Yangi Ahd o

Переводы: (скрыть)(показать)
LXX Darby GRBP NRT IBSNT UBY NIV Jub GRBN EN_KA NGB GNT_TR Tanah Th_Ef MDR UKH Bible_UA_Kulish Комментарий Далласской БС LOP ITL Barkly NA28 GURF GR_STR SCH2000NEU New Russian Translation VANI LB CAS PodStr BibCH UKDER UK_WBTC SLR PRBT KZB NT_HEB MLD TORA TR_Stephanus GBB NT_OdBel 22_Macartur_1Cor_Ef VL_78 UBT SLAV BHS_UTF8 JNT UKR KJV-Str LXX_BS BFW_FAH DONV FIN1938 EKKL_DYAK BB_WS NTJS EEB FR-BLS UNT KJV NTOB NCB McArturNT Makarij3 BibST FIN1776 NT-CSL RST Mc Artur NT BBS ElbFld RBSOT GTNT ACV INTL ITAL NA27 AEB BARC NZUZ שRCCV TORA - SOCH LOGIC VCT LXX_Rahlfs-Hanhart DRB TanahGurf KYB DallasComment GERM1951 Dallas Jantzen-NT BRUX LXX_AB LANT JNT2 NVT
Книги: (скрыть)(показать)
Y. Matto. Mark. Luqo. Yuhanno. Havoriylar faoliyati. Yoqub. 1Butrus. 2Butrus. 1Yuhanno. 2Yuhanno. 3Yuhanno. Yahudo. Rimliklarga. 1Korinfliklarga. 2Korinfliklarga. Galatiyaliklarga. Efesliklarga. Filippiliklarga. Kolosaliklarga. 1Salonikaliklarga. 2Salonikaliklarga. 1Timo’tiyga. 2Timo’tiyga. Titusga. Filimo’nga. Ibroniylarga. Vahiy.
Главы: (скрыть)(показать)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16

Yangi Ahd o

1Korinfliklarga 1

1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo'lishga chorlangan men, Pavlus ila birodarimiz Sostendan

2 Korinf shahridagi Xudoning jamoatiga salom! Iso Masih orqali muqaddas qilingan va muqaddas bo'lishga chorlangan sizlarga, shuningdek, hammamizning Rabbimiz bo'lgan Iso Masihning ismini har yerda tilga oluvchilarning hammasiga

3 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo'lsin.

4 Iso Masih orqali sizlarga berilgan Xudo inoyati uchun siz haqingizda Xudoyimga tinmay shukronalar aytaman.

5 Masihning payg'omi orangizda keng o'rin olmoqda.

6 U tufayli sizlar har qanday kalomda mohir, bilimda boy bo'ldingizlar.

7 Rabbimiz Iso Masihning ko'kdan namoyon bo'lishini kutar ekansizlar, Muqaddas Ruhning in'omidan hech bir kam-ko'stingiz yo'q.

8 Rabbimiz Iso Masih qaytadigan kunida qusursiz bo'lmog'ingiz uchun, U sizlarni oxirigacha qo'llab-quvvatlaydi.

9 Sizlarni O'z O'g'li Rabbimiz Iso Masih bilan muloqotga chaqirgan Xudo sadoqatlidir.

10 Ey birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlardan yolvorib so'raymanki, hammalaringiz o'zaro kelishib yashanglar. O'zaro nizolarga yo'l qo'ymay, fikr-hayolda tamomila yakdil bo'linglar.

11 Zero, birodarlarim, sizlarning orangizda janjal borligini Xloisning xonadonidagilar menga xabar berishdi.

12 Men shuni nazarda tutyapmanki, orangizda: «Men Pavlus ummatiman», «Men Apollos ummatiman», «Men Kifa ummatiman», «Men Masih ummatiman», degan gaplar yurar ekan.

13 Axir, Masih bo'linganmi? Axir, sizlar uchun Pavlus xochga mixlandimi? Nahot sizlar Pavlusning nomi bilan suvga cho'mib imon keltirdingizlar?

14 Xudoga shukurki, men sizlardan Krisp va Gaydan boshqa hech kimni suvga cho'mdirib imonga kiritmadim.

15 Tag'in hech kim meni «O'z nomi bilan imonga kiritdi», – demasin.

16 Ha, yana Stefanning uy ahlini ham suvga cho'mdirib imonga kiritdim, bundan boshqa yana kimni cho'mdirganimni bilmayman.

17 Zotan Masih meni cho'mdirishga emas, balki Injil Xushxabarini targ'ib qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor etilmasin.

18 Xoch haqidagi xabar halok bo'layotganlar uchun tentaklikdir. Lekin biz, najot topayotganlar uchun bu xabar Xudoning qudratidir.

19 Xuddi Tavrotda Xudo aytganidek: «Donishmandlar donoligin barbod qilurman, barham bergayman oqillar zakovatin».

20 Dono qayerda? Olim qayerda? Bu dunyoning notiqi qayerda? Dunyoning hikmatini Xudo aqlsizlikka aylantirgani yo'qmi?!

21 Modomiki dunyo o'z aql-zakovati bilan Xudoning murodiyu hikmatini anglab yetmagan ekan, Xudo tentaklikday tuyulgan payg'omga ishonuvchilarni qutqarishni lozim ko'rdi.

22 Yahudiylar ajoyibotlar payida, yunonlar esa hikmatga hayrondir.

23 Biz esa faqat xochga mixlangan Masihni targ'ib qilmoqdamiz. Bu yahudiylar uchun vasvasa, yunonlar uchun telbalikdir.

24 Biroq Xudo chaqirgan yahudiylaru yunonlar uchun Masih Xudoning qudrati va hikmatidir.

25 Zero Xudoning «aqlsizligi» inson donoligidan ustundir, Xudoning «zaifligi» inson qudratidan kuchliroqdir.

26 Olgan da'vatingizga qaranglar, ey birodarlar! Siz kimsizlar? Insoniy nuqtai nazardan dono bo'lganingiz ko'p emas, qudratli bo'lganingiz ko'p emas, olijanob bo'lganingiz ham ko'p emas.

27 Lekin Xudo donolarni sharmanda qilish uchun dunyodagi aqlsiz deb hisoblanganlarni tanladi. Qudratlilarni sharmanda qilish uchun U dunyodagi zaif deyilganlarni tanladi.

28 Xudo e'tiborli narsalar arzimas bo'lsin uchun, bu dunyodagi e'tiborsiz, kamsitilgan va ahamiyatsiz deb hisoblanganlarni tanladi,

29 toki hech bir bashar Xudo oldida maqtanmasin.

30 Xudoning O'zi sizlarga Iso Masih ummati bo'lishni ato qildi. Iso Masih biz uchun Xudoning hikmati bo'ldi, Masihning sharofati bilan biz solih, muqaddas, gunohdan forig' bo'ldik.

31 Shu yo'sinda, «Maqtanaman degan Rabbimiz bilan maqtansin», degan oyat o'z o'rnini topdi.