarni qamragan ehtiroslarga qaytmanglar.

15 Sizlarni da'vat etgan Xudo qanday muqaddas bo'lsa, sizlar ham butun yurish-turishingizda shunday muqaddas bo'linglar.

16 Xudo: “Muqaddas bo'linglar, zero Men muqaddasman”, deb aytgani yozilgan.

17 Har bir kishini yuz-xotir qilmasdan, qilmishiga yarasha taqdirlovchi Xudoga sizlar Otamiz deb murojaat qilar ekansiz, u holda musofirchilik davringizda Xudodan qo'rqib yashanglar.

18 Bilasizlarki, ota-bobolaringizning bema'ni turmush tarzidan kumush yoki oltinga o'xshash o'tkinchi narsalar evaziga qutulmagansizlar.

19 Sizlar benuqson va beg'ubor qo'zi qoniga o'xshagan Masihning qimmatbaho qoni evaziga qutulgansizlar.

20 Masih dunyo bino bo'lishidan burun tayinlangan bo'lsa ham, zamonning oxirida sizlar uchun paydo bo'ldi.

21 Sizlar Masih vositasida Xudoga ishonasizlar. Xudo Masihni tiriltirib, ulug'vorlikka erishtirdi. Bu imonda qatiq turinglar, Xudoga tamoman umid bog'langlar.

22 Sizlar Ilohiy Ruh va haqiqatni tan olib, jonlaringizni pok qilib, samimiy birodarlik muhabbatiga ega bo'lgansizlar. Shuning uchun bir-biringizni chin yurakdan, ixlos bilan sevinglar.

23 Sizlar foniy emas, balki boqiy urug'dan, ya'ni Xudoning hayotbaxsh, abadiy kalomi orqali yangidan tug'ildingizlar.

24 Chunonchi Tavrotda shunday yozilgan: “Butun bashar bir o'tga o'xshar, o'tning guldayidir uning bor ko'rki. O't qurib qolar, guli ham to'kilar.

25 Ammo Xudovand kalomi abadiy turar”. Ana shu kalom – sizlarga yetib kelgan Injil Xushxabaridir.