Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5

Yangi Ahd o

1Yuhanno 1

1 Azaldan bor bo'lgan Hayot Kalomi borasida biz eshitib tamosho qilgan, ko'zlarimiz ko'rgan, qo'llarimiz sezganini sizlarga ma'lum qilmoqdamiz.

2 Hayot zohir bo'ldi, Otaning huzuridagi abadiy Hayot bizga zohir bo'ldi. Biz Uni ko'rdik va shohid bo'lib sizlarga bildirmoqdamiz.

3 Sizlar biz bilan munosabatda bo'linglar, deb mana shu ko'rib eshitganlarimizdan sizlarni xabardor qilmoqdamiz. Biz esa Ota bilan va Uning O'g'li Iso Masih bilan munosabatdamiz.

4 Bularni sizlarning shodligingiz tugal bo'lishi uchun yozyapmiz.

5 Masihdan eshitib, sizlarga bildirayotgan xabarimiz shuki, Xudo – nur, Unda hech qanday qorong'ilik yo'q.

6 Agar U bilan aloqa qilamiz, deb qorong'ilikda yursak, yolg'on gapirib, haqiqatga xilof ish qilgan bo'lamiz.

7 Biroq Uning O'zi nurda bo'lgani kabi, biz ham nurda yursak, bir-birimiz bilan aloqa qilamiz va Uning O'g'li Isoning qoni bizni har qanday gunohdan pok qiladi.

8 Agar gunohimiz yo'q desak, o'z-o'zimizni aldagan bo'lamiz va ko'nglimizda haqiqat bo'lmaydi.

9 Agar gunohlarimizni e'tirof etsak, Xudo gunohlarimizdan o'tadi va bizni har turli nohaqlikdan forig' qiladi. Chunki U O'z so'zida sodiq va adolatlidir.

10 Agar gunoh qilganimiz yo'q desak, Xudoni yolg'onchi qilib qo'ygan bo'lamiz va qalbimizdan Uning kalomi joy olmaydi.